olmagan. Aniqrog‘i, Kontning sotsiologiyasi antiindividualistik ruhda
bo‘lgan deb aytish mumkin.
Kont o‘zi yashayotgan davr jamiyatini inqirozli holatda, deb
baholagan. Inqirozni u kompleks tarzda - sotsial, m a’naviy,
intellektual nuqtai nazarlarda qarab o‘tgan. Inqirozning sababini Kont
bir necha sabablarda ko'rgan, lekin asosiy sabab sifatida eski sotsial
institut, me'yor va aloqalaming parchalanishi,
yangilarining esa xali
shakllanmaganligini oladi.
Inqirozdan chiqishning asosiy vositasi
sifatida Kont jamiyat to‘g‘risidagi yangi “pozitiv” fanni yaratish va
uni targ‘ib qilishni oladi. Buni u sotsiologiyaning realligi va to‘qima
gaplardan xoli ekanligida deb biladi (oxirgisi 1830-yillargacha
ko‘plab jamiyat nazariyalariga xos edi). Yangi fanni Kont aw aliga
sotsial fizika, keyinchalik (1839-yil) sotsiologiya deb nomlaydi.
Buning sababi, jamiyatning fundamental qonunlarini ajratib oladigan
va tushuntira oladigan maxsus fanni yaratish zaruriyati bilan
bog‘laydi.
Kont yangi pozitiv fan yordamida jamiyatni o‘zgartirish mumkin,
deb hisoblaydi. Uning fikricha, ijitmoiy tuzum va uning faoliyati
jamoatchilik fikriga asoslanadi. Buni uning «Pozitivizmning umumiy
ko‘rinishi» kitobidagi ayrim boblaming nomlanishida ko‘rish
mumkin: «Jamoatchilik fikridagi tub o'zgarishlarning ma’naviy va
siyosiy kuchi», «Jamoatchilik flkrini tashkil etish», «Jamoatchilik
flkrining falsafiy idoralari», «Jamoatchilik
fikri uch elementining
zaruriy birikmasi: ta’limot, kuch-qudrat va idora». Ko‘rinib
turganidek, Kont ongni ijtimoiy taraqqiyotning asosiy vositasi
darajasiga olib chiqadi.
Olamni va jamiyatni o‘rganishda asosiy
metodologik tamoyil sifatida Kont yaxlitlilik va tizimli yondoshuvdan
foydalanadi. Jamiyat elementlari o‘ziga xos fimksiyani bajaruvchi va
uning talablariga xizmat qiluvchi organizm, sotsial tizim sifatida
namoyon bo‘ladi. Sotsiologiya esa ushbu tizimning funksionallashuvi
va rivojlanishi qonunlarini ochishga xizmat qiladi. Qonunlar haqida
fikr yuritib, Kont jamiyatning aqliy, ma’naviy,
axloqiy taraqqiyoti
qonunlarini nazarda tutadi, iqtisodiy, mehnat, ishlab chiqarish, kasbiy
strukturasi biian bog‘liq holatlarini e'tiborga olmaydi. Kont umuman
mehnat masalasiga e'tibor qaratmaydi, desak, xato boMadi. U mehnat
taqsimoti haqida fikr yuritib, uni iqtisodiy munosabatlar (jamiyat
barqarorligini belgilashda ulaming rolini rad etadi)
taraqqiyoti bilan
emas, balki sinflar, sotsial guruhlar va hatto oilalaming birdamligi
44
mustahkamlanishi bilan tushuntiradi. Yarim '
, aqt o‘tib ijtimoiy
mehnat
taqsimoti
orqali
jamiyatdagi
sotsial
birdamlikni
mustahkamlash g‘oyasi jahon sotsiologiyasining yana bir mumtoz
vakili - E.Dyurkgeym tomonidan ilgari suriladi.
4.
Sotsiologiya O.Kontning fikriga ko‘ra, oxir-oqibat yagona
asosiy fanga aylanishi nazarda tutilgan, u ham sotsial statika (mavjud
sotsial strukturalar), ham sotsial dinamika (sotsial o‘zgarishlar) bilan
shug‘ullanishi lozim edi (flzikadagi statika va dinamikaga mos
ravishda). Sotsial statika jamiyatni uning barcha
sotsial elementlarini
barqaror muvozanat holatida o ‘rganadi. Sotsial dinamika esa
jamiyatning taraqqiyoti tahliliga murojaat qiladi. Ulaming har ikkisi
ham sotsial hayot qonunlarini topish bilan shug‘ullansada, Kont
sotsial dinamikani sotsial statikaga nisbatan muhimroq deb
hisoblagan. 0 ‘zgarishlarga ko‘proq e'tibor qaratishi uning sotsial
islohotlarga nisbatan, qisman Fransuz inqilobi va M a’rifatchilik
natijasida amalga oshirilgan islohotga qiziqishini aks ettirardi. Kont
inqilobiy yo‘l bilan o‘zgarishlar qilish tarafdori emas edi, chunki u
jamiyatning tabiiy evolyutsiyasi ijobiy natijalarga olib keladi, deb
hisoblar edi. Islohotlar esa bu jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchungina
amalga oshirilishi lozim1.
Sotsial uyg‘unlik qonuni Kont tomonidan
sotsial statikaning
asosiy qonuni sifatida e’tirof etiladi. U sinflar uyg‘unligini ijtimoiy
tuzumning tabiiy h
Do'stlaringiz bilan baham: