Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Jismoniy mashqlarning energetik tavsifi



Download 6,95 Mb.
bet281/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Jismoniy mashqlarning energetik tavsifi. Mushaklarning faollashuvi paytida hujayra ichidagi Са2 konsentratsiyasining ortishi uning qisqarishiga va ATF parchalanishining kuchayishiga olib keladi. Bunda mushak metabolizmining jadalligi 100-1000 marta ortadi. Termodinamikaning birinchi qonuniga (energiya saqlanishi qonuni) binoan, mushakda ajraladigan kimyoviy energiya, mexanik energiya (mushak ishi) va issiqlik hosil bo‘lishining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Energetik qiymat mashqning muhim tavsifi bo‘lib xizmat qiladi.
Jismoniy mashqning energetik qiymatini aniqlash uchun ikkitta ko‘rsatkichdan
foydalaniladi: energetik quvvat va yalpi (umumiy) energiya sarflanishi.
Energetik quvvat — ma’lum bir mashqni bajarish paytida, vaqt birligi ishida o‘rtacha sarflanadigan energiyaning miqdori. U, odatda, fizik kattaliklar — vatt, kkal/min, kilodjoul/min da o‘lchanadi hamda fiziologik kattaliklar — kislorodni qabul qilish tezligiga (ml O2/min) bog‘liq bo‘lib, MET larda o‘lchanadi. MET — metabolik ekvivalent, ya’ni odam yotgan holatida, to‘liq tinch sharoitda gavdaning 1 kg og‘irligiga 1 daqiqada qabul qilinadigan O2 miqdori (1 MET = 3,5 ml O2/kg.min). Yalpi energiya (umumiy) sarflanishi — bu mashqni to‘liq bajarish
paytida sarflanadigan energiya miqdori. Yalpi energiya sarflanishi (mashqning umumiy energetik qiymati) — o‘rtacha energetik quvvatning mashqni bajarish vaqtiga ko‘paytmasi aniqlanadi.
Yugurish paytida masofani bosib o‘tish uchun energiya yalpi sarflanishi, harakatlanish tezligiga bog‘liq emas. Masala shundaki, tezlik (energetik quvvat) oshirilganda, ushbu masofani bosib o‘tish vaqti kamayadi, tezlik pasayganda esa, aksincha ortadi. Shu tufayli, energetik quvvatning vaqtga ko‘paytmasi, ya’ni umumiy energiya sarflanishi o‘zgarmay qoladi. Bitta masofani bosib o‘tishning umumiy energetik qiymati, yugurish paytida nisbatan yuqori bo‘ladi (taxminan,
8 km/soat). Yurish paytida, har bir kilometr masofani bosib o‘tish uchun, ayollarda har bir kilogramm vazniga o‘rtacha 0,72 kkal/kg va erkaklarda 0,68 kkal/kg, yugurish paytida esa, har bir kilogramm vazniga mos ravishda 1,08 va 0,98 kkal/kg energiya sarflanadi.
Jismoniy mashqlar, energetik quvvatining ko‘rsatkichlari bo‘yicha —yengil, mo‘tadil (o‘rtacha), og‘ir va o‘ta og‘ir kabi turlarga bo‘linadi. Mashqlarning og‘irligini, ularning energetik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash paytida, yana bir qator omillarni: bajarilayotgan ishning turini (statik yoki dinamik); faol mushak massasining (lokal, regional yoki global) hajmini; ma’lum mashqni bajarayotgan
insonning kattaliklarini yoki gavda og‘irligini, yoshini, jinsini, mashq qilganlik darajasini (jismoniy tayyorgarligini), ushbu mashqni bajarish paytidagi tashqi sharoitlarni hisobga olish zarur.
Agar, bir necha soniyagina davom etadigan, o‘ta og‘ir lokal ish bajarilayotgan bo‘lsa, organizmning energiya sarflash tezligi 1,2 kkal/min.dan oshmaydi (1.2-jadval). Energiya sarflanishining xuddi shunday tezlik, bir necha o‘nlab daqiqa bajarilishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha (mo‘tadil) og‘irlikdagi regional ish uchun ham va bir necha sutka surunkasiga bajarilishi mumkin bo‘lgan global, lekin o‘ta yengil ish (tekis joyda sekin yurish) uchun ham xarakterlidir. 50-59 yoshdagi ayollar uchun, 5,5 kkal/min dan ortiq energiya sarflagan holda, o‘nlab soniyagina davom etishi mumkin bo‘lgan og‘ir global ish, 20-29 yoshdagi erkaklar uchun mo‘tadil hisoblanadi va ular tomonidan, bir necha soat bajarilishi mumkin.
Fiziologik nuqtayi nazardan, bitta jismoniy mashqning og‘irligi, uni bajarish sharoitlariga (masalan, tog‘da yoki havo harorati va namligi yuqori bo‘lganda) bog‘liq holda kuchli o‘zgaradi, uning energetik qiymati, sharoitlardagi kabi, o‘zgarmaydi.
Mashqlarning og‘irligini faqat energetik mezonlar bo‘yicha aniqlash yetarli emas. Ko‘pgina jismoniy mashqlarning tasniflari, energetik tavsiflari (og‘irlikka yoki tana yuzasiga nisbatan) bilan bir qatorda, ko‘pchilik boshqa fiziologik ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq (1.4-jadval), ya’ni: kislorod yutish tezligini; yurak qisqarishlari chastotasini (YUQCH); o‘pka ventilatsiyasini (O‘V); qonda sut
kislotasining miqdorini va boshqalar.



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish