6.Sinish yo‘nalishiga qarab, ko‘ndalang, uzunasiga, qiyshiq, vintsimon va parchalangan suyak sinishlari farqlanadi. Sinishlarda bitta suyakning yoki bir necha suyaklarning ko‘p joyidan zararlanishi mumkin. Shuni hisobga olib, sinish yagona va ko‘p sonli sinishlarga bo‘linadi.
7.Suyak sinishlari oddiy, asoratli, murakkab va kombinatsiyalangan bo‘ladi. Asoratli sinishda uzilgan va urilgan zararlanishlar bo‘lib, suyak siniqlari bilan qon tomirlari, nerv tolalari shikastlanadi, siniqlar orasida yumshoq to‘qimalarning kirib qolishi - interpozitsiya hili, ko‘pgina organlarning zararlanishi (tos suyagi singanda yo‘lining shikasti), yaqindagi bo‘g‘im chiqishi, ochiq sinishlarda infeksiyaning taraqqiyoti; kombinatsiyalashgan sinishlarda, masalan, son suyagi sinishining quyish bilan uchrashi; murakkab sinishlarda esa baravariga zararlanish organizmning, a’zo va ayrim qismlarining shikastlanishi, masalan, boldir suyaklarining sinishi, perenximatoz organlarning yorilishi - taloq, jigar (politravma). Singan suyak qismlarining siljishi. Suyak siljishi yoki siniqlar o‘z joyini o‘zgartirishi (dislokatsiya) travma paytida uning kuchi ortiqligi, spastik qisqargan mushaklar yoki suyaklarning og‘irligi ta’sirida ro‘yobga keladi. Suyak siniqlari siljiganda siljib ketgan suyak sinishi, agar suyak siniqlari o‘z joyida qolsa, dislokatsiyasiz - siljimagan sinish deyiladi. Suyak siniqlarining quyidagicha siljishlari kuzatiladi:
1.Uzunasiga siljishi.
2.Yon tomonga siljishi.
3.Burchak hosil qilib siljishi.
4.Siniq qismlarning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiquvchi periferik siljish (rotatsion siljish).
Odatda, uzunasiga siljish mushaklarning reflektor qisqarishi natijasida bir-biriga nisbatan siljiydi.Mushaklar va paylarning uzilishi natijasida singan parchalar bir-biridan uzoqlashadi.Naysimon uzun suyaklar bo‘g‘im yaqinida sinadigan bo‘lsa, qoqilgan sinishlar kuzatiladi, ularda suyak fragmentlari kam siljiydi.Suyak siniqlarining birlamchi va ikkilamchi siljishi kuzatiladi. Birlamchi siljish travma (shikast) paytida ro‘yobga keladi. Ikkilamchi siljish esa suyak parchalari bir-biriga to‘g‘ri kelmaganda, davolashdagi taktik xatolarda (skeletdan tortishni va kompression-distraktsiya apparatini erta olish, ularni noto‘g‘ri qo‘yish, gips bog‘lamlarini tez-tez o‘zgartirib turmaslik, almashtirish, zararlangan qo‘l-oyoqqa hali suyak qavarigi bo‘lmasdan turib harakat qildirish) yuz beradi.Suyak sinishida birinchi yordam.Birinchi yordamdan maqsad, singan joyga osoyishtalik berish, ya’ni siniqlarni qimirlatmaslik va og‘riqni qoldirish, shuningdek ochiq sinishlar uchun infektsiyaning oldini olish, qon ketishini to‘xtatish hisoblanadi.To‘g‘ri va bilib ko‘rsatilgan birinchi yordam, travmatik shokning profilaktikasi ham hisoblanadi.Ochiq sinishlarda ketayotgan qon to‘xtatiladi, jarohat atrofi ustidagi teri dezinfektsiya qilinadi, bog‘lam qo‘yiladi.Immobilizatsiya uchun transport shinalaridan yoki o‘rnini bosuvchi qotirish vositalaridan foydalaniladi.Shinani shikastlangan qo‘l-oyoqqa qo‘yiladi, buning uchun albatta yaqin oradagi ikkita bo‘g‘im fiksatsiya qilinishi lozim (yelka va son suyaklari singanda uchta bo‘g‘im qotiriladi). Umurtqa pag‘onasi, tos suyaklari singanda bemorning transportirovka qilish uchun mahsus birlashtiruvchi shitlardan foydalaniladi.Birinchi yordam berishda singan joyni immobilizatsiya qilish uchun shina o‘rnini qoplovchi materiallardan, masalan, karton, faner, taxtacha kabilardan foydalaniladi, harbiy dala sharoitida yaralangan kishining shaxsiy qurolini ham ishlatsa bo‘ladi (avtomat, karabin va b).Qisman fiksatsiyani bajarish uchun sog‘ qo‘l-oyoqlarni ham ishlatsa bo‘ladi.Agar birinchi yordamni tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan kishilar bajarsa, bemorga tabletka dori (og‘riq qoldiruvchi) berishi lozim. Harbiy-dala sharoitida o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam berishda shikastlangan odam shaxsiy aptechkadan shpris-tyubik orqali og‘riqsizlantiruvchi preparatlar oladi. Birinchi yordam travmatik shokning oldini olishga ham qaratilgan bo‘ladi. Ixtisoslashtirilgan yordamning umumiy shartlari:Singan suyakni davolashning asosiy maqsadi uning anatomik butunligini tiklashdir.Davolash usullarining (operativ, qonservativ yoki qo‘shma) qaysi biri tanlanmasin, albatta davolashda to‘rt amalga rioya qilish: repozitsiya, immobilizatsiya yoki fiksatsiya, funksional davolash, suyak qadog‘i hosil bo‘lishini rag‘batlantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |