Sovuqqa, issiqlikka, balandlikka adaptatsiya
Haroratga adaptatsiya bo‘lish, qo‘zg‘atuvchi harorat o‘zgarishlarining fiziologik diapazoni doirasida mumkin. Inson uchun, bu diapazon 40°C ni (−10°C dan to −50°C gacha) tashkil qiladi. Bu harorat diapazonida haroratni 0,2°C ga o‘zgarishi sovuqlik retseptorlari faolligini oshirishga olib keladi va u ma’lum vaqtdan keyin, haroratlarning absolut kattaliklariga mos ravishda doimiy darajada o‘rnatiladi. Diapazon −20°C dan to −50°C bo‘lganda, haroratning ortishiga issiqlik retseptorlari reaksiya beradi, ularning faolligi ham ma’lum bir vaqtdan keyin stabillashadi.
Insonda sovuqqa va issiqlikka adaptatsiya bo‘lishning xarakteri o‘zining spetsifikasiga ega. Organizmning sovuqqa reaksiyasi qon tomirlarining generalizatsiyalangan torayishidan iborat bo‘lib, u, issiqlikni gavdaning periferik sohalariga borishini (ajratilishini) pasaytirish orqali ichki haroratni saqlashga yordam beradi.
Kishida issiqlikka adaptatsiyalanish xarakteri o‘zining spetsifikasiga ega. Issiqlik, ayniqsa, namlik yuqori bo‘lsa, sportchi uchun sovuqqa nisbatan katta yuklama hisoblanadi. Muhit harorati tana haroratidan yuqori bo‘lganda, issiqlik tashqi muhitdan organizmga o‘tadi. Bunday holatlarda, issiqlikdan qutulishning birgina usuli bug‘lanish (ter ajratish) xizmat qiladi. Issiqlik (yuqori harorat) ta’sir qilishining boshlanishida rektal harorat, kislorod iste’moli, YUQCH va daqiqadagi hajm tez o‘sadi. Ter ajralishi ko‘p emas va tana haroratini doimiy regulatsiyasi uchun yetarli emas. Issiq iqlimda 12 kun bo‘lgandan keyin moslashish belgilari ko‘rina boshlaydi. Ter ajralishi ikki barobar ortadi, YUQCH lari va kislorod
iste’moli taxminan 40% ga pasayadi. Bug‘lanishning ortishi va moddalar almashinuvining pasayishi ichki haroratning kamayishiga olib keladi. Qon tomirlarining kuchli kengayishi ancha samarali boshqaruv bilan bog‘liq bo‘lib, bu, periferiyada issiqlik berilishini orttiradi va ter ajralishini kuchaytiradi. Agar, sportchilar issiq va namligi ortiq bo‘lgan iqlim sharoitlarining dastlabki 5—7 kunida hammomga (saunaga) kirsalar va sovuq dush qabul qilsalar, ularning adaptatsiyalashishi tezroq bo‘ladi.
Uyqudan oldin sovuq dush va uglevodli ichimliklar qabul qilinishi, ertalab esa, sovuq dush va adaptogenlar (jenshen, pantokrin va b.) qabul qilinish maqsadga muvofiq. Undan tashqari, ichimliklarni (choy, ma’danli suv, sharbatlar va b.) yetarlicha ichish zarur, bu, adaptatsiya jarayonini tezlashtirishning muhim lahzalaridan biri hisoblanadi. Adaptatsiya jarayonlari (prinsiplari)ga rioya qilmaslik oqibatida har xil xastaliklar kelib chiqishi mumkin. Namlikning yuqori bo‘lishi ter ajralishini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |