Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Shikastlangan so‘ng asab,mushak,suyak toqimalari tizimining tiklanishi va ularning profilaktikasi



Download 6,95 Mb.
bet211/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Shikastlangan so‘ng asab,mushak,suyak toqimalari tizimining tiklanishi va ularning profilaktikasi.Suyaklar sinishi.Suyaklar sinishi ko‘p uchraydigan shikastlar turiga kiradi va mexanik ta’sir hamda potologik o‘zgarishlar natijasida suyaklar butunligi buzilishi bilan ifodalanadi. Har bir sinishda suyaklarning katta-kichikligidan qat’i nazar, atrofdagi yumshoq to‘qimalarga ham jarohat ta’sir qiladi va og‘ir oqibatlarga olib keladi.Suyak sinishlari katta qon tomirlarni shikastlantirib, og‘ir qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, singan suyak zarbidan hayotiy muhim organlarning jarohatlanishini ko‘ngilsiz voqealarga olib kelishi mumkin: masalan, kalla suyagi va umurtqa pag‘onasi zararlanganda bosh yoki orqa miya butunligi buziladi; chanoq suyaklari sinsa, qovuq, to‘g‘ri ichak yoki siydik yo‘lini, qovurg‘alar singanda esa plevra va o‘pkalarni, kamroq jigar, taloq va yurakni zararlantirishi mumkin.Har bir ochiq sinish infektsiya kirishi uchun o‘choq hisoblanib, mahalliy yiringlashdan tashqari, osteomielit, umumiy yiringli infektsiya esa sepsisni keltirib chiqarishi mumkin. Suyak sinishlari klassifikatsiyasi.Suyak sinishining bir necha klassifikatsiyasi (tasnifi) bor:
1. Kelib chiqish sabablarga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan sinishlarga bo‘linadi. Tug‘ma sinishlar kam uchraydi, u ona qornida ro‘yobga kelib, homila skelet mushakaturasining yomon taraqqiy qilishidan paydo bo‘ladi, ko‘pincha irsiy buzilishlar sabab bo‘lib, ko‘p suyaklar singan bo‘ladi.
Tug‘ruq paytida, keyingi hayot mobaynida ro‘yobga kelgan sinishlar orttirilgan hisoblanadi.
2. Paydo bo‘lish sababiga ko‘ra, travmatik va patologik sinishlar kuzatiladi. Turli shikastlar natijasida travmatik sinishlar yuz beradi.
Ta’sir qilingan joyda suyak sinishi mavjud bo‘lsa, unda bevosita sinish deyiladi. Ba’zida ta’sir qilingan joydan uzoqroq sohada sinish paydo bo‘lsa, u bevosita sinish deyiladi.Travmatik sinish suyakka, uning qattiqligini eguvchi, mexanik kuch ta’sir qilish natijasida kelib chiqadi. Kuch ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra, bunday sinishlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) egilgan; b) to‘g‘ri urilgan (Shuningdek o‘q tegishidan shikastlanish nisbatan kamroq);
v) burilgan (rotatsiya); g) uzilgan sinishlar; d) kesilgan (kompressiya).
Patologik sinishlarning sabablariga suyakning har xil kasalliklari - osteomielit, o‘sma, siringomieliya, qon kasalliklari, irsiy kasalliklar, nerv sistemasining ayrim kasalliklari, Shuningdek, moddalar almashinuvi sabab bo‘ladi.
Travma bu hollarda ikkilamchi bo‘lib, bemor to‘satdan burilganda, o‘rnidan turganda yoki krovatda yotganda ham o‘z-o‘zidan ro‘yobga kelishi mumkin.
3.Sinishlar ochiq va yopiq bo‘ladi.
Yopiq sinish deb, teri butunligi buzilmagan holda ro‘y beruvchi suyak va atrofdagi to‘qimalarning shikastlanishiga aytiladi.
Ochiq sinishlarga jarohat hosil bo‘lgan, teri butunligi buzilgan holda ro‘y beruvchi shikastlar kiradi.Teri butunligi travma keltirib chiqaruvchi agent ta’sirida yoki suyaklar sinishi bilan buzilishi mumkin. Ochiq sinishlar asoratli sinishlarga kiradi.
4.Sinishlar to‘la, to‘la bo‘lmagan va suyak yorilishlariga bo‘linadi.
Suyakning to‘la sinishida suyak butunligi to‘la buziladi, to‘la bo‘lmagan sinishda suyakning bir qismigina zararlanadi, suyak yorilganda qismlarga ajralmagan zararlanish ro‘yobga keladi. To‘la bo‘lmagan sinishlarga, masalan, ko‘pincha bolalarda uchrovchi subperiostal sinishlar kiradi, unda suyak singan bo‘lsa-da, suyak pardasi yirtilmadi («yashil novda» tipidagi sinish), butunligicha qoladi; kalla suyagi asosining sinishi, kalla suyagi qopqog‘i va ichki palastinkasining sinishi ham farq qilinadi.
5.Nayzasimon suyaklarning sinish sohasiga qarab, diafizar, metafizar va epifizar sinishlar farq qilinadi. Metafizar sinishlarda suyakning (galvirak) metafiz qismi zararlanadi, bu holda suyakning periferik va markaziy qismi bir-biriga ilinib yoki jipslanib qolishi kuzatiladi (jipslashgan yoki qoqilgan sinish). Bunday suyak sinishlarda ko‘pchilik sinishlarga xarakterli bo‘lgan g‘ayritabiiy harakatlar, suyaklar krepitatsiyasi, paypaslab qurilganda siljib ketgan suyakning singan qismlarini aniqlash simptomlari bo‘lmaydi. Agar sinish chizig‘i bo‘g‘imga kirsa, bo‘g‘im ichi (intraartriqo‘lyar) sinishi deyiladi.Balog‘atga yetmagan yoshlarda shikastlar ta’sirida epifiz uzilishi - epifizioliz vujudga kelishi mumkin.Epifizlar sinishida ko‘pincha bo‘g‘imga yaqin qismining chiqishi kuzatiladi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish