Jazo tayinlashning umumiy asoslari Jazoni yengillashtiruvchi holatlar


Bir necha hukm yuzasida jazo tayinlash



Download 215 Kb.
bet8/8
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#319411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jazo tayinlash

Bir necha hukm yuzasida jazo tayinlash

 

Yukorida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash bilan bog`liq holatlarga to`xtalib o`tdik. Jinoyat qonunida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash bilan birga bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari ham mavjud. Ushbu institutlarni birga keltirishimizdan maqsad sudlar amaliyotida shunday holatlar ham mavjudki, bunda har ikki qoidani barobar tadbiq qilinishi ishni to`g`ri hal qilinishiga asos bo`lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, «A»ning jinoyat ishini olaylik, «A» firibgarlik jinoyati uchun ikki yilga axlok tuzatish ishlari jazosigahukm qilinib, ish xakining 15 foizi davlat foydasiga ushlab kolish tayinlangan. «A» ning ushbu jinoyat ishi bo`yicha hukm chiqarilgandan keyin uni yana boshqa jinoyatlarda aybdorligi aniklangan, jinoyatlardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga qadar boshqalari esa hukm chiqarilgandan sung sodir etilgan. Endi ushbu ish bo`yicha jazo tayinlash ham jinoyatlar jami uchun ham bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalarini tadbiq qilinishini nazarda tutadi. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofik quyidagi tartibda belgilangan.



Agar mahkum hukm chiqarilganidan keyin jazoni tula o`tamay turib, yangi jinoyat sodir etsa, sud yangi hukm bo`yicha tayinlangan jazo muddatiga ilgarigi hukm yuzasidan o`talmay kolgan jazo muddatini tula yoki qisman kushadi.

Bir necha hukm yuzasidan har xil turdagi jazolarni kushish yo`li bilan jazo tayinlashda ushbu kodeksning 61-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinib, jazoning og`irrok turi uzil-kesil tayinlanadi.

Bir necha hukm yuzasidan axlok tuzatish ishlariga yoki xizmat bo`yicha cheklashga hukm qilinib, ish xaki yoki pul ta`minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan holatlarda bu jazolarning fakat muddatlari qo`shiladi.

Ilgarigi hukm yuzasidan ijro etilmay kolgan qushimcha jazolar hukmlar jami tarikasida tayinlangan asosiy jazoga kushib tayinlanadi.

Yukoridagi qonunda kuzda tutilgan bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash qoidalari,. mahkum tomonidan birinchi hukm e`lon qilingandan sung , lekin hukm bo`yicha tayinlangan asosiy va kushimcha jazolar tula o`talgunga kadar yangi jinoyat sodir etilgan hollarda qo`llaniladi. Qonunga ko`ra mahkum tayinlangan jazoni ayrim sabablarga ko`ra o`tamagan bo`lsa, masalan, jazoni o`tashdan bo`yin tovlagan shartli hukm qilingan va JPK qoidalariga ko`ra jazoni ijro etish to`xtatib yoki kechiktirib quyilgan va boshqa sabablarga ko`ra umuman o`taman bo`lsa ham sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalari bo`yicha jazo tayinlaydi .

Jinoyat kodeksining 60-moddasida ko`rsatilgan hollarda sud yangi hukm bo`yicha ilgarigi hukm yuzasidan o`talmay kolgan jazo muddatini tula yoki qisman kushish yo`li bilan katyiy jazo tayinlaydi. Jinoyatlar jami tarikasida tayinlangan jazoning maksimal muddatini belgilovchi Jinoyat kodeksi Umumiy qismining moddalarida belgilangan doiralar bilan cheklangan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga nisbatan hukmlar jami tarikasida jazo tayinlashda maksimal doira fakat ozodlikdan mahrum qilish jazosi uchun belgilanadigan muddat bilan farq qiladi. 18 yoshdan oshgan vaktda jinoyat sodir etgan shaxslarga hukmlar jami tarikasida jazo tayinlanganda jazoning eng kup muddati 25 yil va 18 yoshgacha bo`lgan vaktda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 15 yilgacha muddatga tayinlanadi. Yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga o`talmagan jazoni qisman kushishda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil iyuldagi «Jinoiy jazo choralari tayinlash amaliyoti haqida»gi qarorining 2,8 bandida berilgan tushuntirishga asoslanish lozim. Unda:”Hukmlar jami tarikasidagi jazo o`z mikdori bo`yicha yangi sodir etgan jinoyat uchun tayinlangan jazodan ham oldindangi hukm bo`yicha jazoning o`talmagan qismidan ham ko`proq bo`lishi kerak», -deyilgan.

Jinoyat kodeksi 60-moddasida prinsipial ahamiyatga ega bo`lgan jazolarni kushish qoidasi belgilangan. Uning ahamiyati shundaki, o`talmagan jazoga yangi tayinlangan jazo emas, yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoga birinchi hukm bo`yicha o`talmagan jazo kushiladi va mahkum u sodir etgan barcha jinoyatlari uchun hukmlar jami tarikasida tayinlangan jazoni o`tashni boshlaydi. Agar aybdor hukm e`lon qilingandan keyin bir necha jinoyatlarni sodir etgan bo`lsa, sud avval jinoyatlar majmui tarikasida jazo tayinlab, unga oldindangi hukm bo`yicha o`talmay kolgan jazoni tula yoki qisman kushadi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni hukm bo`yicha tayinlangan jazoni yengillashtirishga ruxsat beradi (amnistiya, avf etish asosida Jinoyat kodeksining 74-moddasida ko`rsatilgan asoslarga ko`ra va boshqalar). Sud amaliyotida bu bilan bog`liq: «Jinoyat uchun tayinlangan jazoga kaysi jazoni kushish kerak – avvalgi hukm bo`yicha tayinlanganinimi yoki yengilroginimi?», degan savol paydo bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining yuqorida aytib o`tilgan qarorining 2,7 bandida: «Bunday holatlarda yangi sodir etilgan jinoyat uchun tayinlangan jazoga yengilrok jazoning o`talmagan qismi tula yoki qisman kushiladi»8[134], deb tushuntirish berilgan. Hukmlar jami tarikasidagi har xil turdagi jazolarni kushishda Jinoyat kodeksining 61-moddasida belgilangan qoidalar bo`yicha og`irrok jazo turi tayinlanadi.

Bir necha hukmlar yuzasidan axlok tuzatish ishlariga yoki xizmat bo`yicha cheklashga hukm qilinib, ish xaki yoki pul ta`minotidan ushlab kolishning har xil mikdorlari belgilangan hollarda bu jazolarning fakat muddatlari qisman yoki tula kushiladi. Avvalgi hukm bo`yicha tayinlangan, lekin ijro qilinmagan kushimcha jazolar hukmlar jami tarikasida tayinlangan jazoga kushiladi .

Bir jinoyati uchun (sudlanib) hukm chikkan, lekin hukm bo`yicha jazoni o`tamagan shaxs, birinchi hukm chiqqunga qadar boshlanib, hukm chiqqandan sung ham davom etgan surunkali va davomli jinoyat sodir etishda aybdor deb topilsa, ikkinchi hukm bo`yicha unga jazo tayinlashda sud Jinoyat kodeksining 60-moddasi qoidalariga rioya etishi lozim.



 

1[127] М.Д.Шаргородский “Наказание и его цели эффективности” // Изд. Ленинского Университета,1973 г.

2O’zR Oliy Sudining 1998 yil 28 dekabr, 1999 yil 30 aprel va 1999 yil 4 may oyidagi Plenumi Qarorlari. // Т:.1999 y., 33-bet.

3[129] O’zR Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet.

4[130] Курс Советского Уголовного право. (В 6 томах). // “Наука”, М:.1970 г., Том-3, Стр-136-137.

5[131] М.А.Скиябин “Общее начало назначения и наказания и их применения несовершеннолетним” // Изд. Казанского Ун-та, 1988 г., Стр-76.

6[132] Тoshkent viloyati Sudining arxiv materiallaridan. Т:.2003 y.

7[133] O’zR Oliy Sudi Plenumi Qarorlarining to’plami. 1991-1997 yillar. // “SHarq”, Т:.1997 y.

8[134][134] O’zR Oliy Sudi Plenumi Qarorlarining to’plami. 1991-1997 yil . // ”SHarq”,.Т:. 1998 y.


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish