Жисмоний тарбия гигиенаси



Download 87 Kb.
bet1/5
Sana24.06.2022
Hajmi87 Kb.
#698218
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Жисмоний тарбия гигиенаси


Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sport tibbiyotini tashkillashtirishda jismoniy tarbiya gigiyenasi
Reja:



  1. Kirish qismi.

A) Jismoniy mashqlarning gigiyenik ahamiyati

  1. Asosiy qism.

A) Gigiyenik qoida nima va unga qo’yiladigan talablar.
B) Kiyinish gigiyenasi.
V) Mashqlar bajarishdagi gigiyena.
G) Gigiyena sog’liq haqidagi fan

Jismoniy tarbiya darslarida gigiyena qoidalarining tarbiyaviy va ilmiy roli.


Har qanday jismoniy mashg’ulot gigiyena talablariga rioya qilgan holda o’tkazilishi lozim bo’ladi. Bu talablar quyidagilar:

  1. Mashg’ulotlar joyining gigiyenik jihatdan mos bo’lishi.

  2. Tegishli jixozlar.

  3. Maxsus ust-bosh va oyoq-kiyimining mavjudligi.

Jismoniy mashg’ulotlar xavo haroratiga qarab ochiq havoda ya’ni stadionda, maktab sport maydonchasida, qishloq joylarida, o’rmon va parklarda o’tkaziladi. Iflos, chang maydonchalarda va axlatxonalarga yaqin bo’lgan joylarda mashg’ulot o’tkazih aslo mumkin emas. Shuningdek, jismoniy mashg’ulotlar olib boriladigan binolarda ham ushbu talablar qo’yiladi:
1. Tozalik. 2. Toza havo. 3. Temperatura
O’quvchilarning sport formalarini kiyib olishlari uchun alohida xonalar ajratiladi va u yerda o’qituvchi yoki mashg’ulot rahbari doimiy ravishda tartib o’rnatib turadi.
Gigiyenik talablar jixozlar va inventarlarga ham taalluqlidir. Ular birinchi navbatda shug’ulanuvchilarning yoshtga xajmi va vazni jixatidan mos tushishi kerak (to’ldirma to’plamlar, gimnastika tayoqchalari, arg’amchilar va boshqalar).
Har bir o’quvchining jismoniy mashg’ulotlar uchun maxsus ust-bosh va oyoq-kiyimiga ega bo’lishi ham gigiyenik talab hisoblanadi. Bu kiyimlardan faqat sport mashg’ulotlarida foydalaniladi. Jismoniy mashg’ulotlardan keyingi suv prosedurasi salomatlik uchun katta axamiyatga ega. Bularni uy sharoitida to’la bajarish mumkin va maktabda ham uyushtirilgan jismoniy mashg’ulotlardan so’ng amalga oshirsa bo’ladi. Bunda sochlarni tozalab yuvish, badanni iliq suvda, so’ng sovuq suvda chayish tavsiya qilinadi. Yuvinib bo’lgandan keyin badanni xo’l sochiq bilan, so’ng quruq, yumshoq sochiq bilan artish maqsadga muvofiqdir. Artinayotgan paytda sochiqdan to’g’ri foydalanish ham katta axamiyatrga ega chunki teri tozza bo’lsa, tanadagi nafas olish teshikchalari ochiladi. Qomatni to’g’ri tutish deganda gavdaning odamdagi holati tushuniladi. qomatni to’g’ri tutish quyidagilar bilan harakterlanadi:

  1. Gavda va boshning to’g’ri tutish.

  2. Ko’krak qafasining kerilgan bo’lishi.

  3. Baravar turgan yelkalarning orqaga tashlanganligi.

  4. Umurtqaning normal, tabiiy egilganligi.

  5. Oyoqlarning son va tizza bo’g’inlarida to’la rostlanishi.

Qomatning buzilishiga har hil kasalliklar ayniqsa uzoq davom etuvchi kasallikdar sabab bo’ladi. Ammo boshqa sabablar ham kishi qomatini buzib qo’yishi mumkin. Masalan; ish paytida gavdani noto’g’ri tutish, sumka yoki portfelni doim bir qo’rda ko’tarib yurish va xokazo. Qomatning barcha buzilishlari nafaqat gavdaning tashqi ko’rinishini bo’zadi, balki organizmni to’g’ri ishlashiga ham halaqit beradi. Qomatni sal buzilishlari jismoniy tarbiya va jismoniy mashqlar orqali bartaraf qilinadi. Shuning uchun har bir kishi sport bilan shug’ullanib borishi lozim. Kishining to’g’ri, chuqur nafas olishi bu burun orqali nafas olishdir. Bunda sovuq havo isiydi, changlardan tozalanadi, burunning shilliq pardasidan ajraladigan suyuqlik havoda mavjud mikroblarni o’ldiradi.
Sog’liqni saqlash uchun to’g’ri nafas olishga burun orqali chuqur, bir tekis, ritmik nafas olishga sobot bilan odatlanish zarur. To’g’ri nafas olishga quyidagi maxsus nafas olishlar, ya’niy mashqlar o’rgatiladi:

  1. O’tirgan yoki turgan holatda chuqkr nafas olish va nafas chiqarish.

  2. Qo’l panjalari ensaga qo’yilgan holatda.

  3. O’tirgan yoki turgan holatda yelkalarni sekin ko’tarish, nafas olish, yelkalarni tushirish, nafas chiqarish. Nafas olish mashqlari gigiyenik gimnastika fizkultura daqiqalari. Odatdagi sharoitda ham to’g’ri nafas olishni unutiamlik kerak. Qomatning nafas olishga bevosita ta’sirini xech qachon unutmaslik kerak. Chiniqish deganda organizmning iashqaridan bo’ladigan turli zararli ta’sirlariga, avvalo sovuqqa, issiqqa, quyoshning kuchli radirsiyasiga qarashliligini asta sekin oshib borishi tushiniladi, organizmning chiniqishi shamollash va yuqumli kasalliklar, xususan grippning infeksiyasini bartaraf etishga yordam beradi. Chiniqishning asosiy sharti havo, quyosh vannasi, suv proseduralari kabi tadbirlarni organizmga izchil, uzoq vaqt davomida ta’sir qilishidir. Turmushda har kungi chiniqish katta ahamiyatga ega. Ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, xonada mos haroratni saqlash, yoshlikdan boshlab toza qavoda va sovuq suvga ko’niktirish juda, issiq kiyinmaslik, shaxsiy gigiyenaga og’ishmay amal qilish – bularning hammasi sog’liqni mustaxkamlash va organizmning tashqi muhitni noqulay ta’siriga umumiy barqarorligini oshirishga yordam beradi.




Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish