Pnevmatik uqalashlar, yoki vakumli uqalash- xususiy kameralardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunday ususlarda vakumlar havo nasoslari orqali havo bilan to‘ldirilib uqalash amalga oshiriladi. Kameradagi bosim 500 dan- 85 mm simob ustunigacha bo‘lishi mumkin. Bu uqalash qon aylanish sistemasining teri tuqimalarini yaxshilashda qo‘llaniladi.
Pnevmatik uqalashlar mushak to‘qimalari kasallanganda, qon tomirlari kasallanganda, modda almashinuvi buzilishida, miolgiya (mushaklarning og‘rishi) ichak peristaltikasining oshirish uchun qo‘llaniladi.
Gidro uqalashlar- Badanga suvni bosim bilan tarmoqlab yuborish. Suv ostida qo‘l bilan uqalashni bajarish -gidro uqalashning bir turi hisoblanadi.
Asboblar bilan uqalash-Usullariga ultratovush bilan ham uqalashni kiritish mumkin. Ultratovush uqalashning afzallik tomoni to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qima va hujayralarga ta’sir etib qon va limfa aylanishini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Ultratovush uqalashning og‘riq qoldirishi xususiyati borligi tufayli travmalarni, travmatik artritlarni, oseoxondroz, radiko‘litlarni va nevritlyarni davolashda qo‘llaniladi.
Segmentli uqalash -Fiziologik asoslanishiga ko‘ra teri, mushak biriktiruvchi to‘qimalarning ma’lum bir qismlari nerv sistemasi orqali ma’lum bir ichki organlarga bog‘langan. Orqa miyaning nerv tolalari terining ma’lum bir qismlarini nerv bilan ta’minlaydi. Shuning uchun biror ichki organ shikastlanganda reflektor ravishda teri, mushak va boshqa to‘qimalar shu inervyatsiya sohasiga tegishli ravishda o‘zgaradi.
Nuqtali uqalash-Tanadagi ma’lum bir nuktalargya ta’siretib ichki organlarni davolash usullaridan biri.
Uqalashni qo‘llashda talab etiladigan gigiyenik talablar-Uqalashlar o‘tkaziladigan xonalar iliq, quruq, yorug‘ va ventilyatsiya bilan yaxshi ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Xonaning kengligi 8 m2 , balandligi 3 m bo‘lishi kerak.
Uqalash kushetkasi bosh tomoni qimirlaydigan uchi esa uqalovchining bo‘yiga moslashtirilgan qulay bo‘lishi kerak. Kushetkaning uzunligi 195 sm, kengligi 65 sm, balandligi 60 sm bo‘lishi kerak. Qo‘l uqalash uchun stolcha balandligi 80 sm, uzunligi 55 sm, kengligi 35sm bo‘lishi kerak. Uqalash xonasida issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan rakovina bo‘lishi kerak. Uqalovchi toza-ozoda bo‘lishi, uning barmoqlari tirnoqlardan tozalangan bo‘lishi, turli bezaklardan holi bo‘lishi kerak.
Uqalashni qo‘llashda qarshilik qiladigan holatlar:
1. O‘tkir isitma holati,o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari
2. Qon ketish vaqtida
3. Yiringli holatlarda
4. Teri infektsion kasalliklarida (zamburug kasalligida)
5. Tromboflebit, tromboz,venalarning kengayishida.
6. Limfa tomirlari va tugunlari yallig‘langanda
7. Teridan qon ketishida.
8. O‘smalar bulgan organizmlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |