Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


-modul. O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari



Download 6,95 Mb.
bet207/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

13-modul. O‘zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslari
Jismoniy tarbiya dispanserlar muassasalarining tashkiliy, tuzilmaviy va amaliy faoliyatlari. Sportga oid ish qobiliyatini oshirish va tiklashning zamonaviy vositalari hamda uslublari haqida nazariy ma’lumotlar. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va sport tibbiyoti talabalar davolash jismoniy tarbiya dispanseri haqida. Dispanserizasiya (fransuzcha-dispensaire-taqsimlayman)-bemorlarning muayyan guruhlariga davo – profilaktika yordami ko‘rsatiladigan mahsus meditsina muassasi. Sil, teri-tanosil, onkologiya, kardoirevmatologiya dispanserlari bor. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarni kuzatib turadigan tibbiy-jismoniy madaniyat dispanserlari ham bo‘ladi.Kasallik sonini aniqlash, ularni hisobga olish, davolash, kuzatish, mashg‘ulot va yashash joylarining sharoitini o‘rganish, sanitariya maorifi,shuningdek kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish dispanserning muhim vazifasidir. Dispanserizasiyada maxsus anbulatoriya qabuli xonalari, klinik–diagnostik va boshqa maxsus laboratoriyalar, tashkiliy metodik xonalari bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik dispanserlarda statsionar bo‘ladi. Dispanserizasiyada kasallikka barvaqt tashxis qo‘yish maqsadida sportchilarni va vrach kuzatuviga muxtoj sportchilarni tekshirib aniqlash. Sportchilarni maxsus hisobga olish ular sog‘ligini kuzatib borish, kasalliklardan qoladigan asoratlarning oldini olish sportchilarning sog‘ligi va ish qobiliyatini tezroq tiklash uchun o‘z vaqtida davo va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, dispenser hisobida turgan sportchilarning mexnat va turmush sharoitlarini o‘rganish, kasalliklarni ko‘payishiga imkon beradigan omillarni bartaraf etishni o‘z ichiga oladi.Tibbiy sport maslahati dispanser va jismoniy tarbiyachilar, shifokorlari bilan olib boriladi. Maslahat paytida sportchi, trener, pedagog mashq kilish tartibi va metodikasi, jismoniy vazifa darajasi, mashg‘ulotlar xususiyati va tezligi bo‘yicha shifokorlardan maslahatlar oladi.Sanitariya-ma’rifat ishi sportchilar orasida mashq qilish jarayonini yaxshilash, turmush, mehnat, sport bilan mashg‘ulotlarda sportchilarga gigiyenik ko‘nikmalarni singdirshga qaratilgan.Sportchi shifokorining muhim vazifasi sportchilarni o‘zini nazorat qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish, tabiat tibbiy omillaridan chiniqtirish maqsadida to‘g‘ri foydalanish va ularni jismoniy mashqlar bilan mohirona biriktirishga o‘rgatishdir.Sport tibbiyoti faoliyatiga quyidagilar kiradi:
- sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- jismoniy tarbiya majburiy kursi (davomat dasturi) bo‘yicha shug‘ullanadigan maktab o‘quvchilari, talabalar; o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari, tibbiy kuzatuvchi;
- jismoniy madaniyat jamoalari, sport sektsiyalari, sport klublarida shug‘ullanuvchilar tibbiy kuzatuvi.
Barcha sportchi va o‘quvchilar tibbiy-jismoniy madaniyat xonalari shifokorlari kuzatuvchi ostida bo‘ladi. Bu xonalar barcha yirik sport qurilmalari va tuman poliklinikalarida joylashgan va tibbiy-jismoniy madaniyat dispanserlar, tashkiliy-metodik rahbarligi ostida ishlaydi.Tibbiy-jismoniy madaniyat dispanserlari mustaqil davolash-profilaktik muassasalar, ular vazifalariga sport tibbiyoti va davolash jismoniy madaniyati bo‘yicha ishlashga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish hamda yetakchi sportchilarni dispanserizatsiyadan o‘tkazish kiradi. Tibbiy xodimlar malakasini oshirish maqsadida dispanser seminar, metodik yig‘ilish, konferetsiyalar o‘tkazadi. Barcha tibbiy-jismoniy madaniyat xonalari ishini nazorat qiladi.Faoliyatiga ko‘ra dispanserlar boshqa tibbiy muassasalardan anchagina farq qiladi va sog‘likni saqlash profilaktik yo‘nalishini yanada to‘la aks etadi. Jismoniy tarbiya majburiy kursi, davlat dasturlari bo‘yicha shug‘ullanadigan umumta’lim maktab, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari o‘quv yilida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Jismoniy tarbiya darslarida vazifani farqlash maqsadida barcha o‘quvchilar uchta tibbiy guruhga taqsimlanadi: asosiy, tayyorlov, maxsus.Yetakchi sportchilar, sport turlari bo‘yicha yigma jamoalar a’zolari bosh tibbiy-jismoniy madaniyat dispanseri kuzatuvi ostida bo‘ladi.O‘quvchi yoshlar jismoniy tarbiyasi tibbiy nazorati o‘z ichiga oladi:
- kelgusida tibbiy guruhlarga taqsimlash bilan sog‘lik holati, jismoniy rivojlanish va funksional imkoniyatlarni kuzatish;
- o‘quv va o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari jarayonda organizmga ta’sir qiladigan jismoniy vazifalarni aniqlash;
- jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyi va shart-sharoitlari sanitariya-gigiyenik nazorati;
- jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar jarayonida tibbiy pedagogik kuzatuvlar;
- jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish nomuvofiq metodikasi bilan bog‘liq. Bo‘lgan jarohat va kasalliklar oldini olish;
- ommaviy – sog‘lomlashtirish jismoniy madaniyat va sport tadbirlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
- jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha sanitariya-ma’rifiy ish;
- jismoniy madaniyat va sport sog‘lomlashtirish ta’sirini tashviqot qilish.
Tiklanish va dam olish jarayonlari samarasini oshirish vositalari
Mashq va musobaqa sharoitlarida sportchi og‘ir ishlarni boshdan kechiradi. Ayniqsa, bu hol sportda yuqori natijalarga erishishda sodir bo‘ladi. Sportda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun tiklanish jarayonlarini tezlashtirish borgan sari muxim ahamiyat kasb etmoqda. Mashq va musobaqadagi ishlar tezligi va ular hajmining ortib borishi, sportchidagi psixologik holatining, ayniqsa musobaqa davrida zo‘rayishi sportchilarni tayyorlashda turli tibbiy-biologik choralar qo‘llashni taqazo etadi.
Shiddatli mashq va musobaqa ishlaridan keyin organizmning energiya sarfini tiklamay turib jismoniy mashqni va ish qobiliyatni oshirib bo‘lmaydi. Pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik usullarni o‘zida mujassamlashtirgan tiklanish vositalari sistemasini to‘g‘ri qo‘llash mashq jarayonlarini tezlashtirish va sport natijalarini oshirish imqonini beradi.
Tiklanishni tezlashtiradigan choralardan biri-aktiv dam olish birinchi marta I.M.Sechenov tomonidan 1903 yili aniqlangan bo‘lib, o‘rtacha charchashdan keyin uni qo‘llash yaxshi natija beradi. I.M.Sechenov ergografiyasi (mushaklar faoliyatini yozib oluvchi asbob) bir qo‘lning barmog‘i bilan to charchaguncha yuk ko‘tarish ishini bajargandan keyin, tinch o‘tirib dam olmasdan, ikkinchi qo‘l bilan o‘sha ishni bajaradi. Bunda charchagan birinchi qo‘lning ish qobiliyatining tiklanishi passiv dam olishdagiga nisbatan tezroq sodir bo‘ladi. Shunday qilib, olish davrlari muddatini daqiqalarda ifodalaydi. Yozuv o‘ngdan chapga yo‘nalgan.
I.M.Sechenov aktiv dam olish passiv dam olishga nisbatan charchoqni tezroq yo‘qotishini ko‘rsatadi. Aktiv dam olishning mexanizmi ishlayotgan qo‘l mushaklari markazidagi tormozlanishni kuchaytirishdan iborat bo‘lib, u asab hujayralarining ish qobiliyatini ishdan oldingi holatga qaytishini tezlashtiradi. Bunday markazlararo nisbatlar odatlanilgan ishlarni bajarishga tayyorlangan kishilarda namayon bo‘ladi. Agar bajariladigan ish odatdagidan tashqari bo‘lsa va kishi unga tayyorlanmagan bo‘lsa, unday holatlarda aktiv dam olish ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki bunday sharoitlarda qo‘zg‘alish ishlayotgan markazlarda tarqaladi.
Aktiv dam olish ta’siri kishining yoshiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kattalarga nisbatan yoshlarda aktiv dam olish yaxshi natija beradi, ya’ni charchatarli mushak ishidan keyin ish qobiliyatining tiklanishi, yoshlarda ko‘pchilik holatda ijobiy bo‘ladi. Qariyalarda esa, aksincha, charchatarli ishlardan keyin aktiv dam olish ularga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun aktiv dam olishni qo‘llashda sharoitni hisobga olish zarur. Qator holatlarda, ayniqsa qattiq charchatarli sport kuchlanishlaridan keyingi passiv dam olish o‘rniga aktiv dam olishni qo‘llashdan cheklanish kerak. Sport amaliyotida aktiv dam olishni qo‘llash bo‘yicha ancha ma’lumotlar to‘plangan. (Krestovnikov). Masalan, shtangachilar oyoq mashqlari bajarganda qo‘l kuchining ko‘payishi, bir qo‘l bilan ishlashni, ikkinchi qo‘l bilan almashtirganda: birinchi qo‘lning dam olish tezlashishi, futbolda o‘yinning birinchi taymidan keyin 6-8 minut davomida gavdaning yelka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shug‘ullanish gavdaning yelka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shug‘ullanish organizmning funksional holatini yaxshilaydi hamda mushak kuchi va tomir urishining tiklanishiga sharoit yaratadi (Narikashvilli). Aktiv dam olishni qullash shiddatli mashq qilish va musobaqa davrlarida va musobaqalar mavsumi orasidagi davrda ham yaxshi natija beradi.
Xuddi shunga o‘xshash aqliy mehnat ta’sirida charchash yuzaga kelganida sport o‘yinlari (voleybol, qo‘l to‘pi, basketbol kabi jismoniy mashqlar) bilan shug‘ullanish ish qobiliyatini tiklanishiga olib keladi. Bunday aktiv dam olish mexanizmi xuddi I.M.Sechenov ko‘rsatgan aktiv dam olishdagiga o‘xshash bo‘ladi.
Shuni unutmaslik kerakki, aktiv dam olish faqat o‘rtacha charchashdan keyin o‘ta effektli bo‘ladi.
Ish qobiliyatini tiklanishi tezlashtiruvchi omildan suv muolajalari (dush, vanna va xakozo) teridagi retseptorlarni ta’sirlash bilan markaziy asab sistemasiga efferent impulslar borishini yuzaga keltiradi. Bu impulslar tegishli asab hujayralarini qo‘zg‘otish bilan markaziy asab sistemasini optimal darajada qo‘zg‘alishini ta’minlaydi.
Kimyoviy tarkibi har xil o‘lgan vannalar ayrim organlar ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, karbonat vannalar yurak-tomir ishini, oltingugurtli, rodonli vannalar asab mushak apparati ishini yaxshilaydi. Vannalarni oxirgi mashqdan keyin haftasiga 3-4 martadan ortiq bo‘lmagan holda kun ora qo‘llash zarur.
Saunani haftasiga 1-2 martalab, oxirgi mashqdan 1, 5-2 soat keyin qo‘llash tavsiya etiladi.
Jismoniy omillarni qo‘llash yillik mashq sikli davriga bog‘liq. Masalan, tayyorlanish davrida umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi va agar, zarur bo‘lsa, mahalliy ta’sir etadigan omillarni qo‘llash mumkin. Musobaqa davrida charchagan mushaklarga umumiy emas, balki mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan vannalarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi, shu bilan birga, har xil dush turlarini tavsiya etish mumkin.
Suv muolajalarini qo‘llashda eng muhimi, suv haroratiga alohida e’tibor berish kerak. Qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatish uchun, ertalab mashqqacha va kunduzgi uyqudan keyin sovuq muolajalarni (330S dan past vannalar, 200 S dan past dush), issiq vannalar va dushlarni (37-380 S) esa, mashqdan keyin qo‘llash lozim. Kuchli charchash chog‘ida mashqdan keyin eng kamida 15-30 daqiqa o‘tgach jismoniy omillarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Massajda ham xuddi suv muolajalariga o‘xshash markaziy asab tizimiga qo‘shimcha afferent impulslar boradi va markaziy asab sistemasida yangi markazlar qo‘zg‘alishni yuzaga keltiradi, natijada asab jarayonlarining nisbati, dinamikasi yaxshilanadi. Bu o‘z navbatida ish qobiliyatining tezroq tiklanishiga sabab bo‘ladi.
Tiklanish jarayonlari natijasini oshiradigan aktiv dam olishga katta ahamiyat berish bilan birga, passiv dam olishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak. Aktiv dam olishning tiklanishni kuchaytiruvchi ta’siri hamma vaqt ham yuzaga chiqavermaydi. Aktiv dam olish bilan bir qatorda passiv dam olish ham tiklanish jarayonlarining aktivatori bo‘lib, uning ta’siri jismoniy chiniqqan kishilarda, to‘g‘ri tashkil etilgan mehnat va dam olishda kuchli darajada ortadi. Passiv dam olishning eng keng tarqalgan turiga uyqu kiradi. Hozirgi zamon tushunchasiga ko‘ra uyqu bir xil holat emas. Bunda ikkita faza farqlanadi: sekin va tez. Bu fazalar tun davomida 4-5 marta almashadi. Uyquning sekin fazasi vaqtida nafas olish va yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, ayniqsa miya, jigar, buyrak kabi organlarda qon oqishi sekinlashadi, moddalar almashinuvi va tana harorati pasayadi, mushaklar ancha to‘liq bo‘shashadi.
Uyquning tez fazasi harakat aktivligining ortishi bilan ifodalanadi. Bu fazada yurak urishi tezlashadi, arteriya qon bosimi ko‘tariladi, nafas olish tezlashadi. Uyquning sekin va tez fazalarini almashinuvi to‘liq dam olishning muhim sharti bo‘ladi. Uyquning buzilishi va qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi. Choy, qahva yoki sharbat kabi ichimliklarni iste’mol qilish asab sistemasi va yurak-tomir kabi vegetativ organlar funksiyasini kuchaytirishi va organizmning ichki muhitini qandaydir darajada yaxshilashi bilan ish qobiliyatining tiklanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kislorodga boy bo‘lgan havo bilan nafas olish mushak ishi ta’sirida to‘plangan kislorod qarzini yo‘qotish, ichki muhit reaksiyasini normallashtirish uchun muxim axamiyatga ega, bu jarayonlarning ancha tezlashishini ta’minlaydi.
Autogen mashq sportchini ma’lum so‘zlar bilan ishontirish orqali markaziy asab sistemasi faoliyatini yaxshilashga qaratilgandir. Bunday yo‘l bilan tiklanish jarayonlarini kuchaytirishda sportchining oliy asab faoliyati tipi muhim ahamiyatga ega. Autogen mashq olib boruvchining so‘zlariga e’tibor beruvchi kishilarda sezilarli darajada funksiyalarning o‘zgarishi yuzaga keladi. Masalan, gavdaning ma’lum qismlarini qon bilan ta’minlanishi o‘zgaradi, mushaklarning bo‘shashi kuchayadi va hakozo.



Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish