partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik
qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir
tomonlama
bo‘rtirib
tushuntirish
oqibati
sub'ektivizmga,
volyuntarizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy
fanlar
singari
siyosatga
bo‘ysundirilib,
uning
xizmatkoriga
aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan
andozaga solingan, oldindan qat'iy belgilangan siyosiy buyurtmani
bajarishdan iborat bo‘lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish
qat'iy ta’qiqlandi.
Shunday qilib, o ‘sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos
qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy
ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni
1 Qarang: Алицориев H.C. У збеки ото нда социологик тадкикотлар ва илмий мактаблар /
М устакиллик йилларида У збеки сто нда социология та р а к к и ё ти тш г долзарб муаммолари. - Тош кент,
2010. - Б . 11-12.
31
belgilaydi,
degan
materialistik
mohiyatga
ega
bo‘lgan
umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.
Sobiq ittifoq davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojianishi
uchun
to ia
imkoniyat
bo‘lmadi.
Buning
asosiy
sababi
demokratiyaning yo‘qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik,
partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo‘ldi. Sotsiologiya esa
faqat to‘la qonli demokratiya bo‘lgandagina fan darajasida amal
qiladi. Chunki, sotsiologiya mohiyat e'tibori bilan jamiyat hayotining
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy va ijtimoiy
turmush sohalari rivojlanish va funksional qonunlarini ob'ektiv
jihatdan umumiy tahlil qiladi.
Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan m a’lumotlar
o‘rganilayotganda obyektning salbiy jihatlarini ham ifodalash
mumkin.
Kishilaming
davlat
siyosatiga,
mavjud
siyosiy
rejimga
munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu
kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy-
siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Zero, to‘laqonli demokratik
tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlaming fikrlar xilma-xilligiga yo‘l
qo‘yiladi.
Sotsiologiyada tadqiqot natijasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar
ilmiy asoslangan va obyektiv xarakterda bo‘lishi talab qilinadi. Agar
davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy
kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik
tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy mafkuraga
bo‘ysundirilgan sotsiologiya o ‘zining ilmiyligini yo‘qotib subyektiv,
sun'iy va soxta xususiyatga ega bo‘lib qoladi.
1989-yilda Moskvada tashkil qilingan jamoatchilik fikrini
o‘rganish butunittifoq markazining (VSIOM) 0 ‘zbekiston bo‘limi ish
boshladi.
Bo‘lim
sotsiologlari
respublikamiz
viloyatlari
va
tumanlarida xilma-xil mavzular bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar
o‘tkazib, ular asosida kishilaming ruhiyati va kayfiyatidagi
o‘zgarishlami aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ma’lum ma’noda, bu
holat respublikamizda milliy ongning o‘sishiga va shuning natijasida
milliy mustaqillikka erishishni tezlashuviga turtki bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda
sotsiologiya
fanining
institutsionallashuvini
dastlab 1989-yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi 0 ‘zMU)
Falsafa fakuiteti tarkibida sotsiologiya bo‘limi va kafedrasi tashkil
32
etilishi bilan bog‘lab tushuntirish lozim boladi. Bu davr sotsiologiya
fanining tom ma’noda o‘quv fani sifatida namoyon bo‘lishini belgilab
berdi, shuningdek sotsiolog-mutaxassislar tayyorlana boshlandi va
1994-yili 40 mutaxassis bitirib chiqdi. 1995-yilda 30 ta, 1996 yilda 21
talaba, 1997-yilda-12 ta talaba sotsiolog mutaxassisligiga ega
bo‘ldilar.
Keyinchalik Samarqand, Farg'ona va Buxoro universitetlarida
ham sotsologlami yetishtirib chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Masalan,
Farg‘ona Davlat Universitetida dastlab 1990-yilda sotsiologiya
kafedrasi tashkil etildi. 1992-yilda esa shu kafedra asosida “Umumiy
sotsiologiya” va “Amaliy sotsiologiya” kafedralari tashkil etildi.
“Amaliy sotsiologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - yoshlar
faoliyatida mehnat omilini faollashtirish yo‘llari bo‘lib, bu borada
aniq tadqiqotlar olib borilmoqda. 1991-yilda sotsiologiya bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash bo‘limi ochilib, unga qabul qilingan
dastlabki talabalardan 17 kishi, 1996-yilda sotsiologiya bo‘yicha
mutaxassis sifatida bitirib chiqdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 18-iyul 1994-yil 87-01-242-sonli buyrug‘i bilan 1995-
1996-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy o‘quv
yurtlarida 1-blok fanlari qatorida sotsiologiya fanining o‘qitilishi joriy
qilinishi mamlakatimizda bu fanning mustahkam o‘rin egallashida
muhim qadam boidi.
1992-yilda Mehnat Vazirligi qoshida sotsiologik tadqiqotlar
markazi tashkil qilinib, bu markaz tomonidan respublikamida keng
suratda tadqiqotlar o‘tkazilib, unda aholining iqtisodiy islohotlarga,
demokratlashtirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatlari atroflicha
o‘rganila boshlandi.
Mamlakatimizda
1997-yildan
boshlab
«Ijtimoiy
fikr»
jamoatchilik flkrini o‘rganish markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Bu o‘z
navbatida
sotsiologik
tadqiqot
markazlari
va
xizmatlarini
muvofiqlashtirish imkoniyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda sotsiologiya sohasida yetarli ilmiy
potensial shakllangan, deyish mumkin. Mamlakatimizda o‘z ilmiy
yo‘nalishlari va ilmiy maktablari bilan tanilgan bir qator professor-
olimlar
bu
sohada
ilmiy
izlanishlar
olib
borishmoqda:
M.Bekmurodov,
A.Xolbekov,
N.S.Aliqoriyev,
A.Umarov,
M.X.Ganiyeva va h.k.
33
O'zbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantirishda Birinchi
Prezident I.A.Karimovning roli beqiyosdir. Chunki I.A.Karimov
tomonidan iqtisodiy islohotlaming besh tamoyili, shu jumladan
iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uni har qanday mafkuradan
ozod qilish lozimligi uqtirildi. “Iqtisodiyot o‘z qoidalariga asoslanib
rivoj topishi kerak”, degan qoidaga ko‘ra iqtisodiyotni asosiy ijtimoiy
tizim sifatida sotsiologiya fani doirasida o‘rganish jamiyatning boshqa
jihatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yigirmadan ortiq jamoatchilik
fikrini o‘rganish markazlari faoliyat ko‘rsatayotganligi, jamoatchilik
fikri faol o‘rganilayotganligi nafaqat jamiyatning demokratlashuvidan,
balki jamiyat oddiy odamlar fikrini ham inobatga ola boshlaganidan
dalolat beradi. Jamiyatda umuman aholining, jumladan, uning
ijtimoiy-siyosiy sohadagi fikrini o‘rganishning yangi uslubiyoti va
usullari shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotga bo‘lgan
ehtiyoj yuzaga keldi.
Shuningdek, kirib kelayotgan yilga nom berish an'anasiga
muvofiq joriy 2017-yilning Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb atalishining
negizida ham mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan
siyosat olib borilayotganligi, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida
hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda sotsiologiya fani
imkoniyatlaridan
samarali
foydalanilayotganligini
ko‘rishimiz
mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |