Salomatlik darajasi.
Odamning salomatligi unda kasallikning yaqqol ko`zga tashlanib turgan belgilari yo`qligi bilangina emas, balki chiniq-qanlik darajasi, turli xil noqulay ta`sirlarga chidamliligi, organiz-mini funksional bardoshliligi ko`rsatgichlari bilan ham belgilanadi.
Salomatlikni miqdoriy jihatdan baholash uch darajadan iborat:
1. Salomatlikning birinchi darajasida odamda maxsus tibbiy tavsiyalarga ehtiyoj bo`lmaydi.
2. Salomatlikning ikkinchi darajasida odam o`z sog`lig`i bo`yicha mutaxassis shifokordan tegishli maslahatlar olishga zarurat his etadi.
3. Salomatlikning uchinchi darajasida odam o`z sog`lig`i bo`yicha chuqur tibbiy tekshiruvlar o`tkazish va shifokordan tegish-li tavsiyalar olishga majbur bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aho-li sihat-salomatligini muhofaza qilishga yo`naltirilgan qarorlari.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi sharofati bilan xalq sog`lig`i, birinchi navbatda ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilishga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-mod-dasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deyilgan. Yurtimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bo`lgani kabi sog`liqni saqlash tizimida ham islohotlar o`tkazildi.
“Sog`lom avlod uchun” xalqaro jamg`armasi tashkil etilib, birinchi va ikkinchi darajali “Sog`lom avlod” ordenlari ta`sis etildi. “EKOSAN” fondi tashkil topdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil, 3-dekabrdagi 588-sonli qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturda odam sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda har bir fuqaro sog`lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil, 15-fevraldagi 46-sonli qaroriga muvofiq “Sog`lom avlod” Davlat dasturi tasdiqlandi. U 2000-yildan boshlab ko`p yillar da-vom etadigan tadbirlarni o`z ichiga oladi. Uning mazmuni mamla-katimiz aholisi, ayniqsa bolalar, o`smirlar va tug`ish yoshidagi ayollar sog`lig`ini muhofaza qilish, ularda sog`lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yanada yaxshilash va muntazam ravishda takomillashtirishdan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil, 5-fevraldagi qarori bilan “Ona va bola” Davlat dasturi tasdiq-landi. “Sog`lom avlod” Davlat dasturining mantiqiy davomi hisob-lanadi. Ushbu dasturda ona sog`lig`ini mustahkamlash, sog`lom oilani shakllantirish, sog`lom bola tug`ilishini ta`minlash, bolani jismoniy va ma`naviy tarbiyalashda oilaning ma’suliyatini oshi-rishga asosiy e`tibor qaratilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil, 25-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Sihat-salomatlik yili” davlat dasturida quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- odamlarda bebaho boylik bo`lgan o`z sog`lig`ini saqlashga ma’suliyatli munosabatda bo`lish;
- yoshlarni zararli odatlar (chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, giyohvandlik kabi)lardan himoya qilish;
- sog`lom bo`lishga, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg`un kamol topishga intilishga yo`naltirilgan hayotiy falsafani har bir odamda shakllantirish;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish;
- ona va bola sog`lig`ini mustahkamlash;
- tibbiy madaniyatni oshirish;
- har bir oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish;
- jismonan baquvvat farzandlar tug`ilishiga va ularni barkamol qilib tarbiyalashga erishish;
- aholining ayniqsa, qishloq joylarda yashaydigan aholining gigiyena sohasidagi bilimlari va madaniyatini oshirish, sanitariya va shaxsiy gigiyena qoidalarining ahamiyati hamda ularga rioya etish zarurligini yosh avlod chuqur anglab yetishida ota-onalar va peda-goglar ma’suliyatini oshirish;
- giyohvandlikka, yuqumli kasalliklar, ayniqsa sil kasalligi va OIV/OITS tarqalishiga qarshi kurash bo`yicha aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- nafaqaxo`rlar va nogironlar salomatligini mustahkamlash, ularga tibbiy, sanatoriya-kurort va kommunal-ma`ishiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash;
- tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
- aholi keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishini, ayniqsa, bolalarni sportga jalb etishni faollashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR.
Jismoniy tarbiya metodikasi. (V.M.Kachashkin).
Gigiyena fizicheskogo vospitaniye. (Ya.S.Boypbaun).
3. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |