Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida



Download 6,95 Mb.
bet270/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

37-modul. Jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida

Sog‘lom turmush kechirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati katta. Bu borada A.K.Atayev, G.I.Bagdanov, V.I.Gluxov, N.I.Muhammedov, M.T.Toirova, H.Q.Yo‘ldoshev, T.Haydarov, F.Xo‘jayev va boshqa olimlarning taqqiqotlarida tavsiyalar berilgan. ”Chunonchi, taraqqiy etgan mamlakatlarda sog‘lomlashtirishga, asosan, jismoniy tarbiya va sport omillari bilan erishilayotgani hech kimga sir emas. Demak, biz ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan har tomonlama uyg‘un kamol toptirish muqaddas burchimizdir”. [ F.Xo‘jayev, T.Usmonxo‘jayev ”Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari ” T.’’O‘qituvchi” 1996-yil.]


I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini, insonni tashqi muhit bilan chambarchas bog‘langan deb tavsiflaydi. Jismoniy mashg‘ulot yoki bu muskullar guruhiga ta’sir qilmay, butun organizmga ta’sirini ko‘rsatadi. Modda almashinuvi yaxshilanadi, to‘qimalar oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalarni organizmdan tezroq chiqarib tashlaydi. Yurak chiniqadi va yanada chidamli bo‘ladi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug‘ullanuvchilar tetik, ruhan yengil, quvvatga to‘lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo‘ladi. Bolalik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, foydalidir. [ Gluxov B.I.Fizicheskaya kultura ifomirovaniye zdarovogo obraza jizni. Kiyev.1989.79-b]
Respublikada ‘‘ Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida’’ qonunning qabul qilinishi, ” Sog‘lom avlod uchun” ordenning ta’sis etilishi sportni takomillashtirishda ilk poydevor bo‘ldi.
Vatanimiz sha’nini munosib himoya qila oladigan sog‘lom, baquvvat, irodali, chiniqqan, mahoratli yoshlarni tarbiyalash haqida g‘amxo‘lik qilishmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida sog‘lomlashtirishgina emas, balki, ta’lim va tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ma’lumot shakllariga quyidagilarni belgiladik: gigiyena gimnastikasi, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, harakat uchun tanaffus, sayr qilish kuni uzaytirilgan guruhlar uchun jismoniy tarbiya soati, sport to‘garaklari, salomatlik va sport kunlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog‘lomlashtirish lagerlari, sport turlari bo‘yicha maktab seksiyalari va boshqalar.
Hozirgi paytda eng muhim jarayon milliy an’analarimiz va O‘zbekiston jug‘rofiya – iqlim xususiyatlarini o‘z ichiga olgan mazmunan boy sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni amalga oshirishdir. Agarda muntazam ravishda o‘tkazilib turilsa, kutilgan natijalarni beradi. O‘zaro o‘rganish yoki bilim olishni tashkil etishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlar foydali va zarur degan e’tiqodga aylanadi, e’tiqod esa barqaror axloqiy me’yorlarga aylanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi haqidagi va Jismoniy tarbiya va sport haqidagi qonunida O‘zkekiston Respublikasi fuqarolari va salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash uchun jismoniy jihatdan chiniqishlari to‘g‘risida qayg‘urishlari shart, degan fikr ta’kidlanadi.
Bu qonun to‘la ma’noda maktabdagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir. Ayniqsa, O‘zbekistonning sportdagi iftixorlari bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir.
Biz tadqiqotimiz davomida quyidagi sportchilar bilan tanishtirishni tavsiya qilamiz:
Bulardan 1998-yilda ”O‘bekiston iftixori” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Muhammadqodir Abdullayev, Lazizbek Zokirov, Artur Grigoryan, Temur To‘laganov va boshqalar.
1999-yilda ”O‘zbekiston iftixori ” faxriy unvonini olgan sportchilar:
Akobir Qurbonov milliy kurash bo‘yicha 1- jahon chempioni, Erkin Qutiboyev kikbokschi – muay- tay turi bo‘yicha 3 karra jahon chempioni. 2000 – yilda Maxtumquli Maxmudov – milliy kurash bo‘yich 2- jahon chempioni, Sambo bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni Sobir Qurbanov va boshqalar . O‘quvchilarga bu sportchilarni tanishtirar ekanmiz ularning ongida

  1. Vatanimiz sportchilariga nisbatan faxr tuyg‘usi kuchayadi,

  2. Sportga mehrlari ortadi,

  3. O‘quvchilar ularga o‘xshashga intiladilar,

  4. Yangi g‘alabalarga erishishga undaydi.

Jismoniy sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining asosiy mavzusi sifatida shakllanishiga tor ma’noda qaramaslik lozim. Chunki u turmush-tarzining asosiy qismi, millat salomatligini ta’minlovchi tizimdir.
Shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilarning o‘zlariga ma’qul bo‘lgan sport seksiyalariga doimo qatnashishi, musobaqalarda ishtirok etishi, sportning barcha turlarini o‘zlashtirishi sportning yuqori pog‘onalari sari qo‘yiladigan ilk maqsadli qadamdir. Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy tarbiya va sportga doir ishlarning sifati qanday darajada bo‘lishi bolalar va o‘smirlar sport maktabiga o‘quvchilarni ko‘proq jalb qilishga bog‘liqdir.
G‘olib chiqqan komandalar rag‘batlantiriladi. So‘ngra keyingi musobaqalarga yo‘lanma oladilar. Bundan tashqari shashka, shaxmat, basketbol, qo‘l tennisi kabi sport musobaqalarning yakka g‘oliblari ham aniqlanib boriladi. Bu esa Respublikamiz sportining kelajagini ham belgilaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari jismoniy so‘glomlashtirish faoliyatining yana bir jihati maktab, oila, jamoat tashkilotlari va tarbiyaviy jarayonga aloqasi bo‘lgan barcha shaxslarning o‘zaro hamjihatlikda ishlash tizimini tashkil etishdir.
Bu sohada ”Sog‘lomjon-polvonjon” sport festivali, ”Quvnoq startlar” o‘yini, ”O‘quvchilar spartakiadasi” ga keng o‘rin berilagan.
Maktab, oila, pedagoglar, o‘quvchilar va ota-onalarning o‘zaro hamkorligi ish sifatini yanada yaxshilaydigan jismoniy tarbiyani, sog‘lom hayot tarzini o‘quvchilarning kundalik hayotiga tatbiq etadigan muhim vositadir deb hisoblaymiz. Bola sog‘lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi muhimdir. Kishi salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiya qanday ahamiyatga ega ekanligini mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga tushuntirib boriladi.
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan kishi kuchli, chaqqon, chidamli, irodali, bardam, jasur, go‘zal va harakatchan bo‘ladi. Shuning uchun har bir harakatni mustaqil, yaxshi va kam kuch sarflagan holda bajarishga harakat qiladi.Tarixiy manbalarga qaraganda , o‘zbek xalqining milliy sport va milliy o‘yinlari aholini yashash sharoitiga qarab xilma-xil bo‘lgan va kishilarni faol, sermahsul ishlashga tayyorlagan. Bunday milliy o‘zbek o‘yinlarining umumiy miqdori 3-5 mingdan kam emas. Bu o‘yinlarni izlab topish, o‘rganish va xalq orasida o‘quvchilarga mashg‘ulot davomida yangidan targ‘ib qilish ma’naviyatimizni yangi bosqichga ko‘tarishga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, tarbiyaviy ish mazmunini chuqurlashtiradi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ”kelajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”. [I.A.Karimov ”Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”, 1997-y].
Sog‘lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning turli yo‘l-yo‘riqlari, usullari mavjuddir. Ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish, turli milliy harakatli o‘yinlar o‘rgatish muhimdir.Bola tarbiyasining bu tomoni ham davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masaladir.Yurtboshimiz bu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish, ayniqsa, milliy sport o‘yinlari haqida ma’lumotlar yig‘ish, ularni boyitish va ular asosida yoshlarimiz o‘rtasida keng tashviqot olib borish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri ekani haqidagi fikrni ilgari suradi. [ I.A. Karimov ”Kelajakni jasoratli odamlar quradi’’ 1999-y.] Zero milliy harakatli o‘yinlar, sport turlari ham xalq qadriyatlariga dahldor bo‘lib, ularni yig‘ish, boyitish va bolalarga taqdim etish sog‘lom avlodni tarbiyalashning muhim vazifalardan biridir. Xalq harakatli o‘yinlari , milliy sport turlari asrlar davomida davrlarga mos ravishda takomillashib kelgan. Xuddi shuningdek ”Oq terakmi ko‘k terak”, ”Mushuk va sichqon”,”Chillak”,”Tosh o‘yini”,”Ot o‘yini”,”O‘ningni top”,”Quvnoq g‘ozlar” kabi milliy o‘yinlar o‘quvchilarni chaqqon, epchil, dovyurak bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, o‘yinning boshqa tarbiya usullaridan ustunligi bolalarning hamkorligini oshiradi. Ijodiy tafakkurini rivojlantirib, shijoatli, qiyinchiliklarga chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. Chiniqib borishga har bir mashg‘ulotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va mashq qilish jarayonida unga yetish uchun harakat qilishni o‘quvchilar o‘rganib boradilar. Masalan, ”Arqon tortish”o‘yini.Bu o‘yinda bolalar o‘zlarining kuchini sinab ko‘rib, naqadar sog‘lomligini sinab ko‘rishadi, shuningdek, ularning g‘alaba qilish uchun qat’iy harakat qilishga rag‘bati oshadi. Tortishuv jarayonida sabr-chidamli bo‘lish ko‘nikmalari ortadi. Qolaversa, o‘yi vaqtida bolalar fikrlashadi. Yengilayotgan guruh a’zolari oyoqlarini tirab, kuchlarini to‘plab olish va birdamlik bilan harakat qilishga o‘rganadilar.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali ibn Sino o‘z davrida badantarbiya bilan tana salomatligini yaxshilash va mustahkamlash, kasallikning oldini olish va undan forig‘ bo‘lish va boshqa hollarda keng foydalanish masalasini ko‘p marta uqtirgan hamda asarlarida ifodalagan. Shuning uchun Abu Ali ibn Sino ” Kishi salomaligida yugurmasa, kasalligida albatta yuguradi” yoki mashqlar bilan mo‘tadil shug‘ullangan kishi hech qachon dori – darmon ichishiga hojat qolmaydi” – deb bejiz aytmagan. Yoki ” Men qoldirib ketayotgan zo‘r tabiblardan biri - tozalik, ikkinchisi–parxez, uchinchisi – badantarbiya, qolganlari –mijoz bilan kayfiyatdir”- deydi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni mustahkamlash, yuqori ish qobiliyatga erishishga, hayotiy muhim harakat uquv va malakalarni egallashga yo‘llangan. U odamni unumli mehnat qilishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Jismoniy xususiyatlardan tashqari, bu vaqtda qimmatli ruhiy xususiyatlar ham rivojlanadi. Turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, sport jismoniy tarbiyasining vositalari hisoblanadi. Ular bilan uy sharoitida, maktabda, bolalar sport maktsblarida shug‘ullanadilar. Turli yoshda jismoniy tarbiya turli xil vazifalarga ega.
I-IV sinf o‘quvchilari muskul sezgilarini harakat tempi va harakat ko‘lamini, muskullar taranglashish va bo‘shashish darajasini farq qilish qobiliyatini takomillashtiradilar. Ular harakatning to‘g‘ri texnikasini egallaydilar, ya’ni kerakli yo‘nalishlarda, ritmda, tempda, tegishli muskullar taranglashishi bilan mashqlar bajaradilar.
Agar maktab o‘quchilari harakatlarning asosiy elementlarni to‘g‘ri bajarishni o‘rganmagan bo‘lsalar, harakatni oxirigacha yetkazishga intilmasalar ular yetarli natijalarga erisholmaydilar. Harakat texnikasini takomillashtirish odam shaxsini shakllantirish bilan bo‘g‘liq. Jismoniy tarbiya organizmga rivojlantiruvchi, tuzatuvchi ta’sir etadi. U qaddi – qomatdagi nuqsonlarni, umurtqa pog‘onasini qiyshayganligini, bukchayganlikni yo‘q qiladi; jismoniy mashqlar yordamida qomatdagi ayrim kamchiliklarni, ya’ni ko‘krak botiqligi, yelka kichikligi va muskullar yaxshi rivojlanmaganligini ham to‘g‘rilashi mumkin.
Qiz bolalar va og‘il bolalar uchun maxsus mashqlar ko‘pmleksi mavjud. Ularda organizmning xususiyatlari o‘g‘il bolalar va qiz bolalar qomatiga bo‘lgan estetik talablar hisobga olinadi. Bundan tashqari jismoniy mashqlar odamning psixik holatini, tashqi ko‘rinishini va kayfiyatini yaxshilaydi, umumiy hayotiy tonusni oshiradi.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ”bola xotirasini mustahkamlashda tongi badantarbiyani muntazam ravishda bajarish, chopish, suzish, tabiat manzarasini to‘yib tamosha qilish va musiqa tinglash samarali natija beradi”,- deb uqtirgan. ( Tib qonunlari ).
Xulosa qilib aytganda, buyuk kelajagimiz vorislari bo‘lgan yosh avlodni har tamonlama kamolatga yetishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning ahamiyati kattadir. Maktab o‘qituvchi xodimlari o‘quvchilarga nosog‘lom turmush tarzining kasalliklarga, azob – uqubatlarga yetaklashini, sog‘lom turmush tarzi esa salomatlikka, baxtli umrga yetaklashini targ‘ibot qilishlari lozim.



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish