31
qanday bajarilishini sintez qilish bilan o’ta band bo’lib, ish yuqori darajadagi quvvat sarflash
hisobiga iqtisod qilinmay, ahamiyatli darajadagi charchashga dosh berish hisobiga bajariladi.
Harakat vazifasini bajarish usuli turg’un emas (takrorlashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda
harakat vazifasini oson, ko’p quvvat sarflamay hal etish usuli izlanadi.
Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini birinchi o’rganayotganlar chetlab o’tadigan xatolardan
xoli bo’lgan faoliyat emas.
Harakatni bajara olish asosan ijodiy
izlanishlar orqali taqqoslash, solishtirishlar, harakatni
bajarish usullarini baholash, ularni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirish bo’lib, bilim berish
uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Harakatni bajara bilish harakat faoliyatini egallashning shunday
darajasiki, xususiyatiga ko’ra u barcha yo’llanma beruvchi mashqlarga tenglashtiriladi.
Harakatli mashqlarni ko’p marotaba stereotip tarzida takrorlash ko’nikma
hosil qilishga olib
keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o’zgarishlar kiritilmagan va harakat bir
xil sharoitlarda bajarilgan taqdirdagina erishiladi.
O’rganilgan harakatning nisbatan doimiy sharoitda tizimli namoyon qila olinishi uning asta-
sekinlik bilan malakaga aylanishiga olib keladi.
Harakat malakasi
–
bu faoliyatni shunday bajarish qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi
va sharoitiga yo’naltirilib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarni nisbiy e’tibor bilan bajara
olishdir.
Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat malakalari harakat faoliyati jarayonida
harakatlarni avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida ikki xil ko’rinishda bo’lgan harakat malakalari hosil qilinadi: a)
yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish; b) har xil murakkablikda bo’lgan alohida harakatlarni
bajara olish malakalari.
Malakaning o’ziga xos belgilari:
1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarni bajarilishiga uncha e’tibor bermay
bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanishi hisobiga erishiladi.
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o’rgatish natijasi yoki
hayotiy tajriba amaliyoti
natijasidir.
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ong etakchi o’rinni egallaydi.
Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay, ayrim harakatlarning ijrosi
jarayoni, ayrim elementlar tuzilishi avtomatlashadi.
4. O’quvchining ongi asosan o’zak tarkibiy qismlarga, sharoitning o’zgarishi hisobiga va harakat
vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo’naltiriladi.
5. Harakat malakasi yuqori turg’unlikka ega. Bu shuni ko’rsatadiki, boshqa sharoitda harakat
faoliyati bajarilishining buzilishiga oz imkoniyat bo’ladi (masalan, boshqa sport zali, boshqa jihoz,
tomoshabinlar kuzatuvi).
6. Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma’lum tizimning mavjudligi va o’ziga xosligi. Bu
alohida ajratilgan harakatlarni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirishda ifodalanadi.
Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko’rsatishning vaqti
qisqaradi.
7. Harakat malakasining shakllanishi analizatorlar funksiyasini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi.
Harakat analizatorining o’rni ortadi, harakat nazoratida mushak hissiyoti etakchi ahamiyat kasb
etadi: suzuvchining suvni, futbolchining to’pni his qilishi kabi.
Harakat malakasi shakllanib bo’lganidan so’ng, uning rivojlanishi davom etadi.
Agar ratsional
takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana ham takomillashuvi sodir bo’ladi, uning
barqarorlashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom
32
etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg’unroq, yuqori harorat, shovqin va hokazolarning ta’siriga
etarli darajada moslashuvchan, kerak bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitda
qayta shakllantirish mumkin
bo’lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi.
Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida qator mayda yangilanishlar orqali
vujudga keladi.
Notekis shakllanuvchi malakaning to’rt turi mavjud:
1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birlamchi bosqichida harakat
faoliyatini o’zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust
boradi. Bu yo’sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xosdir.
O’quvchilar harakat faoliyatlari asosini oson o’zlashtiradilar, chunki maktab jismoniy tarbiya
dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o’zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
2. Malakaning “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. Ta’limning birinchi bosqichida malaka
sifatining o’sishi ahamiyatli darajada bo’lmaydi. So’ng u keskin o’sadi.
3. Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga etganda, ikkala
ko’rinishdagi tezlik bilan malakaning shakllanishi sodir bo’lishi mumkin.
Malaka qancha
takomillashmagan bo’lsa, o’z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik
mahorat va kuch talab qilinadi.
4. Malaka rivojlanishining ushlanishi. Ushlanish ikki sabab orqali sodir bo’lishi mumkin:
- vaqt o’tishi bilan organizmda malakaning sifat o’zgarishlariga olib keluvchi sezilarsiz
moslashuv jarayonining borishi;
- ta’lim usuliyatining noto’g’riligi yoki harakat sifatlarining etarli darajada rivojlanmaganligi
orqali kelib chiqadigan sabablar.
Agar malakaning ushlanishi sababi to’g’ri aniqlansa, uni engish, tezroq o’tishini ta’minlash
uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o’qitishning vosita va uslublari bo’lib, lozim bo’lsa ularni
keskin o’zgartirish kerak.
Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agar mustahkamlab turilmasa so’nadi. So’nish
malakaning ketma-ketligiga o’xshash birin-ketin yoki unga teskari tartibida sodir bo’ladi. Harakat
malakasi mashqni takrorlamay qo’yish
orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlari darajasining,
organizmdagi funksional imkoniyatlarning pasayishi orqali ham sodir bo’lishi mumkin. Masalan,
yoshi o’tgan gimnastikachilar siltash bilan bajariladigan texnik jihatdan engil mashqlarni juda
osonlik bilan qo’shpoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlarni uddalay
olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: