’
Q aran g :
К р а в ч е н к о
Л И
С-оц*к>жн и я
г
2
п.
ix-ории
’н п хл
социологического воображения. - М . : Ю райг 20 М. -
С.
506- 507.
guruhlar darajasi va jamiyat ularning yig‘indisi sifatida) tasvirlashiga
e'tibor qaratsak, individlar integratsiyalashuvini turlicha mexanizmlar
bilan amalga oshiriladigan umumiy ta’sirlashuvning darajalari
sifatida,
shuningdek
bu
darajalaming
integratsiyalashuvi
mexanizmlari ularning bir-biriga bogiiq holda boiishi m aium
bo‘ ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu yerda integratsiya
tushunchasi
Emil
Dyurkgeymning
«...me'yorlar,
qadriyatlar,
maslaklar taqsimlanishi asosida individuumning o‘zini u yok bu
sotsial guruhga yoki jamoaga mansubligini his qilishi darajasi»
sifatidagi talqiniga yaqin hisoblanadi5.
Shuningdek, Sorokin asarlariga integralizmdan o‘z pozitsiyasini,
nazariy g‘oyalarini talqin etishda foydalanish xususiyati xos deyish
mumkin. Bunday tushunish asosiga «oltin o‘rtalik» tamoyilini qo‘yish
mumkin. Umumlashgan holda uni ikki bir-biriga zid yoki ko‘plab
turlicha tendensiyalar, tasavvurlar, nuqtai nazarlar, «polyuslar»,
attityudlaming optimal sintezini topish va taqdim etish sifatida
ifodalash mumkin. Bu «oltin o‘rtalik» ko‘pchilikning barchasini
«eklektik
qorishma»sini
emas,
balki
ko‘pchilikning
integratsiyalashayotgan elmentlarining maksimal darajada pozitiv va
minimal darajada negativ jihatlarini ifodalaydi.
Integralizmni shu tarzda tushunish mohiyati Sorokinning barcha
asarlarini qamrab oladi, o‘zaro ta ’sirlashuv shakllari, polyarizatsiya,
konvergensiya nazariyalari, sotsiomadaniy tizimlar almashinuvi
g‘oyasini eslashning o‘zi kifoya. Bundan tashqari ham ko‘plab
misollar keltirish mumkin.
Ammo, nisbatan to iiq , hajmli va ko‘p qirrali integralizm
konsepsiyasini Sorokin o‘zining oxirgi asarlarida taqdim etadi va
ta’kidlaydi: «Mening falsafam - integralizm»2.
Bu konsepsiya o‘zida Integral Haqiqat (integral fanning asosini
tashkil etuvchi), integral mavjudot sifatidagi Inson, integral
superorganik olam va Oliy integral qadriyat tushunchasini qamrab
olgan murakkab tizimni ifodalaydi. Bu falsafa «...butun borliqni
cheksiz sifat va miqdorlaming cheksiz X: ma’naviy va moddiy, davriy
va boqiy, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas, shaxsiy va shaxsdan yuqori
1 Д ж ери Д., Д ж ери Дж.. Большой толковы й социологический словарь. В 2-х томах. Т. 1. - М :
ACT, Вече, 2000. - С. 249.
z Qarang: С орокин П.А. М оя философия - интеграллзм // СОЦИС, 1992, №10.
392
uruvchi, zamonli va zamonsiz, makonli va makonsiz, yagona va
.ichikdan ko‘ra kattaroq va kattadan ko‘ra kattaroqlar. Bu ma’noda
Haqiqat qo‘rqinchli sir-asromi va qarama-qarshiliklar birligi sehr-
iodusini ifodalaydi».1
«Yangi integral nazariya bilan birga biz bir emas, balki kamida
■ichta bilish kanaliga ega bo‘lamiz: hissiy, ratsional va hissiy dan
yuqori-ratsionaldan yuqori ».2
Sorokinga ko‘ra, bilishning barcha uch kanalidan - sezgi, aql va
intuitsiya - foydalangan holda erishilgan Haqiqat ulardan faqatgina
bittasi orqali olingan haqiqatga nisbatan butunroq va qadrliroq
haqiqatdir. «Inson bilimi tarixi - noto‘g‘ri empirik kuzatishlar,
noto‘g‘ri talqinlar va yolg‘on intuitsiyalar bilan to‘ldirilgan qabrdir.
Bu uch kanaldan integral tarzda foydalanilganda ular bir-birini
to‘ldiradi va nazorat qiladi».3
Inson, Sorokinga ko‘ra, «g‘aroyib integral mavjudot» sifatida
yetishib chiqadi: «u nafaqat hayvon organizmi, shuningdek ratsional
fikrlovchi va faoliyatni amalga oshiruvchi ham ...»,4 «...u,
shuningdek o‘zining ongsiz va ongli kuchlarini nazorat qila oladigan
va ulardan chetga chiqa oladigan, va uni o‘zining intensiv ijodining
eng yangi davrlarida «ilohiy ilhomlanish» paytida amalga oshira
oladigan yuqori ongli ijodkordir».5 Sorokin, shuningdek, buyuk
dinlarda ustuvor bo'lgan insonning triada konsepsiyasi bilan parallel
o'tkazadi. Shuningdek, Sorokin noorganik, organik va superorganik
(yoki madaniy) hodisalardan iborat «voqyelikning yangi saltanati»ni
aniqlaydi. «...madaniy dunyo hodisalari «mohiyat»ining (g‘oya,
qadriyat,
axloq-odob
me'yorlari)
jismoniy
va/yoki
hayotiy
komponentlami qoplaydigan «nomoddiy» komponentiga ega».6
Bundan tashqari, Sorokin ta’kidlaydiki, mohiyat komponenti
noorganik va organik hodisalar tabiatini o ‘zgartiradi: « ...o ‘zining
mohiyatidan mahrum bo‘lgan Venera Milosskaya marmaming oddiy
bo‘lagiga aylanadi».7 Superorganik dunyo madaniy dunyoning
mafkuraviy (til, fan, texnika, din, falsafa, huquq, etika, turlicha
1 O ’sha joyda. - B . 134.
2 С орокин П.А. Главные тенденции наш его времени. - М., 1997,- С. 48.
3 С орокин П .А М оя ф илософ ия - и н тегр ал и зм / / СОЦИС. 1992. № 1 0 .- С . 134.
4 С орокин П. А. Главные тенденции наш его времени. - М ., 1997 - С. 51.
5 С орокин П А. Моя философия - интегрализм
И
СОЦИС. 1992. № 10. - С. 135.
6 0 ‘sha joyda.
7 0 ‘sha joyda.
3 9 3
nazariyalar va h.k. tizimiga birlashgan mohiyatlar), moddiy (butun bir
moddiy
madaniyat),
shaxsga
oid
(sotsiomadaniy
shaxs
va
sotsiomadaniy guruh sifatidagi barcha individlar) va bixevioristik
(individlaming barcha ochiq harakatlari, marosimlari, udumlari, xulq-
atvorlari) hodisalarini o ‘z ichiga oladi. Va bu atrof-muhit «...har bir
individni va guruhni o‘rab oladi, shartlaydi va shakllantiradi».1
Superorganik olamning mohiyatli qadriyatlari orasida Sorokin
oliy integral qadriyatni ajratib oladi - «ezgulikning haqqoniy
cho‘qqisi» - «Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning ko'rinmas yaxlit
uchligi». «Va Yaxlit uchlikning har bir a’zosi o‘ziga xos
individuallikka ega boisada, ulami bir-biridan ajratish mumkin
emas... Haqqoniy Haqiqat doim yaxshi va go‘zal; haqqoniy Eezgulik
doimo haq va go‘zal; va sof Go'zallik doimo haq va yaxshi boiadi.
Bu buyuk qadriyatlar nafaqat bir-biridan ajralmas, balki xuddi bir
energiya shakli boshqasiga o‘zgargani kabi ular ham bir-biriga
aylanish xususiyatiga ham ega».2 Muallif ta’kidlaydiki: «...yangi
shakllanayotgan sotsiomadaniy tuzum din, falsafa, fan, etika,
san'atning ixtiyoriy tarzda Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning oliy
qadriyatlari integratsiyalashgan tizimiga birlashishini bildiradi».3
Yuqorida tasvirlangan murakkab tizim Integral jamiyatning
asosiy xususiyatlarini ifodalaydi, buni Sorokin sotsiomadaniy
tizimdagi inqirozni yengish uchun eng ma’qul tarixiy strategiya deb
biladi. Sorokin Integralizmga boiajak ijtimoiy tuzumning paradigmal
asosi sifatida qaraydi.
Lekin Sorokin nafaqat Integral jamiyatni tushuntiradi va uni
qurish lozimligini asoslaydi, balki u yanada uzoqroqqa boradi va unga
yordam berishi mumkin boigan strategiyani chuqur tahlil qiladi.
Uning asosiga - butun olamga altruistik muhabbat g'oyasini yoyishni
qo‘yadi, uni har tomonlama o‘rganishga umrining qolgan so‘nggi
yillarini, o‘zi tomonidan tashkil etilgan ijodiy altruizmni o‘rganish
bo‘yicha Garvard markazida ishlarini bagishlaydi.
Pitirim Sorokin uchun jamiyat - millionlab individlaming
uyg‘unlashgan harakati hisoblanadi, agar jamiyat ijtimoiy yovuzlikni
yo‘q qilish va integral barqarorlikka erishishni xohlasa, insonlami
yaxshi qilishi, ya’ni «insonning barcha insonlarga, barcha tirik
1 0 ‘sh a jo y d a. - В 136.
2 С о р о к и н П
А.
М о я ф и л о с о ф и я - и н т е гр а л и з м // С О Ц И С .
1992. № 10. -
С.
136.
3 С орокин П. А. Главные тенденции нашего времени. - М., 1 9 9 7 - С . 86.
3 9 4
jonzotlarga, butun olamga diniy-axloqiy yo‘nalgan, sharllanmagan va
doimiy muhabbati yo'liga turishi lozim bo‘ladi».'
Ijodiy altruizm bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etishga
Sorokin Amerikada mashhur filantrop, biznesmen va metsenat Eli
Lilining moddiy qo‘llab-quvvatlashi, ya’ni u tomonidan Markaz
ehtiyojlari uchun ajratilgan 100 ming AQSh dollari tufayli erishadi, va
qisqa muddatda Markaz 12 jilddan iborat ilmiy asarlarni nashr ettiradi,
ulaming har birida Sorokinning o‘zining ishlari muhim o‘rin tutadi.
Sorokin ko‘proq xatib va diniy ulamolar faoliyati maydoni
bo‘lgan etika sohasini ishlab chiqadi, u ayrim diniy tushunchalar va
qadriyatlami qan korpusiga assimilyasiyalashga erishadi.
Uning konsepsiyasi asosini quyidagilar tashkil etadi. «Muhabbat
rohati» - insonga ma’lum bo‘lgan uchta yuqori enenrgiyadan biri, и
pozitiv polyarizatsiyani mobilizatsiya qiluvchi kuchidir va tarixiy
progressni yaratuvchi energiya sifatida xizmat qiladi. Sorokin uning
funksiyalarini ajratadi: «... и shaxslararo va guruhlararo agressiyani
to‘xtata oladigan; adovatli munosabatlarni do‘stona munosabatlarga
aylantira oladigan real kuch bo‘Iib kelgan va bo iib qoladi, ular
[tadqiqotlar] yana shuni ko‘rsatdiki: muhabbat muhabbatni keltirib
chiqaradi, nafrat esa nafratni; muhabbat xalqaro siyosatga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin va konfliktlami tinchitadi; muhabbat - hayot
baxsh etuvchi kuch bo‘lib, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lik uchun
zarur;
altruistlar xudbinlarga qaraganda ko‘proq yashaydilar;
muhabbatni his etmagan bolalaming ma’naviy va ijtimoiy defektli
bo‘lish ehtimoli yuqori; muhabbat jinoiy, patologik va suitsidal
tendensiyalarga, nafratga, qo‘rquvga va psixonevrozlarga qarshi dori
vazifasini o‘taydi; muhabbat bilishga oid va estetik muhim
funksiyalami bajaradi; и insoniyatni ma’rifatli qilish va m a’naviy
jihatdan yaxshilash uchun xizmat qiladigan eng yuqori va eng
samarali tarbiyaviy kuchdir; и erkinlik va barcha asosiy m a’naviy
hamda diniy qadriyatlaming yuragidir; har qanday jamiyatning
hayotini uzaytirish uchun, uyg‘un ijtimoiy tartibot va ijodiy progress
uchun minimum muhabbat zarurdir; va nihoyat, hozirgi kundagi
tarixning fojiali paytda rost «muhabbat-energiyani ishlab chiqarish,
taqsimlash va sirkulyasiya qilish»ning o‘sishi va individlar, institutlar
va madaniyatning m a’lum m a’noda altruizatsiyasi yangi urushlami
1 С орокин П. А. Таинственная энергия лю б ви
Н
СОЦИС. 1991. № 8. - С . 119.
3 9 5
oldini olish va shaxslararo va guruhlararo nizolami yumshatishning
muhim sharti bo‘lib xizmat qiladi».1
Bu holatlaming barchasi ming yillik tarixni va bir necha ming
tarjimai hollami, kollej talabalari, kasalxona bemorlari, 500 ga yaqin
amerikaliklar - «rahmdil va yaxshi qo‘shnilar»ni tahlil qilish asosidagi
sotsiologik tadqiqotlar orqali isbotlanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa
singari muhabbat energiyasi miqdoriy jihatdan oichanishi mumkin.
Sorokin muhabbat kuchining beshta o‘lchamini ajratadi -
intensivlik, ekstensivlik, davomiylik, soflik va adekvatlilik. Altruistik
maqsadlaming sub'ektivligi ham ularning ob'ektiv natijalari bilan
birga altruistik muhabbat energiyasining jamlanma oichamini olishga
harakat qiladi. «ishlab chiqarish, to‘plash va taqsimlash kabi iqtisodiy
terminlaming muhabbat energiyasiga nisbatan ishlatilishi paradoksal
(mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan) bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, haqiqatda u
resurs
va
investitsiyalami
taqsimlash,
siyosiy
maqsad
va
ustuvorliklami aniqlash, ijtimoiy institutlaming yaratilishi va
funksionallashuvi, ta’lim jarayonlarining - bolalar bog‘chasidan tortib
to kattalami o‘qitishgacha, teatr repertuarlarini, teledasturlami,
adabiyotlami nashr etishni, vaqtli matbuotning mohiyatini aniqlashda,
va nihoyat, iqtisodiyotni va jamiyatni harbiylashtirishga ajratiladigan
mablag‘ni cheklash bilan bogiiq chuqur ma’noga ega».2
Markazning tadqiqot dasturi sotsial harakatning beshta darajasini
jamlagan: individlami tayyorlash, birlamchi guruhlar, ikkilamchi
guruhlar, hamjamiyatlar, davlatlar. Aslida, u Sorokinning yangi asrga
kirish proektini, jamiyatni rekonstruksiya qilish dasturini anglatardi,
yangi Integral sivilizatsiya konturlarini yaratishni, shuningdek,
altruizmni inStitutsionallashtirishni vazifa qilib olgan edi.
Pitirim Sorokin (1889-1968). Sorokin Parsonsnikidan ko‘ra
kengroq va murakkabroq nazariyani yaratgan. Uning nisbatan to iiq
izohini 1937-va 1941-yillar oraligida nashr etilgan to‘rt jildlik
«Sotsial va madaniy dinamika» kitobida ko‘rish mumkin. Bu asarida
sotsial va madaniy o‘zgarishlaming yaxlit nazariyasini ishlab chiqish
maqsadida Sorokin keng koiam li empirik maiumotlami keltiradi.
Sotsial o‘zgarishlaming evolyutsion nazariyasini ishlab chiqqan
olimlardan farqli ravishda, Sorokin siklik nazariyani ishlab chiqdi. U
1 Я ковец Ю.В. Великие прозрения П итирима Сорокина // СОЦИС. 1999. №6. - С. 9.
2
Яковец Ю.В. Великие прозрения П итирима Сорокина // СОЦИС. 1999. №6. - С. 9.
3 9 6
jamiyatlar uchta turli xil mentalliklardan o‘tadi, deb hisoblaydi: hissiy,
mushohadaga asoslangan (mavhum) va idealistik.
Hissiy
tur
hukmronlik qilgan jamiyatlar voqyelikni anglashda hissiyotlarning
roliga asosiy ahamiyat beradi; voqyelikni transsendental va diniy
tomonlama tushunish xos b o ig an jamiyatlar -
Do'stlaringiz bilan baham: |