6
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etilad
Fuqarolik jismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir.[1] Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi
Jismoniy shaxs (fuqarolik huquqida) — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi boʻlgan alohida fuqaro (chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)ni ifodalovchi tushuncha. U jamoaviy tuzilma boʻlgan yuridik shaxstya farq qiladi: J. sh. bevosita oʻz nomidan ish yuritadi — faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma — tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishi shart emas,
Yuridik shaxs — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va shaxslar.
Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi
Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umum majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi.
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo
Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi.
Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan
Huquqiy munosabatlar — huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar.
28
Ijtimoiy ish — bu odamlar va ijtimoiy guruhlarga qoʻllab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish orqali shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishda yordam berishga qaratilgan professional faoliyat. U yolgʻiz nafaqaxoʻrlar va nogironlarga yordamni ham, shuningdek, qiynalgan bolali oilalar, uysizlar, giyohvandlar, aroqxoʻrlar va ruhiy kasallarga yordamni ham oʻz ichiga oladi.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi.
Nafaqa — muhtoj odamlarga davlat, korxona, muassasa va ayrim shaxslar tomonidan beriladigan yordam puli. Oʻzbekiston Respublikasida mehnat stajiga koʻra beriladigan pensiyadan farqli holda N. davlat tomonidan, asosan, bolalikdan nogiron, yolgʻiz qariya va yolgʻiz nogironlarga, mehnatga vaqtinchalik qobiliyatsizlarga, homilador va tuqqan ayollarga, 3 yoshgacha boʻlgan bolalari tarbiyasi bilan band boʻlgan ayollarga, isheizlarga, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga va boshqa beriladi
Tez tibbiy yordam - inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifohonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi.
Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |