Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

 
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
 
1. Саломов Р.С. Спорт машғулотнинг назарий асослари – Тошкент., Ўз ДЖТИ, 2005 йил - 
238 б.
2. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 
2008 yil - 300 b.
3. Матвьев Л.П. Теория и методика физического воспитание Москва – 2005 г. 
Qo’shimcha adabiyotlar 
1. Гончарова О.В. Ёш спортчиларнинг жисмоний қобилиятларини ривожлантириш Тошкент., 
Ўз ДЖТИ, 2005 й - 171 б.
2. Абдуллаев А., Хонкелдиев Ш. Жисмоний маданият назарияси ва методикаси Тошкент., 
ЎзДЖТИ, 2005 йил - 300 б.
Xorijiy adabiyotlar
1.Bcunen G., Claessens A., Lefere J., Ostyn M, Reuson R., Simons J. So-matotype as related to age 
peak velosity in height, weight and static strength in boys // Hum. Biol.- 1987.- №4.- P. 
2. Domann G., Domann D., Hagy B. How to teach your baby be physically " supperb.- Garden City 
Park, New York.- 1994. 
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz 
2. www.pedagog.uz 
3. www.ziyonet.uz 

Mavzu.
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi fanining dolzarb
muammolari. 
Reja:
1Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasini motodologik asosini ilmiy elementlarini 
shakllantirish tarixiy nuqtai-nazardan tahlil qilish.
2.Shakllantirishni uch bosqichi haqida ma'lumotlarga ega qilish. 
 
1Harakatlantiruvchi harakatni o'rgatish nazariyasini motodologik asosini ilmiy elementlarini 
shakllantirish tarixiy nuqtai-nazardan tahlil qilish.
O’quvchiga bilim berishda jismoniy tarbiya ta’limi muhim o’rinni egallaydi. Bu jarayonda 
harakat faoliyatini yoki uning ma’lum bo’lagini bajarishga o’rgatiladi, jarayon mashq qilish-
takrorlash orqali amalga oshiriladi va shug’ullanuvchida shu harakat haqida nazariy bilimning 
shakllanishiga, jismoniy sifatlarni rivojlantirish-tarbiyalashga olib keladi. Demak, jismoniy tarbiya 
jarayonida ta’lim maxsus bilimlarni va harakatni bajara olishni o’zlashtirish va uni o’quvchiga, 
shug’ullanuvchiga uzatishning uyushtirilishini yo’lga qo’yishdan iboratdir. 
O’qitish amaliyotida “harakat faoliyati ta’limi”, “harakatga o’rgatish”, “harakat malakasi”, 
“harakat ko’nikmasi”, “nazariy bilim” kabi atamalardan foydalaniladi hamda yuqorida qayd 
qilinganidek jismoniy ma’lumot berish maqsadi amalga oshiriladi. 
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o’rgatish nisbatan qisqa pedagogik vazifadir. 
Harakat faoliyatini o’rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo’lib, uning nazariy bilimi ham 
berilganda qo’llaniladi. Harakat faoliyatini o’qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko’nikma 
vujudga keladi, bir vaqtning o’zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik
chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo’g’imlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli 


29 
pedagogik jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat 
sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim. 
Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida faqatgina bilim berish va tarbiyalash vazifalari birgalikda 
hal qilinmay, sog’lomlashtirish xususiyatiga ega bo’lgan vazifalar ham amalga oshiriladi. Hech 
qaysi umumta’lim predmetida bunchalar yaqqol namoyon bo’lmaydigan sog’lomlashtirish vazifasi 
harakat faoliyatini o’qitishda yorqin namoyon bo’ladi. 
Harakat faoliyatini o’qitishda bilim berish vazifalari ham o’zining xususiyatlariga ega. O’quv 
materiallarini egallash jarayonining etakchi tarkibiy qismi o’quvchilarning faol harakat faoliyatidir. 
Ularning o’quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. 
O’quvchining o’quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy 
qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog’liq: 
ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to’plangan tajribalar va ma’lum belgilangan 
sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo’lsa, inson 
shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi. 
Odatdagi sharoitda inson o’z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. 
Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo’yilgan maksimal talablarga javob berishda 
namoyon bo’lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon 
bo’lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini 
tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o’qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish 
hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o’quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini 
belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa 
harakat faoliyatlari bilan ko’p marotaba bog’lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo’ladi. Tirmashib 
chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram 
emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo’lishi mumkin. 
Uchinchi xususiyati – ta’limni ikki yo’nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks 
rivojlantirish bilan aloqadorligi: 
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog’liqdir. eng avvalo, aynan o’sha 
harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi; 
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo’lgan harakat sifatini rivojlantirish bir 
vaqtning o’zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi. 
Masalan, qisqa masofaga yugurishda tezlik rivojlanadi, lekin tezlik kuch, chidamlilik va boshqa 
sifatlarni optimal rivojlantirganidagina natijaliroq rivojlanadi. 
Harakat faoliyatlarini o’rgatishning samaradorligi jismoniy bilim va jismoniy rivojlanganlik 
darajasi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bilimlar tizimi va harakat faoliyatlari egallanishini to’g’ri 
tashkil etgan pedagogik jarayon, albatta, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlarining oshishiga olib 
keladi. 
Bilim berish vazifalarining hal qilinishi tarbiyaviy vazifalarning amalga oshirilishi bilan birga 
yuz beradi. O’quv fani tarbiyaning umumiy vazifalarini hal etishga o’z ta’sirini o’tkazmay 
qolmaydi, ayni paytda jismoniy tarbiya uchun xos bo’lgan ayrim xususiy vazifalarni ham oldinga 
suradi: 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish