Jazo tayinlashning umumiy asoslari Jazoni yengillashtiruvchi holatlar


Jazoni yengillashtiruvchi holatlar



Download 215 Kb.
bet3/8
Sana05.01.2022
Hajmi215 Kb.
#319411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jazo tayinlash

Jazoni yengillashtiruvchi holatlar

 

Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini ko`rishda eng avvalo jinoyat sodir qilish bilan bog`liq bo`lgan barcha holatlarini, uni sodir qilgan shaxsni, qilmishda jinoyat qonunida ko`zda tutilgan barcha belgilarning mavjudligini to`la va batafsil aniqlash, jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilish , qonuniylik va adolatlilik prinsipiga rioya qilishning asosiy shartidir. Jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlar ma`lum darajada qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilovchi mezon bo`lib ham hisoblanadi.



Quyida jazo tayinlashda e`tiborga olinadigan jazoni yengillashtiruvchi holatlarga to`xtalamiz:

a) aybni bo`yniga olish to`g`risida arz qilish, chin ko`ngildan pushaymon bo`lish yoki jinoyatni ochishga faol yordam berish;

b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;

v) og`ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;

g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramliligi sababli jinoyat sodir etish;

d) jabrlanuvchining zo`rlik, og`ir xakorati yoki boshqacha g`ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;

ye) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;

j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;

z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;

i) jabrlanuvchining g`ayriqonuniy yoki ahlokka zid xulq-atvori ta`siri ostida jinoyat sodir etishi.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning, bir tomonidan real xayotda ko`proq uchraydigan turlari va turli-tuman jinoyatlar sodir qilish uchun tipik bo`lgan holatlar olingan bo`lsa, ikkinchi tomondan, qonun chiqaruvchi organ jinoyat sodir etish va jinoyatchi shaxsiga jiddiy ta`sir qiladigan holatlarnigiga jazoni yengillashtiruvchi holatlar ro`yxatiga kiritgan.

Jinoyat huquqi nazariyasida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning roli xaqida yagona fikr mavjud emas. Ayrim mualliflar yengillashtiruvchi holatlar aybning darajasiga ta`sir qiladi desa, boshqa birlari sud tomonidan tayinlanadigan jazoni yengillashtiradi deb hisoblaydilar. Yana boshqalari esa yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlar qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilaydi, deb hisobaydilar. G. L. Kriger esa javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar faqat ayb darajasiga, jazo miqdoriga yoki sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasigagina ta`sir qilmasdan, balki javobgarlik va jazodan ozod qilishning muhim shartlari ham hisoblanadi»4[130], deb yozadi.

M. A. Skryabin esa javobgarlikni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlar jinoyat tarkibidan tashqaridagi holatlar bo`lib, sodir etilgan jinoyatga yoki jinoyat sodir etgan kishining shaxsiga bevosita yoki bilvosita tegishli bo`lib, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiradi, (yengillashtiruvchi holatlar) yoki oshiradi, (ogrilashtiruvchi holatlar) va javobgarlik va jazoga ta`sir qiladi»5[131], deb yozadi.

Yuqoridagi aytilganlardan ko`rinib turibdiki, yengillashtiruvchi holatlarning jinoyat-huquqiy ahamiyati xaqida yuridik adabiyotlarda turli fikrlar bildirilgan. Ularning barchasi yengillashtiruvchi holatlarni qilmish va aybdorning shaxsi bilan bog`lab tushuntirganlar.

Yengillashtiruvchi holatlarni tavsiflash masalalariga ham mualliflar turlicha yondoshganlar. M.A.Skryabin «Qonun jazo tayinlashda huquqqa xilof qilmish va jinoyatchi shaxsini xususiyatlovchi holatlarga ahamiyat beradi. Og`irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni quyidagicha ifodalashni taklif qiladi:

A) faqat jinoyatning o`ziga tegishli bo`lgan holatlar;

B) faqat aybdorning shaxsiga tegishli bo`lgan holatlar;

V) aybdorning shaxsiga va jinoyatga tegishli bo`lgan holatlar.

Bizning nazarimizda, yengillashtiruvchi holatlarni bunday tasniflash amaldagi Jinoyat kodeksidagi 55-modda ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holatlarga ham to`g`ri keladi. Masalan, voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi (JK 55-modda «j» bandi) va homilador ayolning jinoyat sodir etishi (JK 55-modda “z” bandi) faqat shaxsga tegishli bo`lgan yengillashtiruvchi holat hisobansa, majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatdan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir qilish faqat jinoyatga tegishli bo`lgan yengillashtiruvchi holat hisobansa, aybini bo`yniga olish to`g`risida arz qilish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish ham jinoyatga, ham shaxsga tegishli bo`lgan yengillashtiruvchi holat hisobanadi. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar faqatgina jazoni yengillashtirishning o`zi uchun asos bo`lmasdan, balki jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish uchun ham asos bo`lishi mumkin. Jumladan, chin ko`ngildan pushaymon bo`lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66-moddasi asosida javobgarlikdan ozod qilish yoki 71-moddasi qoidalariga ko`ra sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo`lmasligi yoki jinoyat uncha og`ir bo`lmasligi kerak. Agar sodir etilgan jinoyat og`ir yoki o`ta og`ir bo`lsa va JK 55- moddasining «a» bandidagi holat mavjud bo`lsa, sud yengillashtiruvchi holat deb jazo tayinlashi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida ko`rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning barchasi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir.



  1. 1.                O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatlar Jinoyat kodeksining Maxsus qismining moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning jinoyat tarkibidan tashqarida bo`lib, qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ta`sir qilmaydi, kvalifikatsiyani o`zgartirmaydi.

  2. 2.                Bu moddada ko`rsatilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi bo`yicha kvalifikatsiya qilish uchun zaruriy belgisi sifatida ko`rsatilgan bo`lsa, jazo tayinlash vaqtida yana 55-moddaga murojaat qilinmay o`sha moddaning sanksiya doirasida jazo tayinlanadi. Chunki qonun chiqaruvchi organ 55-moddada nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holatni Jinoyat kodeksi Maxsus qismida yengillashtiruvchi holat sifatida ko`rsatib, shunga muvofiq ravishda sanksiyani ham yengillashtirgan.

Masalan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasining «d» bandida «jabrlanuvchining zo`rlik, og`ir xaqorat yoki boshqacha gayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida jinoyat sodir etishi» - yengillashtiruvchi holatlardan biri sifatida ko`rsatilgan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 98-moddasida esa jabrlanuvchi tomonidan gayriqonuniy zo`rlik yoki og`ir xaqorat, shuningdek, uning boshqa g`ayriqonuniy harakatlari tufayli to`satdan yuz bergan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida qasddan odam o`ldirish – besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida qasddan odam o`ldirish uchun shu moddaning 1-qismida 15 yilgacha muddatga, 2-qismida 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o`lim jazosi bilan jazolanishi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 98-moddasida qasddan odam o`ldirish, lekin kuchli ruhiy xayajonlanish bu jinoyatning jinoyat tarkibi doirasiga zaruriy belgi sifatida kiritilganligi uchun yengillashtiruvchi holat hisoblanib, shu moddaning o`zida nazarda tutilgan.

Demak, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holat Maxsus qismning , barcha moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlar uchun Maxsus qismning muayyan bir moddasida ko`rsatilgan yengillashtiruvchi holat fakat shu moddaning o`zi uchungina ahamiyatlidir.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro`yxati kat`iy bo`lmay, sud jazo tayinlash vaktida bu moddada ko`rsatilmagan boshqa holatlarni ham ishdagi holatlarga karab yengillashtiruvchi holat deb hisoblashi mumkin. Masalan, davlat oldidagi katta xizmatlari, akliy rivojlanishining jismoniy rivojlanishiga nisbatan orqada kolib ketganligi va xokazolar ham yengillashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin.

 


Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish