Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. O‘quvchilar sog‘lom turmush tarzining fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet269/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

36-modul. O‘quvchilar sog‘lom turmush tarzining fiziologik asoslari.


Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta’siri. Gipodinamiya (yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat - tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba’zan bu atama gipokeniziya so‘zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki gipokeniz atamasi ko‘pincha harakatning ilojsiz cheklanishi (masalan, kasallik tufayli ko‘rpa-to‘shak rejimida yotish) ifodalaydi.Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufayli turmush tarzida bevosita harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo‘lmoqda.Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o‘rtacha umumiy energiyasining 1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir kecha-yu kunduz davomida odam o‘rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning ichiga kun uzog‘ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog‘liq harakat faoliyati) ham kiradi.Gipodinamiyaning hozirigi zamon kishisi hayotida sezilarli o‘rin tutganligini shu bilan isbotlash mumkinki, bundan taxminan 100 yil muqqadam barcha ishlarning 95-96% bevosita qo‘l, oyoq, yoki tana kuchi orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, qolgan 4-5 % o‘sha paytda mavjud bo‘lgan mexanizimlar va tegishli texnika vositasi yordamida bajarilgan. Bugungi kunga kelib esa buning aynan teskarisi, ya’ni aksariyat ishlar(95-96%) mashina -avtomatlar yordamida, qolgani(4-5%) bevosita odam kuchi bilan amalga oshirilmoqda. 
Gipodinamiya organizimning tiriklik funksiyalariga salbiy ta’sir qiladi. Davomli gipodinamiya tufayli yosh organizm me’yoriy o‘sishdan qolsa, yoshi oshganlari mehnat qobilyatini yo‘qotib erta qariydi.Gipodinamiya ta’sirida dastavval harakat-tayanch apparati kuchsizlanadi, tana muskul tolalari atrofida harakatning barcha sifat ko‘rsatgichlari (tezlik, kuch, chaqqonlik) pasayib ketadi. Ish jarayonida uzoq vaqt tanani bir xil tutib turish(stanok oldida tik turish , EHM qarshisida davomli o‘tirish va hokazolar) umurtqa pag‘onasi va ayniqsa ular orasidagi tog‘ay chambarlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kosmanavtlarning davomli kosmik parvozda bo‘lishi (kosmik parvoz vaznsizlik holatida va kema ichi nihoyatda tor bo‘lganligi sababli harakat qilish imkoniyati kam).Ularda suyak zichligining kamayishiga olib keladi. Ularda siydik bilan chiqaraladigan kalsiy miqdori esa shu muddat davomida ancha oshadi. Davomli gipokeneziya sharoitida yashash (masalan, ko‘ngililarni uzoq muddat davomida ko‘rpa-to‘shakda yotqizib qo‘yish) kishining jismoniy ish qobilyatini nihoyatda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun ham davomli parvozdan keyin kosmanavt erkin yura olmaydi. Chunki uning oyoq muskullarida bunday parvoz tufayli yuzaga keladigan odatdagi vazinning yo‘qolishi bilan sodir bo‘ladigan notabiiy holatlar(ularga tegishli yuklamalarning berilmasligi natijasida) u yerga qaytib tushgandan keyin harakat qilishi qiyinlashadi. Tanadagi har qanday muskul ham ma’lum jismoniy yuklama bajarib turmasa o‘z kuchini yo‘qotadi. Shuning uchun ham davomli kosmik parvoz davomida kosmonavtlar maxsus valoergometrlar yoki yugurish tasmalarida doimiy mashq bajarib turishadi. Kam harakt qiladigan odamda nafas olish va qon aylanish a’zolarining funksiyasi pasayib ketadi. Bunday kishilar tinch o‘tirganlarida hech qanday qiynalishni sezmaydi, ozgina muskul harakati qilish bilan esa kislorodga nisbatan tegishli ravishda oshgan talabni o‘pka va yuraklar qondira olmaydi (chunki ular funksional pasaygan). Bunday odamda tez charchash sodir bo‘ladi, qonda sut kislotasining miqdori ko‘payib ketadi.Keyingi yillarda butun dunyo bo‘yicha yurak-qon tomirlari kassalliklari ko‘payib ketmoqda, boz ustiga bu kassllik ancha yosharib qoldi, ya’ni keksalik yoshga yetmasdan ularga chalinishlar yildan-yilga oshib bormoqda. Buning asosiy sabablardan biri, shubhasiz, surunkali gipodinamiyadir. Gipodinamiya sharoitida oz muncha jismoniy harakat qilish yurak urish chastotasining yuqori bo‘lishiga olib keladi, yurakning minutlik hajmi esa kuchli ish bajarilganida 15-20 dan oshmaydi. Bunday ko‘rsatgich qayd qilingan jismoniy ish payti organizmning yetarli miqdorda qon bilan ta’minlanishi uchun ancha-muncha kamlik qiladi. Mashq qilingan kishilarda esa yurakning minutlik hajmi 40 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Yana gipokeniziya qon bosimining ancha ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Shu narsa aniqlanganki 70 sutkalik gipokeniziya tufyali odam yuragining massasi 12,9-17,9% gacha kamayar ekan. 
Gipodinamiya ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga ham kuchli ta’sir qiladi, u stressomil sifatida buyrak usti bezidan ajralib chiqadigan kortikosteroidlarni ko‘pincha qariyb ikki baravarga ko‘paytiradi. Bu hol o‘z navbatida organizimdagi ko‘pgina hayotiy ko‘rsatgichlarning o‘zgarib ketishga olib keladi.Gipodinamiya asab tizimi funksiyasiga ham salbiy ta’sirko‘rsatadi. Kam harakatlilik tufayli bu tizim faoliyatining asosiy ko‘rsatgichlari bo‘lmish qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchi, bu jarayonlarning bir-biriga almashinib turishi odatdagi holatdan o‘zgarib ketadi. Ko‘pgina davomli gipodinamiya sezilarli darajada asabiylashishga olib keladi. Davomli gipokeniziya sharoitida odam tez achchiqlanadigan bo‘lib qoladi. Gap shundaki, nerv markazlarining me’yoriy va to‘liq ishlashi uchun ularga chetki a’zolardan maxsus impulslar (teskari aloqa) kelib turishi kerak. Bu impulslar esa kishi faol harakat qilib turganida muskullar, paylar va bo‘g‘imlardan asab tizimiga qarab oqib turadi. Kamharakatlik tufayli ularning siyraklashib qolishi ushbu tizim faoliyatida bir qator salbiy holatlarni yuzaga keltiradi. Natijada kishi asab tizimining xususiyatlariga qarab yo tez achchiqlanadigan, yo hamma narsaga beparvo bo‘lib qolishi mumkin.Organizmning fiziologik qo‘ri (rezervlari). Odam tanasi odatda morfologik, biokimyoviy va fiziologik qo‘riga (rezervlarga) ega bo‘ladi. Morfologik rezerv deganda a’zolarni tashkil qilgan to‘qimalarning tuzilishi, biokimyoviy rezerv deganda ko‘pincha organizmdagi mavjud fermentlar faolligi, moddalar va energiya almashinuvining kuchi tushuniladi. Fiziologik rezerv esa organizm a’zo tizimlarining zahiradagi mavjud funkional imkoniyatlaridir. Bu rezervlar qanchalik katta bo‘lsa organizm yangi muhit sharoitiga shunchalik yaxshi moslashadi, yoki adaptatsiyalanadi. Jismoniy mashq va sport bilan surunkali shug‘ullangan organizmning yuqorida ko‘rib o‘tilgan barcha rezervlarini ko‘paytiradi. Masalan, sog‘lom va jismoniy mashqlar bilan batafsil shug‘ullanadigan odam shug‘ullanmaydiganlardan farq qilib, emotsional qo‘zg‘alish payti (hissiyot oshib ketganida) juda katta ish bajarishi mumkin.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish inson tanasining fiziologik rezervlarini aytib o‘tilganidek oshirib boradi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish