Mavzu: Jinoiy ishlar Reja: Jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayinlash, uning vazifalari va ahamiyati
Jinoyat ishini sudda ko’rish uchun tayinlash vaqtida sudya qabul qiladigan
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash vaqtida sudya qabul qiladigan ajrim (qaror)
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichi ish sudga kelib tushgan paytdan boshlanadi.
Jinoyat protsessining jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichi quyidagi vazifalarni bajaradi:
har bir ish bo‘yicha shaxsni jinoyat protsessida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilishning qonuniyligi va asoslan- ganligini tekshirish;
ishni sud majlisida ko‘rib chiqish uchun yetarli asoslar mavjud- ligini tekshirish;
mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan har bir ish bo‘yicha uni sudda o‘z vaqtida, to‘liq va har tomonlama ko‘rish uchun barcha zarur tashkiliy choralarni ko‘rish;
sudda ko‘rish uchun yetarli asoslar bo‘lmagan ishlarning bundan keyingi harakatiga, ya'ni qo‘shimcha tergovga yuborish, ish yuritishni tugatish yoki to‘xtatishga oid masalalarni hal qilish.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichidagi taftish (nazorat) asoslari ayniqsa dastlabki tergovda qonuniylikka rioya etilishini, surishtiruv va tergov organlari to‘plagan materiallarning to‘liqligini, sodir etilgan qilmishning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligini, zarur hollarda tegishli asoslar mavjud bo‘lganda, ishni tugatish va to‘xtatish huquqining amalga oshirilishini nazorat qilish – bularning hammasi sud faoliyatidagi muhim bo‘g‘indir. Biroq JPK 396- moddasining 1-bandida sudyaga sudlovga tegishlilik haqidagi masalani hal qilish vakolati berilgan, 404-moddada esa sudning jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi ajrimi yuzasidan shikoyat berish va da'vo qilish huquqi nazarda tutilgan bo‘lsa ham, sudlovga tegishlilik va ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi masala jinoyat- protsessual qonundan o‘rin olmay qoldi.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashning bosh vazifasi jinoyat ishlari bo‘yicha yuzaki ko‘rilgan jinoyat ishlarining va u yoki bu shaxsga asossiz ravishda ayb qo‘yilgan yoki boshqa jiddiy qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan ishlarning birinchi instansiya sudida ko‘rilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Ushbu bosqichda sudya ish bo‘yicha ifodalangan ayblovni tasdiqlash yoki, buning ustiga, uni mazmunan hal qilish vazifasiga ega emas. Bu bosqichda sudya ayblovning isbotlanganligi haqida, ayblanuvchining unga ayb sifatida qo‘yilayotgan jinoiy qilmishni sodir etganlikda aybdorligi haqida hech qanday, jumladan, dastlabki xulosalarni ham chiqara olmaydi. Uning vazifasi prokuror tasdiqlagan ayblovni sudda ko‘rish uchun qabul qilish yoki, boshqacha aytganda, jinoyat ishini muhokamaga tayinlash uchun barcha faktik, moddiy-huquqiy va protsessual shart-sharoitlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Sudya jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash chog‘ida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan umuman shug‘ullan- masligi kerak. Ushbu bosqichda sudya aynan daliliy materiallar hajmi bilan bog‘lab qo‘yilgan va qo‘shimcha materiallar (hujjatlar, ashyolar va boshqa faktik ma'lumotlar)ni talab qilishga haqli emas. Dalillar faqat ularning yetarliligi, maqbulligi va tegishliligi nuqtai nazaridan bahola- nadi. Sudya ayblov xulosasiga rozi bo‘lish yoki bo‘lmaslik, ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb topish, ishni sud majlisida ko‘rish uchun asoslarning yetarliligiga ishonch hosil qilish maqsadida, surishtiruv va dastlabki tergov organlari to‘plab bergan barcha dalillarni baholashi kerak.
Bundan tashqari, jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash ishni sud majlisida ko‘rishga nisbatan tashkiliy vazifani ham bajaradi. Odatda ushbu bosqichda yo‘l qo‘yilgan tashkiliy xatolar hukmning bekor qilinishiga olib kelmaydi, lekin ular sud muhokamasini ancha qiyinlashtirishi va ishni ko‘rib chiqish muddatini cho‘zib yuborishi mumkin. Bu, tabiiyki, butun sud faoliyatining samaradorligiga ta'sir etadi.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida hali muayyan shaxsga qo‘yilgan aybning isbotlanganligi haqida ham, jinoyat hodisasining o‘zi isbotlanganligi haqidagi masalaga ham ishonchli ravishda javob berish mumkin emas. Sudya jinoyat hodisasiga nisbatan, ish materiallaridan va qo‘yilgan aybdan kelib chiqib, ayblanuvchiga qo‘yilgan ayb jinoyat tarkibiga ega ekanligi yoki ega emasligi haqida hamda sud majlisida boshqa masalalar bilan bir qatorda ayblanuvchi unga ayb sifatida qo‘yilayotgan jinoiy qilmishni sodir etganligi ishonchli yoki ishonchli emasligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Sudya yoki sud tergov davomida ish bo‘yicha mavjud dalillarning ishonchliligi va yetarliligini tekshirganidan keyingina jinoyat hodisasi mavjudligi va sudlanuvchi aybining isbotlanganligi haqida xulosa qilishga haqlidir.
Tabiiyki, surishtiruv va dastlabki tergovning har tomonlamaligi, to‘liqligi va xolisligi haqidagi masalalarini jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash chog‘ida hal qilishga to‘g‘ri kelgan jinoyat ishlarining soniga qarabgina xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Biroq, agar ushbu bosqich orqali o‘tgan va ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlarining umumiy sonini sudda tugatilgan ishlar soni, shuningdek oqlov hukmlari va qo‘shimcha tergovga yuborilgan ishlar soni bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, jinoyat ishlarining asosiy qismi bo‘yicha sudyalardan dastlabki tergov sifati va u yoki bu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning to‘g‘riligi masalasida asosli shubha tug‘ilmaydi.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashda ishni sudda ko‘rish uchun qonuniy asoslarning mavjudligini sud tartibida nazorat qilish surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining faoliyatini yanada yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, umuman, qonuniylikning mustahkamlanishiga yordam beradi. Garchi jinoyat ishini sudga yuborishdan oldin prokuror tekshirsa-da, uning sud muhokamasiga jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida dastlabki sud nazorati tartibida ko‘rib chiqmay turib, bevosita sud muhokamasiga kiritish ishni mazmunan to‘liq, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga salbiy ta'sir etishi mumkin. Sudning jinoyat protsessidagi faolligi sudyalarning sud muhokamasi davomida sudlanuvchining aybdorligi va adolatli jazolanishi haqidagi masalaning mazmunan hal etilishidan avval qo‘yilgan aybning qonuniyligiga ishonch hosil qilish majburiyatini taqozo etadi.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash surishtiruv va dastlabki tergov yuritilishini sud darajasida tekshirishning muhim shakllaridan biri sudyaning yakka tartibda bunday tartibni o‘rnatishi ushbu bosqichni surishtiruv va dastlabki tergov organlari insonni jinoiy javobgarlikka tortish haqida chiqargan xulosalarning asoslanganligini sudda tekshirish akti deb tan olishni istisno etmaydi.
Jinoyat protsessining ushbu bosqichi sud faoliyatining chetlab o‘tish mumkin bo‘lmagan bosqichidir. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari tergov qiladigan barcha jinoyat ishlari, ayblov xulosasi tuzilib, uni prokuror imzolaganidan so‘ng ularni sudda ko‘rishga tayinlash haqidagi masalani hal qilish uchun sudga jo‘natiladi.
Ushbu bosqichdan avval keladigan dastlabki tergov bosqichida tegishli harakatlarni amalga oshirib, jinoyatni to‘liq ochish, aybdorni fosh etish, isbotlash predmetiga kiruvchi barcha holatlarni aniqlash zarur. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashdan keyin keluvchi sud muhokamasi bosqichida ish mazmunan ko‘rib chiqiladi, sudlanuvchining jinoiy javobgarligi va jazolanishi haqidagi masala hal qilinadi. Shu sababli jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichi, bir tomondan, dastlabki tergovga nisbatan nazorat bosqichi, boshqa tomondan, sud muhokamasiga nisbatan tayyorgarlik bosqichi hisobla- nadi. Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashning bevosita vazifasi esa boshqa bosqichlarning, jumladan, dastlabki tergov va sud muhoka- masi bosqichlarining o‘xshash vazifalaridan tubdan farq qiladi.
Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashning bosh vazifasi uni amalga oshirishning o‘ziga xos protsessual usullari, vazifalari, shuningdek jinoyat-protsessual faoliyat ishtirokchilarining protsessual holatlarini ham belgilab beradi. Bu vazifa sudyaning surishtiruv va dastlabki tergov yetkazib bergan barcha materiallarni, shuningdek protsess ishtirokchilaridan, jamoat birlashmalari va jamoalardan kelib tushgan iltimosnomalarni sinchiklab o‘rganishi va tahlil qilishi orqali bajarilishi mumkin.
Sudya qo‘yilgan aybning qonuniyligi va asoslanganligi haqidagi masala borasida kelgan xulosalar sud muhokamasida aybdorlik masalasi qanday hal qilinishini oldindan belgilab bermaydi. Dalillarning bevosita tekshirilmasligi amalda jinoyat-protsessual faoliyat ishtirokchilari doirasi ancha tor bo‘lishiga, shuningdek ularning ushbu bosqichdagi protsessual huquq va majburiyatlari cheklanishiga olib keladi. Ammo jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashda sudya, yangi ayblov faktik holatlariga ko‘ra ayblov xulosasida belgilangan aybdan keskin farq qilmagan taqdirda, ayblov xulosasidan ayblovning ayrim bandlarini olib tashlashi yoki yengilroq jinoyat haqidagi jinoyat qonunini qo‘llashi mumkin.
Ma'lumki, surishtiruv va dastlabki tergov organlarining pirovardida ayblov xulosasi shaklida ifodalangan xulosalari sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Lekin tergov vaqtida to‘plangan dalillar tergov davomida jinoyat-protsessual qonun talablari ish bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalarga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy buzilishlar yuz bermagan taqdirdagina protsessual salohiyatga va ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bois surishtiruv va dastlabki tergov vaqtida jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining talablariga rioya etilganligini sinchiklab tekshirish sudyaning jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlashdagi eng birinchi vazifasidir. Bunday tekshiruv mazkur tayinlashning tartibi deb nomlanuvchi maxsus taomil orqali amalga oshirilishi ham tabiiydir.