Tebranish (vibratsiya). Bu usul gavdaning bitta qisimda harakatni oshirishda qo‘llaniladi. Tebranish usuli qo‘l bilan yoki maxsus uqalash apparatlari yordamida amalga oshiriladi.
Tebranishning 2 xil usuli bo‘lib, 1-usulda harakatni to‘xtamasdan bajarish, 2-usulda harakatni to‘xtatib bajarish.
1-usulda uqalovchining qo‘li gavdadan uzilmagan holda bir joyda yoki bir qo‘llab, ikki qo‘llab, musht holatda hamma barmoqlar yordamida, kaftlar yordamida butun tanada harakatlanadi. Bu usul zigzag, spiral, ko‘ndalang, bo‘ylama holatlarda bajariladi.
2-usulda uqalovchining qo‘li to‘xtab-to‘xtab, gavdada harakatlantiriladi. Bu usul barmoqlarni yig‘ib yoki butun kaftlar bilan mushtlagan holda bajariladi. Organizmda to‘xtab-to‘xtab bajariladigan bu usul har tomonlama harakat funksiyasini oshrishda qo‘l keladigan uqalash hisoblanadi. Bo‘sh tebranishlar mushaklar harakatini oshiradi, kuchli tebranishlar mushaklar harakatini susaytiradi.
Tebranish organizmda harakatni kuchaytirib yoki pasaytirib og‘riqni his etmasligini ta’minlaydi. Arterial qon aylanish bosimini pasaytiradi. Barcha usul-larning bajarilishi kishi organizmini bo‘shashtirib, tinch holatni kuchaytiradi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda inson organizmida fiziologik o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Belni, qorinni pastki qismlarni (oyoqlar) uqalash kasalda yotgan holatda bajariladi.
Boshni, yuzni, bo‘yinni, umurtqa pog‘onalarni yuqori qismlarini uqalash o‘tirgan holatda bajarish mumkin. Teri to‘qimalari haddan tashqari quruq bo‘lganda uqalash maxsus tibbiyot vazelinlari yoki mazlar orqali (virapin, vipratoks, viprosol) orqali bajarish mumkin. Bu mazlarni qo‘llashdan avval teriga reaksiya bermasligini aniqlab, undan so‘ng uqalashlar amalga oshiriladi.
Shikastlanganda davolovchi uqalashlar.
Shikastlanganda davolovchi uqalashning asosiy vazifasi kasalning umumiy sog‘ligini yaxshilashda va o‘sha shikastlangan jarohat o‘rnini normal holatga olib kelish. Bu holatda uqalash quyidagicha amalga oshiriladi. Og‘riqni pasaytirish.
Qon aylanishini, modda aylanishini.
Shishlarning surilishini va qon quyilishini oldini olishda.
Suyak og‘rig‘idagi jarohatlanishning oldini olishda va uning tez sog‘ayishida.
Teri to‘qimalarining kengayish holatlarini ogohlantiradi.
Lat yegan jarohatni teri to‘qimalaridagi qon aylanish holatlarida birinchi kundan boshlab uqalashlar lat yegan jarohatlangan joyning yuqoriroq qismdan uqalashlar amalga oshiriladi.
Boshlanishda silash ishqalash, usullarida bajariladi. Bir haftadan so‘ng jarohatlangan qismning o‘zida uqalash bajariladi. Birinchi marotaba uqalashni 8-10 daqiqagacha keyinchalik 18-20 daqiqagacha amalga oshiriladi. Paylar cho‘zilishi paytida 2-3 kundan boshlab uqalashlar tavsiya qilinadi. 3-4 kunda uqalovchi yordamida bu holatlar oshiriladi. 5-6 kunda silashning hamma turlari qo‘llaniladi. Issiq muolajalardan keyin uqalashlar amalga oshiriladi.
Uqlash (Massaj) usullari 2 xil bo‘lib, qo‘l yordamida va maxsus apparatlar yordamida bajariladi. Bu usullar inson terisining yuzki qismlariga erkin uqalash yo‘li bilan yoki suv bilan uqalash orqali bajartiriladi.
Uqalashning uzi :
1. Davolovchi uqalashlar
2. Gigiyenik uqalashlarga
3. Kosmetik uqalashlarga
4. Sportga oid uqalashlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |