Adaptiv qayta qurishlar — dinamik jarayonlar bo‘lib, shu tufayli, sportchilardagi dinamik adaptatsion o‘zgarishlarning bir nechta bosqichini ajratish maqsadga muvofiq. Bular: organizmning fiziologik kuchlanishi, adaptatsiya, dizadaptatsiya va readaptatsiya. Ularning har biriga, o‘zining funksional-strukturaviy o‘zgarishlari va regulatorenergetik mexanizmlari mansub. Sportda, prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan, asosiylari — birinchi ikkita bosqich hisoblanadi. Organizmning kuchlanishi bosqichida, sportchilarda bosh miya po‘stlog‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlari ustun bo‘ladi, buyrakusti bezlari po‘stlog‘i funksiyalari ortadi, vegetativ tizimlarning ko‘rsatkichlari va moddalar almashinuvi darajasi kattalashadi, sport ishchanligi qobiliyati barqaror bo‘lmaydi. Endokrin fonda katexolaminlar va glukokortikoidlar ajralishi ustun bo‘ladi, ular, uglevodli almashinuvning adaptiv o‘zgarishlarida katta rol o‘ynaydi. Ushbu gormonlar, bir vaqtning o‘zida, yog‘ to‘qimalarining gormonlarga sezuvchan lipazasining faolligini oshiradi. Yog‘larni mobilizatsiya qiluvchi samaraning ortishi, moslashuv o‘zgarishlarining keyingi metabolik fazasini, ya’ni lipidli almashinuvning kuchayish fazasini tayyorlaydi, bu organizmning adaptatsiya bosqichiga mos keladi. Bu bosqichning fiziologik asosini, aniq faoliyatlar sharoitidagi gomeostazni quvvatlab turish uchun, turli a’zolar va tizimlarni funksiya qilishining yangitdan o‘rnatilgan darajasini tashkil qiladi. Bu vaqtda aniqlanadigan funksional ko‘rsatkichlar, tinch holatda, fiziologik o‘zgarishlar chegarasidan tashqariga chiqmaydi, sportchilarning ishchanlik qobiliyati stabil bo‘ladi va hattoki ortadi. Demak, sportchilarni jismoniy yuklamalarga uzoq muddatli adaptatsiya bo‘lishi jarayonida, energetik almashinuvning uglevod tipidan yog‘ tipiga o‘tish mexanizmlarida, gormonlar yetakchi rol o‘ynaydi. Bunda, agar katexolaminlar bunday o‘tishni tayyorlasa, glokokortikoidlar esa, uni amalga oshiradilar. Jadal va katta hajmdagi mashq qilish va musobaqalashuv yuklamalarini organizmga uzoq muddatli ta’sir qilishi paytida, neyroendokrin boshqaruv buzilishi, katexolaminlar va glyukokortikoidlar miqdorining kamayishi va energetik almashinuv darajasining pasayishi mumkin. Bu, adaptatsion o‘zgarishlarning uchinchi bosqichini — dizadaptatsiyaning boshlanishi tavsiflaydi. Bu vaqtda, organizm funksiyalarining noqulay yo‘naltirilgan o‘zgarishlari, sportchining umumiy va maxsus ishchanlik qobiliyatini, uning adaptiv imkoniyatlarini ancha pasayishi kuzatiladi.
Tizimli mashq qilishlardan keyingi uzoq muddatli tanaffuslarda yoki mashq qilish, umuman, to‘xtatilganda — readaptatsiya bosqichi yuzaga keladi, u organizmning boshqa xususiyatlari va sifatlarini yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Ushbu bosqichning fiziologik mohiyati — mashq qilganlik darajasining pasayishi va organizmning ayrim funksiyalarining ko‘rsatkichlarini dastlabki miqdorlariga qaytishidan iborat. Demak, ko‘p yillar davomida tizimli mashq qilgan va katta sport bilan shug‘ullanishni tark etgan sportchilarning organizmini normal hayot faoliyatiga qaytishi uchun maxsus, ilmiy asoslangan sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |