Jismoniy madaniyat kafedrasi


Mukammal o‘rgatish bosqichi



Download 0,59 Mb.
bet6/11
Sana26.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#511760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mamatkulova Nilufar Kurs ishi 26.02

Mukammal o‘rgatish bosqichi

Bu o‘rgatish bosqichi oldida turgan maqsad ilgari hosil qilingan qo‘pol malakani aniq, butun qismlarigacha qayta ishlab chiqilgan malaka darajasiga yetkazishdan iboratdir. Mukammal o‘rgatish jarayonida harakatni shu darajada aniqlash kerakki, natijada ko‘nikma borib-borib mukammal harakatni bilib olish malakasiga aylansin. Dastlabki o‘rgatish ko‘proq harakat texnikasi asosini o‘rgatishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu asos mukammal o‘rgatiladi va uning detallari aniqlashtiriladi.


Mukammal kuch bosqichi murakkab harakat akti alohida amallarining vaqtga oid, fazoviy va kuch xususiyatlarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Alohida harakat reflekslarini va umuman ularning tizimini aniqlash bu jarayonning fiziologik mexanizmi hisoblanadi. O‘tkazilgan juda ko‘p tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, harakat ko‘nikmalarining hosil bo‘lishi to‘lqinga o‘xshab sodir bo‘ladi: ko‘nikmaning yaxshilanishi harakatni bajarishda yomonlashishi bilan almashinadi. Harakat ko‘nikmasini takomillashtirish natijasida harakatning dinamik stereotipi vujudga keladi va bu stereotip harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi asosida mustahkamlanadi. Miya po‘stlog‘ida yuzaga kelgan tizimli faoliyat harakat aktining bemalol bajarilishini ta’minlaydi.
Mukammal o‘rgatish bosqichining muddati har xil bo‘lishi mumkin. Bu harakatli mashq tuzilishining qanchalik murakkabligiga, o‘rganuvchining umumiy va maxsus jihatdan qanchalik tayyorligiga, hatto ta’sirlanishlarning qanchalik barqarorligiga, asab faoliyatining ishiga bog‘liqdir. Bu bosqichning cho‘zilib ketishiga tug‘ma avtomatlashganlik va himoyalanish ta’sirini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘nikma va qiyinchiliklardan salbiy ta’sirlanish hodisalari ham sabab bo‘lishi mumkin.
Mukammal o‘rgatish bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o‘rgatilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish;
2) o‘rgatilayotgan harakat texnikasi qismlarini aniq bilib olishga erishish;
3) harakat amallarini to‘laligicha aniq, erkin va bir-biridan uzmay bajarishga erishish.
Bu bosqichda harakat amali texnikasining asosiy variantini o‘zlashtirish davom ettiriladi. Agar zarur shart-sharoit mavjud bo‘lsa, o‘rgatilayotgan harakatni murakkab variantini bajarishga urinish juda foydali bo‘ladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish