Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalarni me’yorlashni fiziologik asoslash



Download 6,95 Mb.
bet286/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

47-modul. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalarni me’yorlashni fiziologik asoslash


Ma’lumki, ishlash, mehnat qilish, energiya sarflash natijasida insonning ish qobiliyati vaqtinchalik kamayishi - charchoq deb ataladi.
Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa, ular turli vaqtdan so‘ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilik darajasining xilma-xil bo‘lishidir. Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deyiladi.
Oqibatda harakatni boshqaradigan mexanizm takomillashadi, bu hol asosan harakat markazidagi funksional o‘zgarishlar bilan bog‘lik. Harakat markazi uzoq muddat davomida bir xildagi impulslarni yuborish va qabul qilishga moslashadi.
Uzoq muddatli ishlar bilan muntazam shug‘ullanish natijasida, mushaklarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, morfologik va biokimyoviy xususiyatlar bilan belgilanadi. Ulardagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslashadi.
Bunday ishlarni bajarishda vegetativ organlarda yuzaga keladigan o‘zgarishlar, ayniqsa yurak-qon tomirlari va nafas organlari termoregulyasiyasi takomillashishi kuzatiladi. Bu holat asosan nerv-gumoral regulyasiyasi orqali boshqariladi.
Chidamlilikni oshirish uchun bir qator mutaxassislar o‘z uslubiyatlarini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o‘quvchilarni tayyorlashda umumiy chidamlilikka kam e’tibor berilmoqda. Eng avvalo bolalik davridan boshlab sport yuklamalarini yaxshi taqsimlash kerak, umumiy chidamlilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim.
Inson chidamli bo‘lishi uchun organizmdagi turli tizimlarning yaxshi rivojlanishiga erishish lozim. Chidamlilik darajasining oshishi, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni; ikkinchidan, funksional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan energiyani tejab-tergab sarflashni; uchinchidan, funksional imkoniyatlardan iloji boricha to‘la foydalanishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi chidamlilik talab etiladigan yengil atletika turlarida natijalarni yaxshilaydi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, o‘rganish uchun tanlangan ushbu mavzu dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni har xil shiddatda bajarilishi, charchashni ham har xil vaqtda sodir bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun aniq chidamlilikni tarbiyalash uchun metodik usullar ham har xil bo‘lishi zarur. Masalan, maksimal va submaksimal quvvatli ish bajarishdagi charchashning bosh sababi - organizmda anaerob imkoniyatlarining kamayishi bilan bog‘liq.
Katta va uzoq vaqt davom etadigan shiddatli ishlarda asosiy o‘rinni organizmning aerob imkoniyatlari egallaydi.
Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda, mashg‘ulotni bir tekisda yugurish uslubi va har xil o‘zgaruvchan mashqlar uslubi variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar. Maxsus chidamlilik sport turlarining talabiga qarab bajariladi.
Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga bog‘liqligini ta’minlaydi, bu ish bajarishda kislorod talabini ta’minlovchi yuklamani oshib borishi bilan bog‘liq.
Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, yosh sportchilarning chidamliligini oshirish uchun shug‘ullanuvchilar organizmning funksional «potologi» kam shiddatli, lekin uzoq davom ettiruvchi ishlarda boshqalarga qaraganda yuqoriroq rivojlanishi aniqlangan.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalashda mashqlarni bajarish o‘rtachadan past va o‘zgaruvchan shiddatda organizmni aerob-glikolitik imkoniyatiga katta talab qo‘yadigan bo‘lishi zarur. Maktab yoshidagi o‘quvchilar mashg‘ulotida turli shiddatlarda chidamlilikni rivojlantirish quyidagicha:
- maksimaldan 90-95 %, 1-2 marta takrorlanadi, 12-20 soniya davom etadi, takrorlash oralig‘ida 90-120 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 90 %, 2-3 marta takrorlanadi, 50-70 soniya davom etadi. Takrorlash oralig‘ida 120-150 soniya dam olinadi;
- maksimaldan 75 %, 3-4 marta takrorlanadi, 90-130 soniya davom etadi, 120-150 soniya dam olinadi.
400-800-1500-3000 m masofalar maktab o‘quvchilari uchun musobaqalar dasturiga kiritilgan. O‘smirlar va bolalar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa bola organizmining ushbu musobaqaga tayyorlangan bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o‘quvchi yoshlarning ko‘pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi. Shu sababli, yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, bolalarda chidamlilikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarning umumiy hamda maxsus chidamliligini tarbiyalash.
O‘quvchilarda chidamlilikni tarbiyalash muammosi mamlakatimizda ilmiy tadqiqotlar predmeti sifatida mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular mazkur harakat sifatining «Organizmni charchash vaqtini orqaga suruvchi yoki charchash jarayonini keltirib chiqaradigan omillarning paydo bo‘lishiga zid ravishda ish faoliyatini davom ettirish» xususiyatiga ta’rif berishgan.
Keyinroq chidamlilik tushunchasi birmuncha kengaydi. Bunga sabab unga tashqi va ichki salbiy omillar harakatidagi barqarorlik ham kelib qo‘shildi.
Chidamlilik organizmning mehnat qobiliyatini saqlash muddatining davomiyligi va uning charchash yoki tashqi muhitning salbiy omillari (yuqori yoki past harorat, atmosfera bosimining pastligi va h.k.) ta’siriga bardosh berish, qarshilik ko‘rsatish darajasi sifatida tavsiflanadi.
So‘nggi yillarda chidamlilik va uning turlari yig‘indisidan iborat bo‘lgan yaxlit tushuncha sifatida ifodalanmoqda. Masalan: kuch chidamliligi, umumiy va maxsus chidamlilik, tezlik chidamliligi va h.k.
Yuguruvchining jismoniy ishchanlik qobiliyatiga (chidamliligiga) ta’rif berganda, tezlik, (30-100 m. li bo‘lak), sprinterlik chidamliligi (150-100 m. li bo‘lak), tezlik chidamliligi (400-600 m. li bo‘lak), maxsus chidamlilik (800-2000 m. li kesma), stayerlik chidamliligi (3-10 km), umumiy chidamlilik (20-42 km. gacha) singari atamalardan foydalanganda noaniqliklar yuzaga keladi.
Masalan, yuguruvchi chidamli deyishadi-yu, lekin qanday masofalar nazarda tutilayotganligi noma’lum. 10 km. dagi masofada chidamlilik darajasining yuqoriligi, yuguruvchi 800 m. masofada ham xuddi shunday chidamli degani emas.
Hatto maxsus chidamlilik ham polimorf (ko‘p shaklli) sifat hisoblanadi. Uning rivojlanishi o‘zaro har xil aloqada hamda asosiy sifatga qandaydir munosabatda bo‘lgan qator tarkibiy qismlar: umumiy chidamlilik, tezlik, maxsus kuch kabilarning yig‘indisiga bog‘liqdir.
Maxsus chidamlilik ikki asosiy jismoniy sifat - tezlik va chidamlilikning sintezi hisoblanadi. Bu ikki sifat sport mahorati o‘sgan sari olib boriladigan maxsus kuch bilan mustahkam aloqadadir. 800, 1000 va 1500 metr masofaga yugurishga ixtisoslashgan sportchilar uncha tezkor bo‘lmasliklari hamda zarur musobaqaviy tezlikni uzoq muddat davomida saqlashni bilishlari va ayni vaqtda juda chidamli bo‘lishlari lozim. Maxsus chidamlilikka hamda tezlikni musobaqaning eng mas’uliyatli davrida, sportchi eng charchagan paytida, chidamlilikni esa butun masofa davomida namoyish qilish kerak.
Anaerob jarayonlarda energiyaning 2 manbai bo‘lib, ular atmosferadagi kislorodning ishtirokisiz sodir bo‘ladi. Anaerob jarayonlarga quyidagilar kiradi: A-mushaklardagi fosfoorganik birikma bo‘lishi kreatinfosfatning parchalanishi; B-glyukoliz, ya’ni uglevodlarning fermentativ parchalanishi (u sut kislotasi hosil bo‘lishi bilan tugaydi).
Hozirgi paytda chidamlilikning sifat jihatdan har xil turlari va darajalarini aks ettiruvchi yetakchi funksiyalar organizmning energetik imkoniyatlari demakdir, degan fikr ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan. Chidamlilik sifati, shu bilan birga, mashg‘ulot yuklamalari sifatining fiziologik belgilariga qarab baholash, o‘rta masofalarga yuguruvchilarni tayyorlash uslubiyotini aniqlash va detallashtirish (batafsil o‘rganish) imkonini beradi. Fiziologik tamoyillar asosida jismoniy mashqlarni hisobga olish, qo‘llanadigan mashg‘ulot vositalarini ularning organizmga ta’sir qilish xususiyati va darajasiga ko‘ra aniq hamda tabaqalab ro‘yxatga olish uchun yo‘l ochadi.
So‘nggi yillarda chidamlilik haqida gap ketganda, pedagogik va fiziologik tushunchalarning birikib ketganligini kuzatish mumkin. Kundalik nutqimizga aerob va anaerob chidamlilik degan tushunchalar kirib keldi. Chidamlilik turlarini talab qiladigan sport mashg‘ulotlari taassurot yo‘nalishini aniq ochib bera olmayapti, shuning uchun endi chidamlilik kichik turlarga ham tasniflanadigan bo‘ldi. Shu tariqa aerob chidamlilik qisqa muddatli, aerob, o‘rta va uzoq aerob chidamlilikka bo‘linadi. Bularning birinchisi 3-10 daqiqali jismoniy zo‘riqishni, ikkinchisi 10 daqiqadan 30 daqiqagacha, uchinchisi 30 daqiqadan ortiq davom etuvchi jismoniy zo‘riqishni o‘z ichiga oladi. Bunday tasniflashga ko‘ra, 1500 m. ga yugurish qisqa muddatli aerob chidamlilik turiga kiradi.
Anaerob chidamlilik ham xuddi shunday: qisqa muddatli, o‘rta va uzoq davom etuvchi turlarga bo‘linadi. Bulardan birinchisiga eng yuqori tezlik bilan 20 soniyagacha vaqt orasida yugurish (200 m. gacha bo‘lgan masofalar), ikkinchisiga - 60 soniyagacha, uchinchisiga - 3 daqiqagacha vaqt sarflanadigan yugurish kiradi.
Yuklamalar yo‘nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to‘g‘risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra yugurishda shiddatning I darajada shug‘ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina sarflangan kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132 ur/min), II darajada shug‘ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg‘ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min).
Yuqorida ko‘rsatilgan shiddat darajalari asosida chidamlilik sifati kichik sinflarga bo‘linadi. Mutaxassislar bu borada umumiy, sur’at va kuch chidamliligini ko‘rsatadi. Buning ustiga, sur’at chidamliligi, masofa uzunligiga qarab yana 3 turga bo‘linadi: a) qisqa chidamlilik, b) o‘rtacha, v) uzoq muddatli chidamlilik. Aniq mashg‘ulotlar chidamlilikning barcha turlari orasida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Masalan, razryadlar guruhida umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyasiya koeffitsienti 0,48-0,70 ga teng bo‘ladi. Umumiy va tezlik, chidamlilik orasidagi aloqadorlik eng kam (R=0,31-0,62) deb topildi. Mashg‘ulotlar jarayonida muayyan yo‘nalish asosida, bajarilgan ish umumiy, muhim ahamiyatga ega. Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi.
800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning masofaga tayyorgarligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga qo‘yiladigan me’yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin .
Fiziologik nuqtai nazardan, aerob imkoniyatlar rivojlanishining eng ko‘p ma’lumot beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichi maksimal kislorod iste’moli (MKI), u inson qila oladigan eng ko‘p kislorod miqdori hisoblanadi. MKI ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash hamda «masofa-vaqt» aloqadorligining tahliliga asoslanib, kritik tezlik to‘g‘risidagi tushuncha kiritilgan.
Hozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, sportchilarda tinch holatda laktat darajasi 20 mg% gacha ko‘payadi. Aralash zonada mashg‘ulot o‘tkazilganda, ya’ni, shiddat bilan nisbatan bir tekis ta’minlanuvchi zonada aerob va anaerob manbalardan sut kislotasi konsentratsiyasi yuzaga keladi. Yugurish tezligi eng yuqori bo‘lgan hollarda laktat darajasi ham shu sportchi uchun eng eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetadi. Qonda sut kislotasi konsentratsiyasi 20 mg% dan oshganda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar anaerob zonadagi faoliyat hisoblanadi. Bajarilayotgan ishni energiya quvvati bilan ta’minlanishining umumiy kuchida anaerob oksidlanish ulushi ko‘payib ketadi. O‘rta masofalarga yuqori malakali yuguruvchilarda mashg‘ulot jarayonida sut kislotasi miqdori ko‘pincha 120 dan 250 gacha mg% ni tashkil etadi.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, 800 m. ga yugurish vaqtida maksimal kislorod qarzi kattaligi 55-68 % gacha yetsa, sut kislotasi darajasi 140-¬200 mg% ga teng bo‘ladi, qonning sut kislotasi reaksiyasi (rN) 7,1-7,5 gacha pasayadi, maksimal kislorod iste’mol qilish darajasi tananing 1 kg og‘irligiga nisbatan 68-75 ml. dan to‘g‘ri kelsa, yurakning hajmi 10-13 ml/kg ni tashkil etadi.
1500 m. ga yugurishda maksimal kislorod qarzi kamroq 35-45 % ga teng, ammo so‘nggi 300-400 m ni juda tez yugurib o‘tishda sut kislotasi 1600-1700 mg% gacha ko‘tariladi, MKI 80 ml/kg og‘irlikkacha, yurak hajmi 11-13,3 ml/kg gacha yetadi (Platonov, 1987).
Razryadli sportchilarda barcha o‘zgarishlar kamroq ko‘zga tashlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, razryadlaridan sut kislotasi miqdori taxminan 13 mg% ni, yuklamadan so‘ng 19 mg% ni, yuklama berilganidan 2 soat o‘tgach 16,5 mg% ni, 4 soat o‘tgach 10 mg% ni, yuklama berilganidan so‘ng oradan 24 soat o‘tgach esa 11 mg% ni tashkil etadi. Mushak faoliyatidan keyin qondagi sut kislotasi miqdori taxminan 45 mg% ga yetganda, kislorod qarzi laktat funksiyasi hosil bo‘lishi boshlanadi.
Demak, qonda yig‘iladigan sut kislotasining maksimal miqdori bilan kislorod qarzning laktat fraksiyasi kattaligi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bor.
Yuqori malakali o‘rta masofaga yuguruvchilarda kislorod qarzi kattaligi bilan qonda paydo bo‘lgan sut kislotasi miqdori, 4x400 m. testni qisqarib boruvchi interval oraliqlar, tanaffuslar (3,2,1 daqiqa) bilan bajarganlarida esa ko‘p bo‘lishi aniqlangan (Devyatko, 2002). Bu test 800 m. ga yugurishga qaraganda kislorod qarzi bilan bog‘liqdir.
Mazkur nazorat mashqini bajarishda sut kislotasining to‘planishi 176-178 mg% ni tashkil qiladi. Organizmda u yoki bu aerob faoliyat bajarilgandan so‘ng sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar aerob gemoglobin (Nv) konsentratsiyasi bilan aniqlaydilar. Ishda fazali (bosqichli) diagrammalarni yaratish asosida aerob faoliyat bilan gemoglobin konsentratsiyasi orasida teskari aloqa borligi aniqlangan bo‘lib, u mazkur ko‘rsatkichning yetarli darajada yaqinligini va uni foydalanayotgan yuklamalarning muvofiqligini nazorat qilish maqsadida qo‘llash mumkinligini tasdiqlaydi.
Yuguruvchilarni o‘rtacha masofalarga tayyorlashda shuni nazarda tutish kerakki, 800 va 1500 m. li masofalar nisbiy shiddatining anaerob zonalarga tegishli bo‘lib, sportchilarning aerob va anaerob qobiliyatlari rivojlanishiga har xil talablar qo‘yadilar. 800 m. ga yugurishda anaerob- glikolitik jarayonining ancha ko‘payishi eng muhim hisoblanadi, 1500 m. ga yugurishda esa shiddat hosil bo‘lishida aerob jarayon katta ahamiyat kasb etadi.
Yana bir qator boshqa mutaxassislar tomonidan 800 m ga yugurishda maxsus chidamlilik hamda kuch sifatlari xususiyatlari orasida 1500 m. ga yugurishdagiga nisbatan ko‘proq jihatlari ko‘rsatib berilgan. Organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari mashqni bajarish shiddati va davom etish vaqti, takrorlash soni va dam olish oraliqlariga bog‘liq.
Shu bilan bir qatorda tekshiruvchilarning diqqati sportchilar uchun eng kerakli jismoniy sifat, chidamlilik va uni tarbiyalash uslublari to‘g‘risida hamda uni takomillashtirishga kam e’tibor berilgan. Ayniqsa, bolalar va o‘smirlarda chidamlilik muammosi kam o‘rganilgan.
Ko‘pchilik ishlar yosh xususiyatlari bo‘yicha yosh sportchilarda emas, balki sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanmagan maktab bolalarida olib borilgan.
Yosh sportchilarda chidamlilikni tarbiyalash bo‘yicha olib borilgan tekshirish ishlari ilmiy va metodik tomondan yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, umuman chidamlilik muammosini yechish uchun to‘liq javob bera olmaydi.
O‘tkazilgan tekshiruv ishlarini ko‘rsatishicha, aylanma mashg‘ulot uslubini yengil atletikaga, yugurish, o‘yin va musobaqa shaklida qo‘shib o‘tkazganda 15-16 yoshli o‘smirlarni chidamliligini oshirish, shuningdek, boshqa jismoniy sifatlarni ham rivojlanganligini ko‘rsatgan.
Yosh o‘smirlarni o‘rta masofaga yugurish bo‘yicha mutaxassisligiga kirish uchun, chidamlilik, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarga yo‘naltirilgan mashg‘ulot vositalaridan har tomonlama foydalangan holda ularni jismoniy tayyorgarligini oshirganligi aniqlangan. Bunda boshlang‘ich sport tayyorgarligi davrida mashg‘ulotning umumiy vaqtidan 50 foizini chidamlilikni tarbiyalashga, 25 foizini tezkorlik va 25 foizini kuchni tarbiyalashga qaratish kerakligi uqtirilgan.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish