Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Dindagi o'zgarishlar.
Siyosiy inqiloblar, sanoat to‘ntarilishi va 
urbanizatsiya natijasida kelib chiqqan o‘zgarishlar aholining e'tiqodiga 
juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ilk sotsiologlar diniy e'tiqod 
malakasiga ega edi va faol, ayrim hollarda hatto professional darajada 
dinga jalb qilingan edilar. Ular sotsiologiyaga o‘zlarining diniy 
hayotlarida mavjud bo'lgan maqsadlami olib kirdilar. Ular insonlar 
hayotini yaxshilashni istardilar. Ayrimlari, masalan Kont uchun 
sotsiologiya dinga aylandi. Boshqalaming sotsiologik nazariyalarida 
diniy alomatlarni ko‘rish mumkin edi. Dyurkgeym o‘zining asosiy 
asarlaridan birini din bo‘yicha yozdi. Veber asarlarining ahamiyatli 
qismi dunyo dinlariga bag‘ishlangan edi. Marks ham din muammolari 
bilan ularga faqatgina tanqidiy nuqtai nazardan yondashish uchun 
qiziqqan edi3.
’ Qarang: George 
Ritzer. Sociological Theory.
Eighth Edition. 
M e
Graw-Hill. 2010. - P. 6-7.
2 0 ‘sha joyda. - B. 7.
3 Qarang: George Ritzer. Sociological Theoiy. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 7.
20


Far. taraqqiyoti.
Sotsiologiya rivojlanayotgan bir davrda, fanning 
roli nafaqat kollej yoki universitetlarda, balki umuman jamiyatda ham 
o ‘sib 
borayotgan edi. Iimiy texnologik ishlanmalar mahsuli 
jamiyatning barcha sohalariga kirib bordi, bu bilan fanning mavqyei 
oitdi. Fanning nisbatan muvaffaqiyatli sohalarida band bo'lganlar 
(fizika, biologiya va ximiya) jamiyatda obro‘-e'tiborga ega boMdilar. 
Sotsiologlar (ayniqsa Kont va Dyurkgeym) fan bilan qiziqib 
sotsiologiyani iizika va biologiya kabi modellashtirishni istardilar. Tez 
orada ilmiy modelni yoqlovchilar va Veber singari ijtimoiy hayotninp 
o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy modelga ko‘r-ko rona ergashish 
mumkin emasligini ilgari surganlar o‘rtasida bahs-munozaralar 
boshlanib ketdi. Sotsiolorgiya va qat'iy fanning o‘zaro munosabatlari 
bahs-munozarasi xali-hanuz ham davom etmoqda, shunday bo'lsada, 
ilg‘or jumallami birrov ko'rib chiqsak, sotsiologiyani akademik fan 
sifatida tan oluvchilar ko‘pchilikni tashkil etishini ko‘rish mumkin 
bo'ladi.1
Shuningdek, J.Ritser sotsiologiya fani taraqqiyotida sotsial 
omillar 
o‘ta 
muhim 
bo‘lsada, 
sotsiologik 
nazariyalaming 
shakllanishida markaziy rol o‘ynagan intellektual kuchlarga alohida 
bobni bag‘ishiaydi va real olamda intellektual kuchlami sotsial 
kuchlardan ajratib olish mumkin emasligini ham ta’kidlab o ‘tadi.2
3. 
Sotsiologiya fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida gap 
ketganda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘pchilik sotsiologlar uni ikki 
bosqichga: mumtoz va zamonaviy bosqichlarga bo‘lib o‘rganish 
lozimligini ta’kidlaydi. Shunday bo‘lsada, sotsiologiya tarixi bo‘yicha 
ayrim mutaxassislar sotsiologiya tarixini o‘rganish uchun uni bir 
necha mezonlarga ko‘ra davr va bosqichlarga ajratib o‘rganish 
ma’qul, deb hisoblaydilar.
Masalan, G.ye.Zborovskiy fikriga ko‘ra, sotsiologiya fanining 
shakllanish, rivojlanish va amal qilishi davrlarini ajratishda uchta 
asosiy mezonni ko‘rsatish mumkin. Bular: davriy, makonga oid, 
tarkibiy.3
Birinchi mezonga ko‘ra, sotsiologiya fanining XIX-XX asrlarda 
yuzaga kelishi, tan olinishi va rivojlanishi bosqichlari ajratiladi.
1 0 ‘shajoyda. - B . 8.
2 Qarang: O 'sh ajo y d a. - B . 8-11.
3 Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. 
испр. и доп.
-С у р г у т и [др.]: РИО СурГП У, 2 0 1 4 .- С . 11-14.
21


Ikkinchi mezonga ko‘ra, uning fan sifatida u yoki bu tarixiy 
davrlardagi faol taraqqiyotini belgilagan davlatlarni (kontinentlar) 
ajratadi. Tarkibiy mezonlar esa turli xil yo‘nalishlar, maktablar, 
oqimlar, paradigmalar va ularning yorqin vakillarini ajratib oladi.
Sotsiologiya tarixini davrlarga ajratishda bu mezonlar kamdan- 
kam holatlarda yaxlitlikda hisobga olingan, ayrim ilmiy ishiarda esa 
hyech qanday mezonlar ajratilmagan.
Asosan 
sotsiologiya 
tarixi 
haqidagi 
ishiarda 
faqatgina 
mezonlardan biriga, asosan zamon yoki tarkib mezoniga ahamiyat 
qaratilgan. Fransuz olimlari Sh.A.Kyuen va F.Gresl “Sotsiologiya 
tarixi”1 ilmiy ishida sotsiologiya fanining 5 ta rivojlanish bosqichini 
ajratganlar:
1. 1917- yilgacha.
2. 1918-dan 1945-yilgacha.
3. 1945- yildan 1968- yilgacha.
4. 1969 -yildan 1990- yilning boshlarigacha.
5. 1990-yilning boshlari.
Ko‘rinib turibdiki, bu bosqichlarga ajratish asosiga tarkibiy 
mezonlar emas, balki jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan 
yirik siyosiy voqyealar: inqiloblar, urushlar, ommaviy-siyosiy harakat 
va chiqishlar qo‘yilgan. Masalan, 1968-1969-yillardagi Yevropa va 
AQSHdagi talabalar chiqishlari (ayrim mualliflar uni talabalar 
inqilobi, deb ataydi).
Albatta, sotsiologiya fanining rivojianishi radikal ommaviy- 
siyosiy transformatsiyalar bilan bog‘liq, lekin ulami asosiy mezon 
darajasida ko‘rishga sabab bo‘ladigan bog‘liqlik darajasida emas.
Sotsiologiya tarixini davrlarga ajratishda fanning ichki rivojlanish 
tahlili, 
uning 
tarkibidagi 
o‘zgarishlar 
va 
sotsiologik 
bilim 
taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsata olgan uning asosiy muammolariga 
asoslanish to‘g‘ri hisoblanadi. Ularning tarkibiga jamiyatni, uning 
sotsial guruhlar va shaxslar bilan o‘zaro munosabatini talqin etish, 
sotsiologiya fanining predmeti muammosi va boshqalami kiritish 
mumkin. Shuning uchun eng dolzarb muammolardan biri nazariy va 
empirik sotsiologiyaning o‘zaro munosabati masalasi hisoblanadi.
Ko‘pchilik mualliflar sotsiologiyaning, asosan, ikkita rivojlanish 
bosqichini ajratadilar (masalan: Ritser J., Dillon М., Zborovskiy G.Y.,
! C uin Ch., Gresle F. Histoire de ia sociologie. - P., 1992.
22


Kravchenko A.I.)1. Birinchisi - mumtoz, ikkinchisi esa zamonaviy 
bosqich deb nomlangan.
Bizningcha, sotsiologiya fanining uchta asosiy rivojlanishi 
bosqichini ajratish mumkin. Birinchisi: sotsiologiya fani shakllanishi 
va taraqqiyotining mumtoz bosqichi, ikkinchisi XX asr boshi va 
o‘rtalarida sotsiologiyaning rivojlanishini, uchunchi bosqich esa XX 
asr oxiridan to bugungi kungacha bo‘lgan davmi to‘liq qamrab oladi. 
Agar birinchisi nazariy (mumtoz sotsiologiyaning yuzaga kelishi va 
rivojlanishi bosqichi) sotsiologiyaning yuzaga kelishi bilan bog'liq 
bo‘lsa, 
ikkinchisi 
esa 
empirik 
(zamonaviy 
sotsiologiyaning 
rivojlanishi bosqichi) sotsiologiyaning shakllanishi bilan bog‘liq. 
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi empirik 
sotsiologiyaning shakllanishi bilan bir vaqtda amalga oshadi. 
Zamonaviy bosqichda nazariy va empirik sotsiologiyaning o‘zaro 
aloqadorligi (hatto qarama-qarshilik shaklida ham) kuzatiladi.
Albatta sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi (1920- 
yillardan to bugungi kungacha) haqida gapirganda, biroz noqulaylik
tushunmovchilik paydo bo‘ladi, chunki biz XXI asrda turib, XX asr 
boshlaridagi fikrlami zamonaviy, deb baholashga majbur boiam iz.
Sotsiologiyaning mumtoz va zamonaviy rivojlanish bosqichlari 
haqida gap ketganda, sotsiologlar ulaming chegarasini belgilashga 
turlicha yondoshadilar. V.P.Kultigin fikricha, zamonaviy bosqich 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr va eng yangi sotsiologiyani o‘z 
ichiga oladi. Bu ikki davr chegarasini 1960-yillarga to‘g‘ri kelishini 
ta’kidlaydi. Mumtoz bosqich XIX asr o ‘rtalarida sotsiologiyaning 
shakllanishidan to Ikkinchi jahon urushiga kelib taqaladigan erta va 
kechki davrlami ajratadi. Ulaming oralig‘iga Birinchi jahon urushi va 
Rossiyadagi oktyabr inqilobini chegara qilib qo‘yadi.2
Muhokama qilinayotgan masala yuzasidan yakuniy xulosa 
chiqarish uchun G.Y.Zborovskiy yana bitta dalilni keltiradi: 
sotsiologiyaning mumtoz va zamonaviy rivojlanish bosqichlari
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw-Hill. 2010; M ichele D illon. 
Introduction to Sociofogicai Theory. Theorists, C oncepts, and T heir 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish