Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


 Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

5. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi. 
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini birligi degan so’z sport yutuqlariga 
erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon 
etmazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg’ulotdan olib tashlab bo’lmaydi, 
demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-
biriga bog’liq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning 
mazmuni, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab 
belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo 
bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. 
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida 
tushunmoq kerak. Mashg’ulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda 
keltiraver-maydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo’lib, uning buzilishi sportda 
taraqqiyotga erishishga halaqit beradi. Bu me’yor tanangan sport turining o’ziga xos 
xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Amalda mashg’ulot 
jarayonining ayrim etaplarida umumiy tayyorgarlikka etarli baho bermaslik hollarini ham, unga 
haddan tashqari ko’p o’rin berib yuborish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana shu bilan 
murakkab-lashadiki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy bo’lib 
qolmay, balki sport takomilining turli etaplarida qonuniy suratda turlicha o’zgarib turadi. Hozir 
bu muammo garchi to’liq hal etilmagan bo’lsa-da, mazkur o’zgarishlarning asosiy 
tendentsiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va ko’p 
yillik mashg’ulot strukturasiga tavsif berilishi munosabati bilan quyida ko’rsatiladi. 
6.Mashg'ulot jarayonining uzluksizligi. 
Sport mashg’uloti jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy momentlar bilan 
xarakterlanadi: 
1. Mashg’ulot jarayoni tanlangan sport turida kamolotga eri-shish maqsadida butun yil 
bo’yi va ko’p yillar mobaynida surun-kasiga davom etadi:
2. Navbatdagi har bir mashg’ulotning ta’siri bundan ilgari-gisining «izi» ustiga boradi:
3. Mashg’ulotlar o’rtasidagi dam olish intervali ish qobili-yatini tiklash va o’stirishning 
umumiy tendentsiyasini kafolat-laydigan darajada bo’lib, goho ish qobiliyati qisman tiklanib 
etmay turib mashg’ulot o’tkazishga ham yo’l qo’yiladi. 
So’nggi ikki moment ayrim ma’noda baxsli bo’lib, shuning uchun izoh talab qiladi. 
Navbatdagi har bir mashg’ulotning ta’siri ilgarigisining «izi» ustiga qo’shilishi haqida 
gapirilganda «iz» so’zini organizmda mashg’ulotlar natijasida yuzaga keladigan va oqibat 
natijada sportchi organizmining ish qobiliyati yuksalishida, uning fazilatlari, malakalari va 
mahoratlarining rivojlanishida o’z ifodasini topadigan ijobiy o’zgarishlar (fiziologik, 
bioximik va morfologik o’zgarishlar) deb umumiy-lashgan ma’noda tushunish kerak. 
Demak, ikkinchi momentning ma’nosi mashg’ulotlar orasidagi intervallarning haddan 
tashqari o’zaytirib yuborilishiga yo’l qo’ymaslikdan, ilgarigi ta’sir etishlar natijasi saqlana 
borishini ta’min etishdan va shu yo’l bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun shart-
sharoit yaratishdan iboratdir. 


120
Uchinchi momentning ahamiyati yuqorida sistemalilikning umumiy printsipi tahlil 
etilishi munosabati bilan yo’lakay tushuntirib o’tilgan edi. Bunda sport mashg’ulotlari 
vaqtida yukla-ma bilan dam olishni almashtirib turish sistemasining o’ziga xos tomonlarini 
ta’kidlab o’tish kerak. Gap shundaki, sportchining mashg’ulotlari hamma vaqt faqat ish 
qobiliyati to’la tiklangan va «o’ta tiklangan» sharoitda o’tkazilavermaydi. Vaqt-vaqti bilan 
ish qobiliyati hali to’la tiklanmagan sharoitda bir necha mashg’ulotlar samarasini jamlashga 
yo’l qo’yiladi. Buning ma’nosi oranizmga alohida yuksak talab qo’yish va natijada 
navbatdagi dam olish vaqtida ish qobiliyatini juda yuksak darajaga ko’tarishdir. Keyingi 
yillardagi sport amaliyotida va eksperimental ma’lumotlar mashg’ulot yuklamalarining 
bunday rejimi ma’lum sharoitlarda ratsional hisoblanish mumkin ekanligidan dalolat beradi 
(L.I.Abrosimova, I.G.Ogoltsov va boshqalar). Bunda charchoqni tamomila qoldirish uchun 
etarli dam olish, sportchining oldindan mashq ko’rganligining yuqori bo’lishi, puxta tibbiy-
pedagogik nazorati albatta shartdir. 
Shunday qilib, umumiy qoida - navbatdagi har bir mashg’ulotda sportchini ish 
qobiliyatini to’la tiklab va «o’ta tiklab» bo’lgandan keyin boshlash - sport mashg’ulotida 
maxsus xususiyatga ega bo’ladi. Bu erda mazkur qoida har bir mashg’ulotga alohida tadbiq 
etilishi shart bo’lmay, balki bir necha mashg’ulotlardan iborat mashg’ulotlar seriyasiga 
tadbiq etiladi. Bunda ana shu seriyalar jamlangan ulkan bitta yuklama hisoblanadi. Bu 
seriyadagi mashg’ulotlarning miqdori va ular o’rtasidagi intervallarning kattaligi ko’pgina 
shart-sharoitlarga, jumladan, mashg’ulotning davr va bosqichlariga bog’liqdir.

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish