Jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayinlash vaqtida sudya qabul qiladigan


Sudlovga tegishlilik va uning turlari



Download 28,13 Kb.
bet4/4
Sana13.07.2022
Hajmi28,13 Kb.
#788717
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmad JPK

Sudlovga tegishlilik va uning turlari


Sudlovga tegishlilik – muayyan sudning yoki muayyan bo‘g‘in yoxud darajadagi sudlarning biron-bir toifadagi jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudi tariqasida ko‘rib chiqish vakolatidir. Biroq, jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi haqida gapirganda, odatda ishning jinoyat ishi qaysi sudda va ushbu sudning qanday tarkibida ko‘rib chiqilishi haqidagi masala hal qilinishiga imkon beradigan xususiyatlari yoki belgilari nazarda tutiladi. Sudlovga tegishlilikni aniqlash jinoyat ishi qaysi sudda va qanday tarkibda ko‘rilishini aniqlash demakdir.
Predmetli (turga oid), hududiy va shaxsga oid sudlovga tegishlilik farqlanadi. Predmetli sudlovga tegishlilikni aniqlashning umumiy prinsipini quyidagicha ta'riflash mumkin: tuman (shahar) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining sudloviga yuqori turuvchi va harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlardan boshqa barcha jinoyat ishlari tegishlidir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlarining ro‘yxati JPK 389- moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan.
Mamlakatimiz Oliy sudining sudloviga juda murakkab va muhim bo‘lgan jinoyat ishlari tegishlidir.
Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yuqori sud quyi sud sudloviga tegishli har qanday jinoyat ishini birinchi instansiya sudi tariqasida o‘zi ko‘rish uchun olishga haqlidir (JPK 390-m.).
Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda ko‘riladi. Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, ishni dastlabki tergov tamom bo‘lgan hududdagi sud ko‘radi.
Uzoqqa cho‘zilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli bo‘ladi (JPK 391-m.).
Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, ishni dastlabki tergov qaysi hududda tamomlangan bo‘lsa, shu hududdagi sud ko‘radi. Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo‘lsa, bunday ishlarni yuqori sud ko‘radi.
Agar ish bo‘yicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ishlarni harbiy sud ko‘radi (JPK 392-m.).
Jinoyat ishi to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rilishini ta'minlash maqsadida, ishni yuqori sud raisining qarori bilan bir suddan boshqa sudga o‘tkazish mumkin. Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqal- pog‘iston Respublikasidagi sudga o‘tkazish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi hal etadi.
Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chog‘ida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, uni sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ishning o‘tkazilishiga faqat u sud majlisida ko‘rila boshlanguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida ma'lum bo‘lib qolsa va ishning holatlarini to‘liq tekshirishga zarar yetkazmaydigan bo‘lsa, sud ishni ko‘rishni davom ettiraveradi, aks holda sud uni sudlovga tegishliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi.
Sud o‘z majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususida ajrim chiqaradi. Yuqori sudning sud majlisida ko‘rila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi (JPK 393-m.).
Sudlovga tegishlilik xususida sudlar o‘rtasida bahs bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. JPKda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi lozim (JPK 394-m.).
Download 28,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish