Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti sport metrologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar


Sportda o‘lchash natijalariga birlamchi ishlov berish



Download 1,81 Mb.
bet9/29
Sana26.02.2022
Hajmi1,81 Mb.
#467258
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Спорт метрология фанидан амалий машғулотлар лотин

5. Sportda o‘lchash natijalariga birlamchi ishlov berish


Sportda o‘lchashlar jarayonida olingan boshlang‘ich ma’lumotlarga ishlov berish to‘g‘ri qo‘llash va aniq xulosa chiqarish uchun o‘rganish ob’ektini baholashda statistikaning o‘rnini va keltirilgan usullarning qiymatlarini rolini anglash zarur.


Statistika – bu ko‘p sonli bir jinsli hodisalar to‘plamini o‘rganadigan bilimlar sohasidan iborat. Bu hodisalarning alohida xususiyatlari, bir tomondan, ularning bir jinsliligida, ikkinchi tomondan esa, bir–biridan miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan farq qilishida namoyon bo‘ladi. Masalan, yoshlari, jinsi, sport malakasi va tajribasi o‘zaro teng bo‘lgan sportchilarning katta guruhini o‘rganganda, organizm kislorod iste’molining maksimal qiymatini o‘lchash zarur.
Birinchi holda, ommaviy bir jinsli ko‘rsatkichlarga ega bo‘lamiz, ikkinchi holda esa – sportchining har bir ko‘rsatkichi aniq bir sportchiga mos kelishi va bir–biridan farq qiladigan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lamiz
Shunday qilib, statistikani o‘rganish ob’ekti bir–biridan farq qiladigan yoki, statistikada qabul qilingan yagona ko‘rsatkich bo‘yicha ommaviy bir jinsli hodisalar bo‘ladi.
Statistikaning o‘rganish ob’ekti – maxsus matematik–statistik usullarni qo‘llagan holda statistik to‘plamlarni baholash hisoblanadi. Mazkur maxsus matematik–statistik usullar yordamida sportdagi o‘lchash natijalariga ishlov berish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda ommaviy statistik to‘plamlarni o‘lchash shunday ko‘rsatkichlar bilan almashtiriladiki, ularni qo‘llash natijasida boshlang‘ich ma’lumotlar yo‘qolmaydi yoki deyarli yo‘qolmaydi. Shunday qilib, katta to‘plamdagi sonlar boshlang‘ich ma’lumotlarni o‘zida to‘la mujassamlashtirgan bir nechta parametrlar bilan almashtiriladi.
Ma’lumotlarni o‘ta kichik o‘lchamlargacha kichraytirish, o‘rganilayotgan hodisani tahlil qilish va statistik to‘plamni butunligicha qaralganda amalga oshirib bo‘lmaydigan adekvat baholash imkonini beradi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda to‘plamning parametrlarini aniqlash boshlang‘ich ma’lumotlarni baholashdagi tabiiy qonuniyatlarni, aniq tahlil qilishda ham, boshqa to‘plamlar bilan solishtirishda ham, aniqlash imkonini beradi.
Bunday fikrlar, sportdagi izlanishlar amaliyotida uchraydi. Kamdan–kam uchraydigan mustasnodan tashqari, jismoniy tarbiya va sportdagi izlanishlar kuzatish, tajriba va test o‘tkazishga asoslangan.
Ilmiy usullarning kattagina qismi katta guruh sportchilarida o‘tkazilgan o‘lchash natijalariga suyanadi.
Shunday qilib, sport statistikasi – bu JTS amaliyotida ommaviy bir jinsli hodisalar haqidagi fandir.
Variatsion qatorlarning qurish.
Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida statistikaning eng ommaviy usuli – uchta asosiy bosqichdan tashkil topgan o‘rtacha arifmetik kattaliklar usuli hisoblanadi. Bu usulni amalga oshirish quyidagilardan iborat:

  1. boshlang‘ich statistik moslik bazasida (negizida) variatsion qatorlarni shakllantirish;

  2. axborotlarning yo‘qolishlarsiz mosligini tavsiflovchi variatsion qatorlarning parametrlarini aniqlash;

  3. topilgan parametrlarni amaliy jihatdan tadbiq etish.

Statistik to‘plamlar katta massiv sonlar deb faraz qilinadi: boshlang‘ich ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa, oxirgi natija shunchalik aniq bo‘ladi. Umuman olganda, amaliyotda to‘plamlar 30 dan 100 tagacha natijalardan iborat bo‘ladi. Ammo, sport amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Birinchidan, sportning aniq bir turida g‘oliblar soni chegaralangan bo‘ladi (8 – 10 kishi). Bunday holatda, kichik mosliklardagi statistik usullardan foydalaniladi.
Ikkinchidan, sport amaliyotida nafaqat sportchilar, hatto hodisalar ham ajoyib bo‘ladi. Shu sababli, mosliklar ham kichik bo‘lishi mumkin. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘rta arifmetik kattaliklar usulining ta’sir prinsipi ham kichik, ham katta mosliklar uchun bir xilda qoladi.
5.1-misol. 28 nafar o‘quvchini arqonda sakrash (1 daqiqa) o‘lchangan, o‘lchash natijalari quyidagicha:


45 40 48 42 42 46 40 39
38 40 39 46 42 45 38 46
45 48 42 39 39 40 42 40
38 45 40 46
Bu o‘lchash natijalari bir jinsli o‘lchashlardan iborat. Amaliyotda olingan va yuqorida keltirilgan tartiblanmagan sonlar guruhini tartibli tizimga aylantirilishi, ya’ni o‘zaro bog‘liq tavsiflari tizim to‘g‘risida to‘liq tasavvur va u orqali boshlang‘ich ma’lumotlar guruhi to‘g‘risida ma’lumot beradigan ko‘rsatkichlar to‘plamiga aylantirilishi kerak.
Bunday tizimni olish maqsadida tartiblash amali bajariladi.

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish