Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyot



Download 6,95 Mb.
bet203/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyotdagi ish asosiy omillari quyidagilar:
- jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- yetakchi sportchilarni dispanserizatsiyadan o‘tkazish;
- tibbiy-pedagogik nazorat;
- sog‘lomlashtirish, davolash va profilaktik tadbirlar;
- mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkazish joyi va shart-sharoitlari sanitariya-gigiyenik nazorati;
- sport musobaqalari tibbiy ta’minoti;
- sport jarohati oldini olish;
- ilmiy-tadqiqot va uslubiy ish;
- tibbiy sport maslahati
- sportchilar orasida sanitariya-ma’rifat ishi va aholi orasida jismoniy madaniyatni targ‘ibot qilish.
Jismoniy madaniyat va sport bildan shug‘ullanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlang‘ich, takroriy va qo‘shimchaga bo‘linadi.Boshlang‘ich tibbiy ko‘rikda shifokor jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlariga ruxsat berish haqidagi savolni yechadi. Shifokor ruxsatisiz trener yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yangi kelgan bolani mashg‘ulotlarga kiritishga haqqi yo‘q, tibbiy ko‘rikda sog‘lik, holati, jismoniy rivojlanish va bo‘lingan jismoniy vazifaga organizm o‘rganishini aniqlaydilar.Takroriy tibbiy ko‘rikda sog‘lik holati, sportchi jismoniy rivojlanish va organizm funksional holatiga jismoniy,madaniyat va sport bilan doimiy shug‘ullanish ta’siri aniqlanadi.Qo‘shimcha tibbiy kuzatuvlar sportchilarni musobaqalarga kiritish hamda kasallik yoki jarohatlardan keyin, organizmni qattiq charchashida mashq qilishlarga kirishish imkoniyati haqidagi masalalarni hal etish uchun tashkil qilinadi.Yetakchi sportchilar dispanserizatsiyasi doimiy mashq qiluvchi va musobaqalarda qatnashuvchi sportchilar tibbiy kuzatuvchi faol shakli hlsoblanadi. Har taraflama chuqurlashtirilgan kuzatuv sog‘lik holati funksional imkoniyatlarni aniqlash, sport tayyorgarlik darajasini belgilash, patalogik holatini (kattiq charchash, ko‘p mashq qilib yuborish) bilishga yordam beradi.Tibbiy pedagogik nazorat sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sog‘ligining tibbiy kuzatuvi butun jarayonining muhim .tarkibiy qismi hisoblanadi. Tibbiy-pedagogik nazorat o‘quv mashq qilishda shifokor va trener bilan birgalikda olib boriladi.Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar jismoniy vazifa hajmi va tezligini rejalashtirish, mashq qilish, aniqlashda e’tiborga olinadi.Sog‘lolomlashtirish, davolash va profilaktik tadbirlar jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari jarayonida sportchilar sog‘ligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega va davolash-profilaktik muassasalar va sanitariya-epidemiologik stantsiyalar shifokorlari bilan birgalikda sport shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi.Sport mashg‘ulotlari va musobaqalari joyi va o‘tkazish shart-sharoitlarini sanitariya-gigenik nazorat qilish sport mashg‘ulotlari va musobaqalari o‘tkaziladigan yangi sanitariya-gigenik shart-sharoitlarini yaratish, sport qurilmalari holatini nazorat qilish, mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkaziladigan meteosha’roitlarni kuzatish, sport asbob uskunasi, kiyimi va himoya qo‘llanmalarini nazorat qilishni maqsad qilib qo‘yadi.Sport musobaqalari tibbiy ta’minoti shifokor ishi tarkibiy qismidir. Har qanday sport musobaqasini tashkil qilishda tibbiy xizmatni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Tibbiy xodim bo‘lmasa bosh hakam musoboqani boshlashga haqqi yo‘q.Jismoniy madaniyat ommaviy turlari tibbiy ta’minlovchi ommaviy shakllarni . (ishlab chiqarishgimnastikasi, katta yoshdagi shaxslar bilan shug‘ullanish va b.) tibbiy nazorat bilan ta’minlashdan iborat.Jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlaridagi sport jarohatlari profilaktikasi maqsadida ogohlantiruvchi tadbirlar amalga oshiriladi, metodik ko‘rsatmalar va maxsus yo‘riqnomalar tasdiqlanadi.
O‘quvchilarning tibbiy ko‘rigi natijalari bo‘yicha jismoniy tarbiya darslarida jismoniy vazifalarni oshib ketishiga yo‘l qo‘yish masalasi hal qilinadi, kardiorespirator tizim funksional holatini baholash muhim. Shu maqsadda YU.T.S. holatini funksional baholash uchun tibbiy nazorat amaliyotida standart jismoniy vazifa - 30 soniyada 20 marta o‘tirish - keng tadbiq qilinadi. Funksional sinash uchun ta’sirlanishni baholashda ChSS va QB o‘zgarishlari, shuningdek ularni tiklash xususiyati va vaqti haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Baholashda yoshga oid xususiyatlarni e’tiborga olish kerak. .
Asosiy tibbiy guruhga sog‘lig‘ida o‘zgarishlari bo‘lmagan shaxslar kiradi, bu guruhda tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar to‘liq, dastur bo‘yicha o‘tiladi hamda ularga sportning ma’lum turi bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Tayyorlov guruhiga yetarli bo‘lmagan jismoniy rivojlanish yoki jismonan bo‘sh tayyorlangan yoki sog‘ligida kichik o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslar kiradi. _
Maxsus tibbiy guruhga sog‘ligida doimiy yoki vaqtincha xususiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslar kiradi. Ularga doimiy o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar qat’iyan man etiladi, mashg‘ulotlar sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Og‘ir yoki kuchaygan xronik kasallikdan hamda jarohatlardan so‘ng o‘quvchilar vaqtincha jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod qilinadi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasini ta’minlashning xususiyati shundaki, jismoniy tarbiyani tibbiy nazorat qilish maqsadida uchta o‘quv bo‘limlari yaratiladi:
- sport takomillashuvi bo‘limi (jismoniy rivojlanish va funksional imkoniyatlarni oshirish asosiy tibbiy guruh talabalari mashg‘uloti);
- tayyorlov bo‘lim (asosiy va tayyorlov tibbiy guruh, mashg‘ulotlar sport takomillashuvidan alohida o‘tiladi.
Maqsad – sog‘likni mustahkamlash, organizm funksional holatini yaxshilash);
- maxsus bo‘lim (bu yerda faqat maxsus tibbiy guruhga kiritilgan o‘quvchilar shug‘ullanadi, maqsad sog‘lik, holati va jismoniy rivojlanishiga ko‘ra to‘g‘ri jismoniy tarbiya bilan ta’minlash).
Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti odam salomatligini mustaxkamlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy madaniyatning tibbiy asoslari bilan bog‘liqligi to‘g‘risida qadimgi manbalardan ma’lum. Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyot tarbiyasi tarixi. Gippokrat, Gerodikus, Galen, Abu-Ali Ibn Sino va boshqa qadimgi vrachlar (shifokorlar) jismoniy mashqlarni, parxezni, massajni, xammomni ko‘p kasalliklarning profilaktikasi uchun keng qo‘llaganlar.Bizning eramizdan 1800 yil ilgari Induslarning «Vedo‘» degan muqaddas kitobida passiv va aktiv mashqlarga, massajga va nafas gimnastikasiga katta e’tibor berganliklari ma’lum.Eramizdan 600 yil ilgari Xitoyda yozilgan «Qong-fu» degan entsiklopedik kitobda davolash tibbiyotida jismoniy mashqlarni qo‘llash usuli yozilgan.Qadimiy Gretsiyada greklar asosiy e’tiborni yigitlarning jismonan rivojlanishiga bag‘ishlagan. Gimnastika o‘qituvchisi bir vaqtning o‘zida kasallikni davolash bilan ham shug‘ullangan. Ikkus va Geradikus o‘z kasallarini parxez, o‘lchangan dam olish, yugurish va gimnastik mashqlar bilan davolashgan. Gippokrat kasallarni davolashda birinchi o‘ringa parxezni va davolash gimnastikasini qo‘ygan, bunda u davolash gimnastikasini qat’iy individual bo‘lishi kerakligini ko‘rsatgan.Abu-Ali-Ibn-Sino quyosh va havo vannalarini qabul qilishni nazariy nuqtai nazardan asoslab berdi. Ovqatlanish rejimi va har xil yoshdagi odamlarning jismoniy mashqlardan foydalanish usullarini yaratdi. U gimnastik mashqlarga, piyoda sayr qilishga, kurash, o‘q yoydan otishga, otda sayr qilishga katta e’tibor berganlar. Shu bilan birgalikda qarilikda harakatning ahamiyatini asoslab bergan. Buyuk olimning fikricha salomatlikni saqlashda jismoniy mashqlar «Eng katta kuch» hisoblangan. Uning fikricha jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan, gigiyenik talablarga asoslangan odam ovqatga, uyquga nisbatan hech qanday davolanishga zaruriyat yo‘q. Charchashga qarshi massaj ishlatishga katta ahamiyat bergan. Kasalliklarni davolashda va profilaktikasida jismoniy mashqlardan foydalanishga XVII asrdan boshlab rus tibbiyoti katta ahamiyat bergan. Rus olimlaridan M.V.Lomonosov, I.I.Betskiy, O.P.Protasov, S.G.Zibilin, N.I.Novikov va boshqalar salomatlikni saqlashda va kelgusi yoshlar sog‘ligini mustahkamlashda tibbiyotda jismoniy mashqlar ro‘liga katta ahamiyat berganlar. Gigiyena tibbiyot fanining bir tarmog‘i bo‘lib uning asosiy maqsadi kasallikning oldini olishdir.Bu jamoat sog‘ligini saqlash va yaxshilash haqidagi fandir. Kasalliklarni davolashda, u qanday muvaffaqiyatli chiqishidan qat’iy nazar profilaktik chora-tadbirlar bilan birga qo‘shib olib borilmasa, kasallanishni kamaytira olmaydi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish