O‘pkalar ventilyatsiyasi. Odam tinch turgan vaqtda bir daqiqada 16-18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi o‘pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda o‘pkaga kirgan havo miqdoriga ko‘paytirilsa, o‘pkaning minutlik ventilyatsiyasi kelib chiqadi. Tinch
holatda o‘pkaning minutlik ventilyatsiyasi 8-9 I ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir nafas olganda o‘pkaga 500 ml havo kiradi: 16x500=8000 ml.
Dinomometriya – mushak kuchini aniqlash, purjinali dinomometrlar bilan o‘lchanadi. Ular stanli-asosga o‘rnatilgan va dastali bo‘ladi. Stanli dinomometr dastasi tizzalar satxida turishi kerak; oyoq va qo‘llarni bukmasdan dinomametrni zarbsiz cho‘zib tortiladi. Dastaki dinomametr qo‘l panjasiga shkalasini yuqoriga qilib qo‘yiladi.
Spotchilarda yurak qon tomiri tizimining o‘ziga xosligi. Funksional va tuzilishining o‘zgarishlari natijasida skelet mushaklari yurak-tomir tizimiga yana ham samaraliroq mashq ta’siri ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Jismoniy yuklamalar bilan bog‘liq qon aylanishining tezlashuvi yurak mushaklarining mustahkamlanishiga va yurak orqali ko‘proq qon o‘tishiga olib keladi. Tinch holatda 50-60ml hajmga ega bo‘lgan yurak zarbi unga yuklama berilishi natijasida mashhur sportchilarda 200 ml darajaga yetishi mumkin. Salomatligi juda yaxshi bo‘lgan yigit-qizlarda jismoniy yuklanishdan keyin bu hajm, taxminan, ikki hissa ortib ketishi mumkin. Salomatligi uncha yaxshi bo‘lmagan kishilarda esa zarb hajmi juda oz miqdorda ortadi yoki hatto, kamayib ketishi ham mumkin. Bunday kishilarda yurak hajmining bir daqiqalik kattalashuvi, asosan, yurak qisqarishlari tezligining o‘sishi hisobiga sodir bo‘ladi va shuning uchun nisbatan kichik bo‘ladi. Mashq qilib yurgan kishilarda bir xil kattalikdagi jismoniy yuklanishlar vaqtida yurak mushaklarning qisqarish tezligi xuddi shunday yuklama berilib, mashq qilmagan kishilarning yurak qisqarish tezligiga nisbatan kamroq bo‘ladi, bunday tezlik barobar kelgan hollarda esa ish quvvati yuqoriroq bo‘ladi. Uzoq masofaga yuguruvchilar, chang‘ichilar, katta ko‘chalar bo‘ylab o‘tkaziladigan poygalarda qatnashuvchi velosipedchilar, oriyentirchilar yurakning eng yuqori ish qobiliyati (70% ga qadar) darajasiga erishadilar. Ratsional ravishda mashq qilgan vaqtda eng kuchli sportchi yuragining massasi kamdan-kam hollarda va juda oz miqdorda 500g. kattalikdagi kritik holatdan sal ortiq bo‘ladi. Yurakning maksimal massasiga 30 va 35 yoshlarga borganda erishiladi. Bunda chap qorincha pardalari 10 mm dan 13 mm ga qadar kattalashishi mumkin, yurakning barcha bo‘limlaridagi kattalashish garmonik tarzda sodir bo‘ladi. Bunda gipertrofiya belgilari mo‘tadil holda ifodalagandir. Sportchi yuragida qon aylanishi ancha yaxshilanadi: koronar tizimi har daqiqada (yurakning bir daqiqalik umumiy hajmi 401 bo‘lgan holatda) 11 gacha qon o‘tkaza olishga qodir bo‘lib qoladi.Yurak mushaklarining mashq qilishi uchun (uzoq muddatli) aerobik yuklamalarning shunday bir shiddatligi eng samarali deb sanaladiki, bunda yurakning zarb hajmi eng so‘nggi kattaligiga erishgan bo‘ladi, bunda yurak urishi tezligi: bolalarda bir daqiqa ichida 170-180 zarb, yigit-qizlarda daqiqa davomida 150-160 zarb, katta yoshli kishilarda bir daqiqa davomida 130-140 zarb bo‘lishiga erishiladi. Skelet-suyak mushaklar hamda yurak mushaklar ish qobiliyatining yuksalishi bilan birga, qon almashinuvi va mushaklardagi limfa almashinuvi apparatining barcha zvenolari - arteriyalar, kapillyar, venula va venalar, limfatik tomirlarning funksional imkoniyatlari ortib boradi. Tomirlarning va ayniqsa, kapillyarlarning mushak massasi birligiga nisbatan bo‘lgan miqdori ko‘payadi hamda ularning hajmi kattalashib boradi. Bunday o‘zgarishlar yurak mushaklari uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni koronalar qon aylanish apparati funksional rezervlarining ortib borishi keng tarqalgan kasalliklarning oldini olishga - yurakning ishemik kasalligi (koronar kasallik), uning dahshatli darajada keskinlashib ketgan shakli - miokard infarktining oldini olishga yordam beradi. Suyak mushaklardagi qon tomirlar, ayniqsa, silliq mushaklarning ko‘pgina qismdagi arterial tomirlar funksional holatining yaxshilanishi ularning rangini o‘zgartirish imkonini beradi, hamda shu yo‘1 bilan arterial tarmoqlarning umumiy qarshiligiga ta’sir ko‘rsatadi, binobarin, bu arterial bosimga ham ta’sir qiladi, eng ko‘p tarqalgan kasalliklardan biri - gipertoniya kasalligining oldini olish va davolashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Jismoniy yuklanish berilgan vaqtda arteriallar kengayadi, qon yurishiga ko‘rsatiladigan qarshilik hamda arteriyalardagi bosim pasayadi, bunda markaziy va periferik mexanizmlar orqali refleks tarzida o‘tadigan asoratlar kamayadi, ya’ni gipertonik kasalliklarning rivojlanish mexanizmida (patogenezida) asosiy zveno hisoblangan arterial spazmalariga bo‘lgan moyillik ham kamayadi. Suyak mushaklarining mustahkamlanishi uning "Mushaklar nasosi" sifatidagi funksiyasini kuchaytirib, venadagi qon va mushaklarni harakatga solishga yordam beradi va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |