Jazo tayinlashning umumiy asoslari Jazoni yengillashtiruvchi holatlar



Download 215 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#319411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jazo tayinlash

Uchinchidan, jazo – O`zbekiston Respublikasi sudlov tizimining tarkibiy qismi – sudning hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor hisoblangan shaxsga nisbatanqo`llaniladigan chorasidir.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasida sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi, deb yozilgan. Konstitutsiyaning 26-moddasida esa jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniklanmaguncha u aybdor hisobanmaydi, deb ta`kidlanadi. Shundan kelib chiqib, shaxs fakat sudning ayblov hukmi bilan, aybdor deb topilishi mumkin; mazkur hukmning oqibati sifatida unga jazo qo`llanishi kerak.

Jazo tayinlashning umumiy asoslari, eng avvalo, jinoyat sodir etishda qonunning prinsiplari bilan bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-moddasida «Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart» , -deyiladi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-10-moddalarida jinoyat qonunining yettita prinsipi va ularning tushunchalari berilgan bo`lib, jazo tayinlash ana shu prinsiplarning har biri va barchasi bilan bevosita bog`liqdir. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida odillik prinsipining tushunchasi berilgan bo`lib, jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxsga nisbatan qo`llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi odilona bo`lishi, ya`ni jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo`lishi kerak, - deyiladi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldindani olish uchun zarur hamda yetarli bo`ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi qo`llanishi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning maqsadlariga erishishni nazarda tutadi.

Jazo tayinlashning umumiy asoslari sudning Jinoyat kodeksi Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlashning bir qator masalalarni e`tiborga olishni taqozo qiladi.

Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasining sanksiyasi doirasida jazo tayinlanadi, deganda nimani tushunish kerak?

Ma`lumki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi sanksiyalar alternativ sanksiya tariqasida berilgan bo`lib, sud jazo tayinlashda faqat ana shu sanksiyada ko`rsatilgan jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Bunda sud tayinlash uchun tanlagan jazo turining miqdori va muddati shu sanksiyada ko`rsatilgan doiradan tashqariga chiqmasligi kerak. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasining 2-qismida mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida, atrofdagilar uchun xavfli usulda; ko`p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa, eng kam oylik ish xaqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha mikdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi. Demak, bu sanksiyada uchta asosiy jazo ko`rsatilgan bo`lib, sud ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e`tiborga olib, shu jazolardan birini tanlab tayinlaydi. Agar jarimani tayinlasa, eng kam oylik ish xaqining ellik baravaridan kam va yetmish besh baravardan ko`p bo`lmagan miqdorda tayinlaydi. Axloq tuzatish ishlari tayinlansa, bu jazoning muddatini ikki yildan kam, uch yildan ko`p tayinlay oladi. Ozodlikdan mahrum qilishni esa besh yildan ko`p bo`lmagan muddatga tayinlay olmaydi. Ammo sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib, sanksiyadagi jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Shu holatlarga qarab, agar aybdor yetkazilgan moddiy zararni uch karra miqdorda o`z ixtiyori bilan qoplasa, sud sanksiyada ko`rsatilgan ozodlikdan mahrum qilishni tayinlamay, sanksiyadagi yengilrok jazoni tayinlashi mumkin.

Jazo tayinlash masalasiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham aloxida ahamiyat bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenum qarorining 1,2 bandida «Sudlar og`ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga muqaddam sudlanganlarga nisbatan qattiq jazo choralarini qo`llashi lozim. Bunda fukarolarning xayoti va sog`lig`iga tajovuz qilish, poraxo`rlik, giyoxvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar va qurollar tarqatish kabi, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni aloxida xavf tugdirishini nazarda tutishlari kerak. Shuning bilan birga og`ir jazo choralari Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa choralar orqali erishib bo`lmaydigan hollardagina tayinlashi mumkinligi ham e`tiborga olinishi kerak», -deyiladi.

“Jazoning samaradorligini oshirishni ta`minlovchi obyektiv sharoitlar buzilar ekan, har qanday jazo tizimidan ko`zlangan natijalarga erishilmaydi”1[127],-deb M.D.Shargarodskiy juda to`g`ri takidlaydi. Demak sud jinoyat uchun jazo tayinlaganda, eng avvalo, shu jazoning subyekt aybining darajasiga mosligi va uning aybdorni tarbiyalashdagi samarasini o`ylashi kerak. Ammo shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, jinoiy jazo qanchalik insonparvar bo`lmasin, aybdorga jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko`zlamaganligiga (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasi) qaramay, qo`rqitish xususiyati bo`lishi va, sodir qilgan jinoyatiga yarasha shaxsning moddiy, ma`naviy, huquqiy holatida muayyan keltirib chiqarishi kerak. Aks holda jinoiy jazoning ijtimoiy kasb etmagan bo`lar edi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1999 yil 14 mayda bo`lib o`tgan navbatdan tashqari Plenumida Oliy sud raisi U. K.Mingboyev sudlar ko`p hollarda asossiz ravishda, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga va ayollarga og`ir jazo choralarini qo`llayotganliklarini ta`kidlab; «Jazo turini tanlashda sudyaga o`z nuqtai nazarini chuqur va har tomonlama asoslab berish majburiyatini yuklovchi qonun talablari ham ko`pincha buzilmoqda. Aksariyat shu sababga ko`ra, asosiy jazo turi sifatida jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolar deyarli qo`llanilmaydi. Masalan o`tgan yilda (1998 yil nazarda tutilmoqda) umumiy sudlanganlardan faqat 8,3 foiz shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan holos»2[128], degan edi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasida Jinoyat kodeksi Umumiy qismining qoidalariga muvofiq jazo tayinlanishi xaqida yoziladi. JK Umumiy qismi qoidalariga muvofik jazo tayinlash deganda nimalar tushunilishi kerak?

Ma`lumki, Jinoyat qonuni Maxsus qismining moddalarini amalga tatbiq qilishining barcha qoidalari uning Umumiy qismida ko`rsatilgan. Maxsus qism normalarini ko`llashda Umumiy qism normalari yo`naltiruvchi va tartibga soluvchi normalar bo`lib hisoblanadi. Demak, Umumiy qismining normalari Maxsus qismning kaliti hisobanadi.

Jinoyat kodeksida Maxsus qism moddalariga tegishli bo`lmagan birorta modda yo`q. Masalan, Jinoyat kodeksining Maxsus qismida jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan bo`lsa, Umumiy qismida jinoyat tushunchasi (14-moddasi) berilgan; Maxsus qismida jinoyatlar uchun faqat jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo`lib, umumiy qismining 17-moddasida jismoniy shaxs, 18-moddasida aqli rasolik tushunchalari berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ko`pchilik moddalarida jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan qilinsa, deyilgan, ishtirokchilik tushunchalari esa, 27-30-moddalarida berilgan. Maxsus qism moddlarida jinoyat takroran, xavfli retsidivist, o`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa, deyiladi, ularning tushunchalari esa Umumiy qismining 32-34-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari sanksiyalarida muayyan doirada tayinlandigan jazo turlari nazarda tutilgan, jazo tayinlash qoidalari esa Umumiy qismining 57-63-moddalarida ko`rsatilgan va xokazolar. Bundan tashqari, Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilmagan, ammo jazo tayinlashda e`tiborga olinishi shart bo`lgan bir kancha jinoyat qonuni institutlari borki, bu institutlarda shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat deb topilib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladigan bo`lsa, Umumiy qismida nazarda tutilgan qoidalarning qo`llanilishining o`zi yetarlidir. Masalan, javobgarlik va jazodan ozod qilish ko`zda tutilgan moddalar, tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini ko`llash, sudlanganlik va uni hisoblash qoidalari fakat Umumiy qismda ko`rsatilgan. To`g`ri, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalarida ham javobgarlik va jazodan ozod qilish (masalan, 211-moddaning 4-qismi, 212-moddaning 4-qismi, 248-moddaning 4-qismi va xokazolar) ko`zda tutilgan. Ammo javobgarlik va jazodan ozod qilishning bu turlari faqat o`sha moddaning o`zi uchun tegishli, holos.

Umumiy qismdagi javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi moddalar umuman, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalariga ham tegishlidir,

Ma`lumki, sud jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida ko`rsatilgan jazo turlari va muddati doirasidan chetga chiqa olmaydi. Ammo ish holatlariga ko`ra, aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan modda sanksiyasi doirasida jazo tayinlansa, jazo adolatsiz bo`lib qoladi. Sud, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining 57-moddasida ko`zda tutilgan yengilrok jazo tayinlash qoidalarini qo`llab, yengilrok jazo tayinlashi ham mumkin.

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi masalasiga qonunda aloxida ahamiyat berilgan, ya`ni Jinoyat kodeksining Umumiy qismida aloxida bobda ajratib ko`rsatilgan. JK Maxsus qismi moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlarni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etganlik uchun aloxida javobgarlik belgilanmagan. Xatto, Maxsus qismi moddasining sanksiyasida ham voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turi va muddati aloxida ajratilib ko`rsatilmagan. Shunga muvofik voyaga yetmaganlarning jinoyati ham Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ammo jazo tayinlashda voyaga yetmaganlarning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning, sanksiyaning miqdori va muddatiga kelganda esa o`sha sanksiyada ko`rsatilgan miqdor va muddat doirasida jazo tayinlanmay, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 82-85-moddalarida ko`rsatilgan jazo turining miqdori va muddati doirasida tayinlanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilrok jazo tayinlash) qoidalariga murojaat qilinmaydi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenumi qarorining 1,7 bandida «Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning samadorligiga e`tibor berish lozim. Shu bilan birga og`ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganligi uchun ichki ishlar organlari hisobida turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda kat`iyatsizlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi»3[129], -deyiladi.

 


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish