Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Adaptatsiyaning (moslashishning) fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet273/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

40-modul. Adaptatsiyaning (moslashishning) fiziologik asoslari

Iqlimning odatdagi mavsumiy o‘zgaruvchanligi odamda fiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Akklimatizatsiya — muhitning yangi, ko‘nikilmagan iqlimiy geografik sharoitlariga moslashish. Turli omillar ta’siri ostidagi adaptiv (moslashuvchan) o‘zgarishlarni sportchilarni musobaqalarga tayyorlash paytida bilish zarur. Adaptatsiya deb, organizmning tug‘ma va orttirilgan moslashuvchanlik faoliyatining barcha turlariga aytiladi, bu, hujayra, a’zo, tizimlar va organizm darajasida sodir bo‘ladigan jarayonlardir. Adaptatsiya, muhitning noadekvat sharoitlarida, gomeostazni ushlab turadi, ishchanlik qobiliyatini, hayotning maksimal davomiyligini va reproduktivlikni ta’minlaydi. Shuni aytish lozimki, organizm tashqi muhitning ayrim omillariga to‘liq, boshqalariga qisman adaptatsiyaga erishishi mumkin. Odam, ekstremal sharoitlarda adaptatsiyaga qobiliyatsiz ham bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitlarda ko‘p muddat bo‘lish kasalliklarga olib kelishi mumkin. Adaptatsiyaning birinchi davrida organizmning shartli reflektorli faoliyati faollashadi. Muhitning noadekvat ta’sirlari ostida yuzaga keladigan, organizmning asosiy gomeostatik tizimlari faoliyatidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar shartli reflektorli prinsip bo‘yicha mustahkamlanadi va gomeostaz, ushbu sharoitlar uchun zaruriy umumiy stabillikka erishadi. Keyinchalik, qo‘zg‘atuvchilar stereotipining qayta ta’sir qilishiga qaramasdan, fizik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar dastlabki kattaliklariga sekin-asta qaytadi, shartli reflektorli faoliyat so‘nadi, bosh miya asab tuzilmalarining qo‘zg‘alishi tormozlanish bilan almashadi, bu holat, oliy asab faoliyati pozitsiyalaridan kelib chiqqanda adaptatsiya jarayonida oriyentirlanish reaksiyasining so‘nishi sifatida qaraladi. Lekin, hamma odamlar (sportchilar) ham, muhitning bir xil sharoitlariga bir xilda tez va to‘liq adaptatsiya qila olmaydi. Bunda, odamning jinsi, yoshi, asab tizimining tipi, salomatligi holati, funksional holati (sportchining mashq qilganlik darajasi), ruhiy-hissiy mustahkamligi va hokazolar ahamiyat kasb etadi.


Organizm adaptiv reaksiyasining muhim komponenti — stresssindrom hisoblanadi, ya’ni gipotalamo-gipofizar-buyrakusti bezi tizimining faollashuvini ta’minlaydigan nospetsifik reaksiyalarning yig‘indisi, gomeostatik tizimlar faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi adaptive gormonlarni, kortikosteroidlarni va katexolaminlarni qon va to‘qimalarga kelib tushishining ortishi. Nospetsifik reaksiyalarning adaptiv roli, ularni muhit omillariga organizm rezistentligini oshirish qobiliyatidan iborat. Sportchilar turli iqlim va geografik sharoitlarda mashq qilishlari (yoki musobaqalashishlari) mumkin. Shuning uchun, retseptorlarning tez adaptatsiyalashuvi muhim ahamiyatga ega. Barcha retseptorlar, tuzilishi va modalligidan qat’iy nazar, tez va sust adaptatsiya bo‘ladiganlarga (fazali va tonik) ajratiladi. Tez adaptatsiya bo‘ladigan retseptorlarning funksiyalari — qo‘zg‘atuvchilarning fizik parametrlarini o‘zgarishlariga reaksiya qilishni
ta’minlashdan iborat.



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish