- sotsiologlaming
davlat tomonidan
:sional olim va
amaliyotchilar sifatida tan olinishi;
- sotsiologiya bo‘yicha ilmiy daraja va unvonlarni ta’sis etish.1
Sotsiologiyaning institutsionallashuvi har bir davlatda o ‘ziga xos
tarzda amalga oshgan. Bu jarayon tabiiyki G‘arbiy yevropa va
AQShda XIX asming 2-yarmida boshlangan. Nomida «sotsiologiya»
atamasi ishlatilgan monografiyalar ilk marotaba AQSh va Buyuk
Britaniyada paydo bo‘lgan. Sotsiologiya bo‘yicha birinchi ish 1854-
yilda G.Xyuz tomonidan nashr etilgan “Sotsiologiya bo‘yicha traktat”
hisoblanadi. Buyuk Britaniyada esa 1873-Oyilda G.Spenser o‘zining
«Sotsiologiya o‘rganish vositasi sifatida» asarini nashr ettirdi, 1876-
1896-yillarda esa uch jildlik «Sotsiologiya asoslari»
dunyo yuzini
ko‘rdi. 1886-yilda Bryusselda ye. de Greefning «Sotsiologiyaga
kirish» nomli asari nashrdan chiqdi, unda muallif universitetlarda
sotsiologiya kafedralarini ochishga chaqirgan. 1888-yilda u Yangi
Bryussel universitetida sotsiologiya kafedrasining mudiri bo‘ldi va u
yerga yevropalik olimlar bilan bir qatorda M.M.Kovalevskiy va ye.V.
de Roberti kabi rus sotsiologlarini ham taklif etdi.
1893-yilda Rene Vorms (1869-1926) tomonidan Parijda tashkil
etilgan Sotsiologiya xalqaro instituti
dunyoning barcha yetakchi
sotsiologlarini birlashtirgan va mutaxassislar ichida nufiizli ilk
sotsiologiya hamjamiyati
sifatida e'tirof etildi.
R.Vormsning
tashabbusi bilan shu yilning o‘zidayoq «Sotsiologiya xalqaro jumali»
(«Revue Internationale de Sociologie») nomli jurnal nashr ettirila
boshladi. 1894-yilda Parijda Sotsiologiya xalqaro institutining birinchi
butunjahon kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 16 davlatidan jami
58 nafar olimlar qatnashdi. 1895-yilda R.Vorms «Sotsiologiya xalqaro
instituti annallari» jumali muharriri etib tayinlanadi. U shuningdek,
universitet strukturasida o'zida 11 ta kafedrani jamlagan hamda o‘z
o ‘quv rejasi va dasturlariga ega sotsiologiya
fakulteti loyihasini ham
ishlab chiqadi.
Sotsiologiya fanining yevropadagi institutsionallashuvi jarayoniga
Emil Dyurkgeym juda katta hissa qo‘shgan. Uning quyidagi asarlari
sotsiologiyani mustaqil fan sifatida e'tirof etilishida muhim o‘rin
tutgan: «Sotsiologiya elementlari» (1889), «Sotsiologik metod
qoidalari» (1895) va « 0 ‘z joniga qasd qilish. Sotsiologik etyud»
1 Q arang; И стория социологии: учебник дл я бакалавров / М .Б.Глотов, А .В .В оронцов И.А.Громов;
отв. ред. А .В.Воронцов - М : И здательство Ю райт, 2013.
27
(1897). 1896-yil 22-iyundagi dekret bilan Bordo shahri universitetida
E.Dyurkgeym boshchiligidagi sotsiologiya kafedrasi ish boshlaydi.
1902-yildan boshlab u Sorbonnada rasmiy jihatdan sotsiologiya o‘quv
kursidan ma’ruzaiar o‘qiy boshlaydi.
Shuningdek, E.Dyurkgeym
1896-1913-yillar oralig‘ida nashr etilgan «Sotsiologik yilnoma»
jumalining asoschisi va noshiri bo‘lgan.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida sotsiologiya bir qator yevropa
universitetlarida, jumladan: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya,
Niderlandiya, Fransiya, Shvetsiyada o‘qitila boshlangan, Berlin, Vena,
London, Parij va Rimda sotsiologiya jamiyatlari tashkil etilgan.
AQSh sotsiologiya fanining institutsionalizatsisi jarayonida juda
muhim o‘rin tutgan davlat hisoblanadi,
chunki aynan bu davlatda
sotsiolog mutaxassislami yetishtirib chiqarish siyosiy va ishbilarmon
doiralar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan va empirik tadqiqotlar
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Birinchi rasmiy qayd etilgan sotsiologiya o ‘quv kursi 1876-yilda
Yelsk universiteti professori Uilyam Samner (1840-1910) tomonidan
o‘qilgan. AQSHdagi ilk sotsiologiya kafedrasi 1892-yilda Chikago
universitetida ochilgan. Bir yil o‘tib
doktorlik darajasini berish
huquqiga ega dunyodagi birinchi sotsiologiya fakulteti ham shu yerda
tashkil etilgan. Ushbu fakultetni Albion Smoll (1854-1926)
boshqargan.
Shuningdek,
Smoll
bugungi
kungacha Amerika
sotsiologlarining yetakchi professinal uyushmasi bo‘lgan Amerika
sotsiologiya jamiyatining (1905) asoschisi (
Amerika Sotsiologiya
Jamiyati abbreviaturasi -
ASJ
1959-yilda Amerika Sotsiologiya
Assotsiatsiyasiga o‘zgartirilgan -
ASA)
va “Amerika sotsiologik
jumali”ning (1895) noshiri ham hisoblanadi.1 J.Vinsent bilan
hammualiiflikda A.Smoll «Jamiyatni o‘rganishga kirish» nomli ilk
sotsiologiya bo‘yicha Amerika darsligini nashr ettirgan (1894).
1894-yilda
Katolik
va
Kolumbiya
universitetlarida ham
sotsiologiya fakultetlari tashkil etilgan,
u yerda sotsiologiya fanlar
bo'yicha birinchi «to‘liq» professor Franklin Giddings (1855-1961)
dars bergan. U «Sotsiologiya tamoyillari» (1896) darsligi muallifi,
1908-yildan boshlab Amerika sotsiologiya jamiyatining raisi sifatida
faoliyat yuritgan. 1895-yilda Xartford shahrida (Konnektikut shtati) 3
yillik ta’lim beruvchi Sotsiologiya kolleji tashkil etilgan. 1890-yillar
' Qarang: George Ritzer. Sociological Theory' Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 189.
Do'stlaringiz bilan baham: