Kasalliklar kelib chiqishida organizmning o‘ziga xos xususiyatlari. Odam organizmi tashqi va ichki muhit omillari ta’siri ostida yashaydi. Bu holat reaktivlik deyiladi. Bir xil ta’sirot ba’zi odamga mutlaqo ta’sir etmasligi (reaksiya bermasligi) mumkin. Sog‘lom organizmning faol harakati va faoliyati, doimo tashki muhit ta’sirotlariga javoban moslashadi. Odamning reaktivligi hayvonlardan farqli o‘laroq uning oliy nerv sistemasi faoliyati bilan ikkinchi signal sistemalariga bog‘liqdir.Yaxshi so‘z odamga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatsa, yomon so‘z, aksincha, kasallik chiqarishi mumkin. Binobarin, reaktivlik organizmni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilish va uni tashqi muhit sharoitiga moslashtirishidan iborat.Organizmning reaktivligi nihoyatda xilma-xil bo‘lib, irsiyatga, konstitutsiyaga va boshdan kechirgan kasalliklarga bog‘liqdir.Individual reaktivlik-irsiyatga, yoshga, jinsga, ovqatlanish va yashash sharoitiga (harorat, namlik va kislorod miqdoriga) bog‘liq bo‘lib, fiziologik va patologik turlari tafovut etiladi. Fiziologik reativlik sog‘lom organizmning individual reaksiyalari bilan belgilanadi. Jumladan, gripp ayrim odamlarda og‘ir reaksiya bersa, boshqalarda yengil o‘tadi.Patologik reaktivlik kasallanish vaqtida organizmning zaiflashishi tufayli paydo bo‘ladi. Jumladan, kasallik paytida isitma, xarsillash, terlashlar organizmning muhofazaga moslashishi orqali vujudga keladi.Lekin ular kasal organizmning hayot va mehnat faoliyatini cheklab qo‘yadi.Muhofaza reaksiyalarini normal fiziologik funksiyalar bilan bog‘langan bo‘lib, ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘ladi. Masalan, sport bilan shug‘ullanganda nafas olish, yurak urishi tezlashishi (normal fiziologik reaksiya), kasallikda esa muhofazaga moslashishi reaksiyasi bo‘ladi.Muhofaza reaksiyalariga travma tufayli paydo bo‘lgan to‘qima nuqsonining bitishi, yuqumli kasalliklarda immunitet paydo bo‘lishi, qusish, siyish, terlash kabilar kiradi. Muhofaza reaksiyalarida nerv sistema yetakchi vazifani bajaradi.Muhofaza tormozlanish-bosh miya faoliyati (qo‘zg‘alish va tormozlanish) orqali bajariladi. Bosh miya qo‘zg‘olishi nihoyatda kuchli va oliy darajasiga chiqqach, tormozlanishiga o‘tadi. Bosh miya po‘stlog‘idagi hujayralar I.P.Pavlovning ta’kidlashicha, tez qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, tez charchaydi. Shuning uchun ular yemirilishning oldini oluvchi tormozlanish bo‘ladi. Jumladan, uxlash bosh miya hujayralarining umumiy tormozlanishi bo‘lib hisoblanadi.Uzoq muddatli qo‘zg‘alishda hujayralarda moddalar almashinuvi zo‘rayib, ularni holdan toydiradi. Bunday sharoitda muhofazali tormozlanish yuzaga keladi. Muhofazali tormozlanish ko‘pincha patologik jarayonlarda paydo bo‘lishi kuzatiladi. Muhofazali tormozlanishni uyqu vositasida kuchaytirish mumkin. Shuning uchun ba’zi bosh miya kasallliklarida bemorni ko‘proq uyqu bilan davolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |