Iqtisodiy tahlil va Audit fanidan mustaqil ish. Iqtisodiyot va Turizm fakulteti 3.1Iqt-19 guruh talabalari: Tangriyev.A Naimov.R Mavzu:Joriy aktivlar auditini tashkil qilish - Reja:
- 1:Joriy aktiv tushunchasining ta’rifi.
- 2.Joriy aktiv auditinig maqsadi.
- 3.Joriy aktivlar auditini tadbiq qilish.
Joriy aktivlar - bu kelgusi yil davomida standart biznes operatsiyalari natijasida sotilishi yoki ishlatilishi kutilayotgan kompaniyaning barcha aktivlari. - Joriy aktivlar - bu kelgusi yil davomida standart biznes operatsiyalari natijasida sotilishi yoki ishlatilishi kutilayotgan kompaniyaning barcha aktivlari.
- Joriy aktivlarga pul mablag'lari, ularning ekvivalentlari, debitorlik qarzlari, aktsiyalar zaxiralari, sotiladigan qimmatli qog'ozlar, oldindan to'langan majburiyatlar va boshqa likvid aktivlar kiradi.
- Joriy aktivlar korxonalar uchun muhimdir, chunki ular kundalik biznes operatsiyalarini moliyalashtirish va doimiy operatsion xarajatlarni to'lash uchun ishlatilishi mumkin.
Joriy aktivlar auditining maqsadi. - Joriy moddiy aktivlar auditining maqsadi - tovar-moddiy zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi, ularning mavjudligi va harakati shuningdek, ishlab chiqarishda foydalanish me’yorlariga amal qilinishi, moddiy resurslarni xo‘jalik faoliyatiga to‘liq safarbar qilish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektga zarur bo‘lmagan aktivlarni aniqlash.
Ko‘rsatilgan maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. - 1. Buxgalteriya balansida joriy aktivlarning to‘g‘ri aks
- ettirilishini.
- 2. Tovar-moddiy zaxiralar mavjudligi va saqlanishini.
- 3. Xo’jalik yurituvchi subyektning tovar-moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganligi hamda omborda hisobga olinishini.
- 4. Joriy moddiy aktivlar harakatiga doir boshlang‘ich
- hujjatlarning rasmiylashtirilishini.
- 5. Olingan tovar-moddiy zaxiralarni to‘liq, vaqtida kirim
- qilinishi va jarayonni buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettirilishini.
6. Joriy moddiy aktivlarni ishlab chiqarishga berilishini asoslanganligi va ularni buxgalteriya registrlarida to‘g‘ri olib - 6. Joriy moddiy aktivlarni ishlab chiqarishga berilishini asoslanganligi va ularni buxgalteriya registrlarida to‘g‘ri olib
- borilishini.
- 7. Tovar-moddiy zaxiralarni baholish usullari aniqlanishini.
- 8 . Hamkor xo‘jalik yurituvchi subyektlarga daval xomashyoni
- qayta ishlashga berilishi va boshqa joriy moddiy aktivlarni sotilishini to‘g‘ri huijatlashtirilishini.
- 9. Joriy moddiy aktivlar inventarizatsiyasini muddatida, to‘g‘ri
- o‘tkazilishini.
- 10. Tabiiy kamayish me’yoridan oshiqcha bo'lgan hamda
- baholarni pasayishidan ko‘rilgan yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishga asos hisoblangan bayonnomalar, boshqaruv qarorlari kabi hujjatlarni o‘rganish.
Ma’lumot manbai.... - Auditda zarur bo‘lgan ma’lumotlar balans, bosh kitob, buxgalteriya hisobi registrlari, boshlang‘ich hujjatlar(ishonchnoma,kirim orderi, materiallarni kirim qilish, kamomad va yo‘qotishlar, tabiiy kamayishlarga oid, ularni buzilishiga doir bayonnomalar va h.k.)dan olinadi.
Qayerdan boshlaymiz... - Tovar-moddiy zaxiralar auditini ombordagi moddiy boyliklar inventerizatsiyasini o‘tkazishdan boshlash maqsadga muvofiq.
- Bunda tovar-moddiy zaxiralar ombori hamda o‘lchov vositalarining holati va foydalanilishi, ularni olib kirish va chiqishi nazoratining samaradorligi, qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash qurilmalarining mavjudligi, moddiy javobgar shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar, but bo‘lmagan, buzilgan materiallaming mavjudligi, kirim va chiqimiga oid hujjatlami to‘g‘ri rasmiylashtirilganiga e ’tibor qaratiladi.
Baholash usullari... - Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatiga tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari albatta kiritilgan bo’lishi zarur.
- Xususan, tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha, AVECO, FIFO va boshqa usullar (xalqaro amahyotda LIFO usulidan ham foydalaniladi) qo‘llanilishi mumkin.
E’tibor qilish zarur.... - Bu jarayonda tayyor mahsulot auditiga ham alohida e’tibor qaratilishi zarur. Chunki tayyor mahsulotlar tovar-moddiy zaxiralar tarkibida salmoqli ulushga ega bo‘lib, uning o‘ziga xos jihatlari mavjud.
Tayyor mahsulotni baholashda hisob siyosatida nazarda tutilmagan usullardan foydalanish
Jo‘natilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)larni baholash usuli hisob siyosatida ko‘zda tutilgan usullarga mos kelmasligi
O‘zi ishlab chiqargan hamda daval hom-ashyodan tayyorlangan tayyor mahsulotni buxgalteriya hisobida to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri holda aks ettirilishi
Buxgalteriyada tayyor mahsulot harakati va jo‘natilishini
noto‘g‘ri hisobga olinishi kabi kamchiliklar uchraydi
So’ngi ish...... - Tovarlar hisobi auditida ham yuqorida ko‘rib o‘tilgan jihatlarga e’tibor qaratilib, ulgurji, chakana, savdo -vositachilik faoliyat turlari xususiyatlari hisobga olinishi zarur.
- Audit natijasida joriy moddiy aktivlar yuzasidan aniqlangan kamchiliklar xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi e’tiboriga yetkaziladi.
E‘tiboringiz uchun tashakkur! - Har nechuk ilmdan eshitsang bir so’z
- Uni tinmay o’rgan kechayu kunduz
- Abulqosim Firdavsiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |