Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Sport tibbiyotining taraqqiyotining qisqacha sharhi



Download 6,95 Mb.
bet205/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Sport tibbiyotining taraqqiyotining qisqacha sharhi.
Gigiyena fani va sanitariya amaliyoti rivojlanishining boshlang‘ich manbalari qadimgi zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi Gretsiya, Rim, Misr, Xindiston, Xitoy xalqlari orasida normal yashash sharoitini vujudga keltirishga bo‘lgan intilishlar o‘sha paytdayoq paydo bo‘lgan edi. Bu hayot tarzida, ovqatlanish turli yuqumli kasalliklarning oldini olish va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan ishlarda o‘z ifodasini topgandir. Eng qadimgi davrning qadimgi hujjatlaridan ma’lumki,o‘sha davrda ko‘pgina xalqlarning hukmdorlari jamiyat salomatligini saqlash yo‘lida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatganlar.Jamiyat sog‘ligini saqlash yo‘lidagi tashkiliy ishlar misrliklar, hindular va boshqa xalqlarda avval diniy marosimlar shaklida zoxir bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik davlat qonuni bilan amalga oshiriladigan bo‘ldi.Ma’lumki, rimliklar greklarning madaniy boyliklarini meroschilari bo‘lib ularda sanitariya bilan bog‘liq ishlar yanada taraqqiy etdi, nazariy gigiyena bilimlari esa Gippokrat davrida erishilgan darajadan oshmadi. Qadimgi rimdagi yirik vodoprovodlar uning faxri hisoblanadi. Ulardan keltiriladigan suvning mo‘lligi undan turli maqsadlarda foydalanishda imkon berdi va shu asosda jamoat xammomlari va cho‘milish havzalarining yirik tarmoqlari vujudga keltirildi. Qadimiy kanalizatsiya qoldiqlari o‘sha davrda ham chiqinda suvlarni tozalashning mukammal sistemalari bo‘lganidan va ulardan bog‘ va ekinzorlar uchun o‘g‘it sifatida foydalanilgandan dalolat berdi. Ammo bu qulayliklardan barcha aholi keng foydalangan deb o‘ylash noto‘gri bo‘lar edi. Suv uchun katta soliqlar belgilanganligi uchun undan aholi nochor tabaqalarining foydalanishlari cheklangan edi.Rimdagi notekis sotsial turmush sharoiti natijasida shaharning sezilarli sanitariya obodonchiligiga qaramasdan vabo, ich terlama va toshmali terlama va boshqa yuqumli kasalliklar epidemiyalari to‘xtamas edi. O‘rta asrlarda gigiena tarraqqiyoti anchagina orqaga ketdi. Bu davr shaxsiy va jamoat profilaktikasining butunlay pasayib ketishi bilan harakterlanadi. Feodalizm, tez-tez bo‘lib turadigan urushlar hamda aholining madaniy va moddiy jihatdan nihoyatda past saviyasi epidemiyalarining avj olishiga bag‘oyat qulaylik tug‘dirar edi. Professor G.V.Xlopin takidlashicha, bu gigiena taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, chunki o‘sha davrning dunyoqarashiga ko‘ra inson tanasi vaqtinchalik, chirigan narsa, unga e’tibor bilan qarash, gamho‘rlik qilish arzimaydi deb hisoblanadi. Bu gigiyena mazmuniga butunlay zid edi, binobarin, o‘rta asrlarning birinchi yarmida shaxsiy va jamoat gigiyenasiga butunlay e’tibor berilmaganligi shaharlarning sanitariya holatiga va aholining turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada kasalliklar va o‘lim soni yuqori darajaga ko‘tarildi.Chechak, tif, gripplarning tez-tez paydo bo‘lishi, maxov, teri, tanosil va ko‘z og‘rig‘i kasalliklarining ommaviy tusda tarqalib turishi tabiiy ayanchli hol,o‘sha davr uchun harakterlidir. Faqatgina epidemiyalar huruj qilgan taqdirdagina ba’zibir profilaktik tadbirlar amalga oshirilar,ammo bular ham qadimgi dunyo xalqlarida bo‘lgani kabi davlat tomonidan sistemali ravishda o‘tkaziladigan doimiy choralar emas edi.Gigiyenaning tiklanishi va uning asta-sekin taraqqiy etishi XVII-XVIII asrlarga tog‘ri keladi. Ayniqsa, 19 asrning ikkinchi yarmidan bir qadar eng intensiv taraqqiy eta boshladi.Yirik sanoat shaharlarining barpo etilishi va ularning teretoriyasida moddiy jihatdan ta’minlanmagan antisanitariya holatida yashovchi ishchilarning to‘planishi natijasida epidemik kasalliklarning xavfi yanada oshdi. Epidemiyalardan saqlanish maqsadida hamda o‘sib borayotgan ishchilar harakatining ta’siri ostida turli sanitariya tadbirlarini amalga oshirish ilmiy jihatdan asoslash uchun gigiyena bilimlari talab etilardi. Bu hol gigiyena va sanitariyaning rivojlanishiga olib keladi va 19-asrning ikkinchi yarmida tabbiy fanlar bo‘yicha katta-katta kashfiyotlar qilishdi.Aholi yashaydigan joylarda o‘tkazilgan sog‘lomlashtirish tadbirlari natijasida ko‘pgina mamlakatlarda kasalliklar epidemiyasi o‘tgan davrga nisbatan ancha kamaydi, ammo professor A.M.Sisin ta’kidlab o‘tganidek, aholining sotsial iqtisodiy ahvoli o‘zgarmay qolaverdi, shuning uchun ham, o‘lim va kasallanishning soni kamaymay qolaverdi.Gigiyena fanining asoschisi nemis olimi Maks Petenkofer (1818-1901) hisoblanadi.U gigiyena tadqiqotining eksperimental metodini olib kirdi, shunga ko‘ra, gigiyena aniq fanga aylanib, tashqi muhitni tadqiq qilishning ob’ektiv usuliga ega bo‘ldi.Vatanimiz gigiyenasi ma’lum ravishda o‘ziga xos tarzda rivojlandi va ko‘pgina sanitariya tadbirlari G‘arbdagiga qaraganda Rossiyada ancha ilgari qo‘llanilgan edi. Masalan,Novgorodda 11-asrda jamoat vodoprovodi bor edi. Piskovda esa ko‘chalarga tosh yotqizish 12-asrda amalga oshirildi. G‘arbiy Evropada esa bu tadbirlar 300 yil keyin amalga oshirildi.Gigiyenaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi bizning mamlakatimizda ham, chet elda xam 19 asrning ikkinchi yarmiga to‘gri keladi. Bu sohada rus tibbiyotining va adabiyotining yirik progressiv vakillari olib borgan tibbiy profilaktikaning propagandasi katta ro‘l o‘ynadi.Vatanimiz tibbiyotining asoschisi M.Ya.Mudrov (1776-1831) 1820 yili Moskva universitetida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Agar salomatligi yaxshi kishilarni qo‘lga olib, ularni turli kasalliklardan muhofaza qilish maqsadida lozim bo‘lgan turmush tarzi ko‘rsatib berilsa, vrachlar uchun vijdoniy va hotirjamroq bo‘lur edi, chunki kasalliklarning oldini olish uni davolashga nisbatan osonroqdir”. N.I.Pirogov (1810-1881) profilaktik tibbiyotning g‘oyalarini rivojlantira borib, shunday deb yozgan edi: “Men gigiyenaga ishonaman. Fanimizning haqiqiy taraqqiyoti manashunda. Kelajak kasalliklarning oldini oluvchi tibbiyot qo‘lidadir”.Keyinchalik I.P.Pavlov ham gigiyena tibbiyotining kelajagi deb atadi.Yillik V.G.Belinskiy (1811-1848), N.A.Dobrolivov (1836-1861) D.I.Pasarev (1840-1868) salomatlikning qadrini chuqur tushunishga va o‘z asarlarida gigiyena masalalariga alohida ahamiyat berishgan.Gigiyenaning dastlabki kafedralari vatanimizda A.P.Dobroslavin (1871) tomonidan Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasida va F.F.Erisman 1882 tomonidan Moskva universitetida ochildi. Mana shu ikki buyuk olim vatanimiz gigiyena fanining asoschilari bo‘ldilar, unga xaqiqiy ijtimoiy yo‘nalish kiritib,birinchi gigiyenik qadrlar va sanitariya sohasidagi hodimlarni yetishtiradilar.Mamlakatimzda gigiyena faniga 20 asrning birinchi choragi mobaynida boshchilik qilgan G.V.Xlopin (1863-1929) gigiyena sohasida yirik arboblaridan biri edi.1904 yildan boshlab u Peterburgda vrachlar malakasini oshirish institutida kafedra mudiri bo‘lib ayollar tibbiyot institutida (keyinchalik 1 Leningrad tibbiyot institutida) va 1818 yildan Xarbiy tibbiyot akademiyasida ishladi. U.A.P.Dobroslavin va o‘z ustozi F.F.Erisman belgilab bergan yo‘ldan boshlab gigiyenada eksperemental metodni yanada rivojlantirdi va chuqurlashtirdi hamda o‘z mehnati bilan gigiyena fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. G.V.Xlopin qator yangi metodlar ishlab chiqqan va gigiyenaning tadqiqot metodikasi bo‘yicha ko‘p to‘mlik qo‘llanma yozgan.Uning asarlari gigiyenaning turli masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib ularning ichida qator darsliklar va yirik monografiyalar bor.Olimning ijtimoiy faoliyati ham g‘oya mahsuldor va serqirra.U gigiyenistiklar maktabini tuzdi, yuqorida eslatib o‘tilgan kafedralar bo‘yicha uning vorisi V.A.Uglov (1874-1942) shu maktabning yetuk vakili edi.Uglov har tomonlama barkamol gigiyenist,havo,suv,ovqatlanish va gigiyenaning boshqa turli sohalaridagi orginal izlanishlar avtori, tajribali metodist va eksperementator sifatida mashxurdir.N.A.Semashqo (1874-1949) respublikaning birinchi sog‘liqni saqlash norkomi edi.Mamlakatimizda sanitariya fani va uni tashkil etishda A.N.Sisin (1879-1956) katta ulish qo‘shdi.U sog‘liqni saqlash norkomatining birinchi tarkibida sanitariya epidemiologiya bo‘limini,keyinchalik Moskva tibbiyot institutlarida va hozirda uning nomi bilan ataluvchi tibbiyot fanlari akademiyasi umumiy va komunal gigiyena institutida gigiyena kafedralarini boshqardi.Keyinchalik va hozirgi davrda o‘z mahsuldor milliy pedagogik va ijtimoiy faoliyatlari bilan keng tanilgan gigiyena institutlari va kafedralarining ilmiy rahbarlaridan F.G.Krotkov, A.A.Letavet, A.N.Marzeev, A.V.Molkov, L.K.Xotyanovlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.Xalq sog‘ligini saqlash sohasidagi o‘z faoliyati asosida avvalo kasalliklarning oldini olishni maqsad qilib olgan keng sanitariya va sog‘lomlashtirish choralarini o‘tkazishni ko‘zda tutadi”– deb yozilgan edi.Keyingi yillarda sanitariya tashkilotlari siyosiy ahvol va xalq xo‘jaligining rivojlanishi bilan bog‘liq yangi talablar asosida takomillashib bordi.Mamlakatnihg rivojlanishi,shaharlar sonining oshishi va qishloq xo‘jaligini takomillashishi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida davlat sanitariya nazoratini ancha kengaytirishni talab etdi.Shu xususda sanitariya-epidimiologiya stantsiyalarini tashkil etilishi (1939) muhim tadbir bo‘lib hisoblandi. Ularda ittifoqdosh respublika shahar va tumanlarning sanitariya va epidemiyaga qarshi faoliyatining barcha turlari birlashtirildi.Mamlakatda sanitariya epidimiologiya xizmati sistemasining takomillashtirilganligi partiyaning sog‘lomlashtiruvchi va sanitariya tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida qabul qilgan qator qarorlarini bajarishga bevosita imkon berdi.Bunga ijtimoiy-iqtisodiy sistema va tibbiyot tadbirlari ko‘rilishi tufayli erishiladi.Kasalliklarning oldini olish va qat’iy turib kamaytirishga, ko‘p tarqaladigan yuqumli kasalliklarni tugatishga va umrni yanada uzaytirishga qaratilgan tadbirlarning keng programmasi amalga oshiriladi”,deyiladi. “Mamlakatda sog‘liqni saqlashni yanada yaxshilash va tibbiyot fanining rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega.Bu qarorda aholi sog‘ligini yanada yaxshilashga,umumiy kasallanishni,travmatizm va o‘limni,ayniqsa, bolalar o‘rtasida,yuqumli kasalliklarni tugatishga va kamaytirishga qaratilgan sog‘liqni saqlashning bosh vazifalari hamda bu maqsadlarni amalga oshirishning vositalari belgilab berilgan.Bu qonunda sog‘liqni saqlash sistemasini tashkil etishning pritsipial masalalari yoritilgan,har bir odamning o‘z sog‘ligini saqlash huquqi va barcha davlat hamda jamoat tashkilotlarining sog‘liqni saqlash ishidagi vazifalari aniqlanib,har bir odamning o‘z sog‘ligi va atrofdagilar sog‘ligiga ongli ravishda munosabatda bo‘lish lozimligi ko‘rsatib berilgan.Qonunda aholining sanitariya epidemiologiya jihatidan yaxshi yashashi mehnat va maishiy sharoitlarni sog‘lomlashtirish,odamlarning jismoniy va gigiyenik tarbiyasi,ommaviy jismoniy tarbiyani va sportni rivojlantirish dam olishni tashkil etish va boshqa masalalarga katta e’tibor bergan.Umuman, qonunchilik aholi sog‘ligini yanada yaxshilashni ta’minlaydi.Tashqi muhitni sog‘lomlashtirish,aholi yashaydigan joylarning sanitariya obodonchiligini,kishilarining mehnat va maishiy sharoitlarnii yanada yaxshilash choralari ko‘zda tutilgan. Mehnat va maishiy sharoitlarni sog‘lomlatirishning keng ko‘lamdagi rejalari ishlab chiqilishi bilan qo‘yilgan yuksak vazifalar avvalgi umum gigiyenik bilimlar darajasida hal etish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitda ayrim gigiyena masalalarni yanada chuqurroq ishlab chiqarishni talab etadi. Ko‘p profilli gigiyena ilmiy tekshirish institutlari va kafedralari: mexnat, ovqatlanish, maktab gigiyenasi va boshqalar tashkil etildi.Jismoniy mashqlar va sport gigiyenasi.Jismoniy mashqlar va sport gigiyenasi farqlanadi.Gigiyena g‘oyalarining jismoniy tarbiyaga kiritishi uzoq o‘tmishdan boshlangan qadim zamonlardayoq jismoniy tarbiyaga unga jismoniy mashqlardan tashqari gigiyena tadbirlarini kiritgan holda,
Sog‘lomlashtirish vositasi sifatida qarashga intilish bo‘lgan edi. XVII asrda K.Slavinskiy, Y.A.Kamenskiy va boshqalarning gigiyena vizifalarini jismoniy tarbiya masalalari bilan bog‘lab yoritilgan orginal asarlari paydo bo‘ldi. Jismoniy tarbiya tushunchasi salomatlikni yaxshilash va jismonan barkamollikka erishishda o‘sib borayotgan organizmga ta’sir etish sistemasi sifatida tasavvur etilgan.O‘sha zamon bilimi darajasiga muvofiq ko‘tarilgan masalalar emperik harakterga ega bo‘lib ularning nazariy jihatdan asoslanishi faqat XVIII-XIX asrlarga kelib mumkin bo‘ldi. Bu jihatdan jismoniy ta’lim va tarbiya nazariyasining asoschisi P.F.Lesgaft yuksak ro‘l o‘ynadi. U o‘z asarlarida jismoniy tarbiya g‘oyalarining biologik asoslarini ishlab chiqdi bu jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, shuningdek, jismoniy mashqlar va sport fiziologiyasi va gigiyenasini ishlab chiqish uchun turtki bo‘ldi.P.F.Lesgaftning eng yaqin davomchilaridan biri sport tibbiyoti sohasidagi yirik arboblardan V.V.Gorineskiy edi. U jismoniy mashqlar va sport bo‘yicha dastlabki qo‘llanma yaratdi. (1920-1930), gigiyena va vrach kontroli bo‘yicha qator asarlarga avtor bo‘ldi.Oliy o‘quv yurtlari sifatida jismoniy tarbiya institutlarining tashkil etilishi, fizkultura va sport bo‘yicha ilmiy ishlarni sport tibbiyoti masalalarini qo‘shgan holda kengaytirish sohasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularda mamlakatning ana shu soha bilimlari bo‘yicha eng yaxshi ilmiy xodimlar to‘plandi, yangi g‘oya va yo‘nalishlar belgilandi hamda yosh ilmiy kadrlar tayyorlana boshlandi.Mamlakatning ikki eng keksa jismoniy tarbiya institutlarida gigiyena kafedrasining yaratishi jismoniy mashqlar va sport gigiyenasi rivojlanishida rag‘batlantiruvchi ro‘l o‘ynaydi. P. F. Lesgaft nomli institutda A. F. Sulima-Samoylo (1919) va markaziy institutda V. E. Ignatev (1920) raxbarlik qildilar va ayni vaqtda ana shu institutlarning rektorlari bo‘lgan edilar.1930-yildan 1942-yilgacha P. L. Lesgaft nomli jismoniy tarbiya institutida gigiyena kafedrasiga Xlopinning shogirdi V. A Voljinskiy (1890-1942) mudir bo‘ldi. U jismoniy tarbiya institutlarida gigiyenani o‘qitishni va bu sohada ilmiy ishlarni tashkil etishda, profilli gigiyena fani sifatida uning vazifalari va mazmunini aniq belgilab berishda katta ro‘l o‘ynadi. U jismoniy tarbiya o‘quv yurtlari uchun dastlabki gigiyena darsligini yozib berdi. P. F. Lasgaft nomli jismoniy tarbiya institutida gigiyena sohasidagi ilmiy ishlar maktabgacha gigiyenaning yirik mutaxassisi L. I. Chulitskaya (1868-1938) boshqarib turgan bolalar jismoniy taraqqiyoti kafedrasida va 30-yillarda A. A. Minx boshqargan gigiyena laboratoriyasida olib borildi.Jismoniy mashqlar va sport gigiyenasining taraqqiyoti partiya va hukumatning jismoniy tarbiya masalalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari bilan chambarchas bog‘langan.Qarorda: “Jismoniy tarbiya faqatgina sport turlari, gimnasika va boshqa harakatli o‘yinlardagi jismoniy mashqlar bilan cheklanib qolmay ijtimoiy va shaxsiy mexnat va maishiy gigiyenani ham qamrab olmog‘i, tashqi muxitning tabiiy kuchlaridan, to‘g‘ri tashkil etilgan mehnat va hordiq rejimidan foydalanmog‘i kerak ”deb ko‘rsatib o‘tildi.Ko‘rsatib o‘tilgan qarorlar asosida va sport tibbiyotining ko‘p yillik tajribasi natijasida jismoniy mashqlar va sport gigiyenasining asosiy vazifalari aniq belgilab berilgan. Bu jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan tashqi muxit sharoitlarini o‘rganish va salomatlikni yaxshilashga, ish qobiliyatining o‘sishiga, chidamlilikka, sport yutuqlari o‘sishiga xizmat qiluvchi gigiyiena tadbirlarini ishlab chiqish kabilardir.Bulardan mazkur fanning aniq mazmuni: havo, suv, tuproqning gigiyenik xarakteristikasi, aholi yashaydigan joylar, turar joylar va sport inshoatlari gigienasi, shaxsiy gigiyena chiniqish, maktab gigiyenasi, ishlab chiqarish gimnastikasi, sportchilarning ovqatlanishi, trenirovka gigiyenasi, sportning ayrim turlarining umum gigiyenik asoslari kelib chiqadi.Shu yo‘nalishlarda bajarilgan ilmiy tekshirish ishlari natijasida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining: yoshga, jinsga, kasbga va iqlimga va boshqa holatlarni hisobga olgan holda bajarilishini gigiyena bo‘yicha ta’minlash haqida ko‘p qirrali ma’lumotlar olindi. Bulardan ba’zilari jismoniy tarbiyaning, gigiyena kabi sport trenirovkalari va ommaviy jismoniy tarbiya harakatining sog‘lomlashtirish maqsadlarida tegishli nazariy va metodik masalalarni ilmiy asoslashda katta ro‘l o‘ynadi. Jismoniy mashg‘ulotlarning har biri, musobaqalarda qatnashishga qarab, salomatlikni mustahkamlashga qaratmog‘i lozim. Aks holda ular sovet jismoniy tarbiya sistemasining sog‘lomlashtirish yo‘nalishiga zid ravishda o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.Ilmiy tekshirish ishlari gigiyenaning boshqa sohalarida ham olib borildi, bu sovet xalqining mexnat va maishiy sharoitlarini sog‘lomlashtirishga qaratilgan keng miqiyosdagi sanitariya tadbirlarini asoslab berish va o‘tkazish imkonini beradi.Sil bilan kasallanish besh barobar, ovqat xazm qilish organlari kasalligi 3-5 barobar, revmatizm 2-3 barobar kamaytirildi.Aholining o‘lim darajasi avvalgi yillarga qaraganda deyarli 4 barobar, bolalar o‘limi esa 10 barobar ko‘proq qisqardi.Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish hamda umumiy bolalar o‘limining keskin kamayishi natijasida o‘rtacha umr ko‘rish tashkil qilgan 32 yoshdan 70 yoshgacha oshdi.Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishiga katta ijobiy siljish ro‘y berdi.Sog‘liqni saqlash ishining mamlakatimizning tibbiyotni profilaktik yo‘nalishiga ega ekanligi bilan bog‘liq yutuqlari aholini salomatlik darajasini yanada yaxshilashishini ta’minlaydi.Buni faqatgina kasallanish darajasini kamaytirishdagina emas, balki keng mazmunda, yana jismoniy, psixologik,bakamollikka to‘la holda erishish mazmunida tushunmoq lozim. Axolining salomatligi sog‘liqni saqlash sohasida davlat ishlarining, shuningdek, sanitariya-gigiyenik, ijtimoiy va individual tadbirlarning natijasini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.Sog‘liqni saqlash ishida jismoniy tarbiya va sport-salomatlik va jismoniy o‘sishni yaxshilashga, insonning har tomonlama barkamollikka erishuvida ko‘maklashishga kishi organizmining tashqi salbiy ta’sirlariga qarshiligini kuchaytirishda vosita sifatida muhim ro‘l o‘ynaydi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish