Yurak nevrozi kasalligida uqalash-bemorning yotgan holatida bajariladi. Bundan yurak cho‘qqisidan uning asosiga qarab yengil silash, yengil urish harakatlari bajariladi. Muolaja 4-12 kun davom ettiriladi.
Yurak faoliyatining susayishida- yurak sohasi punktr asosida tebrantiriladi. Yaxshi effektlarni elektrovibratorlar yordamida oldini olish mumkin. Uqalash muolajasi yurak faoliyatini qo‘l bilan ham stimullash mumkin. Bunda uqalovchi shaxs qo‘llarini yurak sohasiga quyib bemor nafas chiqarayotgan paytida ko‘krak qafasi yengilgina bosiladi. Uqalash harakatlarini ritmik va og‘riqsiz davom ettirish kerak.
Yurak to‘satdan to‘xtab qolganda uqalash- A.Negovsikiy metodi bo‘yicha bajariladi. Bemor orqasi bilan yotqiziladi, boshi orqaga buriladi, uqalovchi qo‘lini ustma-ust qo‘yib yurak sohasiga qo‘yiladi bu ritmik ko‘krak qafasi bosiladi.Bu harakat 1 minutga 60-70 marotaba bajariladi. Muolaja yurak tiklanguncha davom ettiriladi.
Venalarni varikoz kengayishida uqalash- Bemor oyoqlarida profik yaralar bo‘lmasa uqalash buyuriladi. Bunda kaft, boldir, son, dumba sohasi yengilgina ukalanadi. Venalarning varikoz kengaygan qismi uqalanmaydi. Bunda uqalaganda oyoqlarda vena tomirlarida qon dimlanish oldini olinadi, yurakka qon kelishi yaxshilanadi. Bu kasallikda uqalash antikagulyantlarni qo‘llash bilan olib boriladi.
Yurak-qon tomirlarida uqalashga qarshi ko‘rsatmalar:
1. Yurakning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari.
2. Dekompensatsiya bosqichidagi yurak paroklari.
3. Steneokardiya pristuplarida.
4. Artimiyalar.
5. Qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasida.
6. Depertaniya kasalligi III darajasida.
7. Pereferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari gangren bosqichida.
8. Tomirlar anevruzmasi.
9. Sistemali allergik holatlarda.
10. Flebit va travboflebitda.
34-modul. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining maqsadi, talabalarni sport va jismoniy tarbiya jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi asoslari bilan tanishtirish ularni jismoniy harakatlarning turli bo‘limlari uchun o‘tkaziladigan seminar, o‘quv mashg‘ulot ishlarida jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llashda kerak bo‘ladigan bilimlar bilan qurollantirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanini o‘rganish natijasida, bo‘lajak o‘qituvchi odam harakatlarining murakkab tomonlarini aniqlashni o‘rganishlari, ularni ko‘pgina faktorlariga bog‘lashlari hamda o‘qitish va mashq jarayonida uzluksizligini, o‘zgarishini aniqlab olishlari zarur. Shu asosida ular o‘rganuvchilar bilan olib boriladigan seminar mashg‘ulotlar davrida va ilmiy izlanishlarda professional pedagogik malakalarni egallab olishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |