Mamlakatimiz ibtidoiy va qadimgi davrining o’rganilishi
Eng qadimgi davr - odamning paydo bo’lishidan to jamiyatning sinflarga ajralishigacha bo’lgan uzoq davrni o’z ichiga olishi. Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi "Teshiktosh" makonidan Neandertalь tipidagi odam suyaklarining topilishi. Farg’ona vodiysidagi "Selung’ur" g’oridan olimlarimiz tomonidan (O’.Islomov rahbarligida) fan olamida mutlaqo yangi bo’lgan odam tipi - "Fergantrop"ning topilishi va uning jahonshumul ahamiyati. Mamlakatimiz hududidan topilgan boshqa makonlar. O’lkamizda urug’chilik tuzumi. Matriarxat (Ona urug’i) davri. Mamlakatimiz xududida patriarxat (Ota urug’i) davri. Metallning kashf etilishi. Ijtimoiy taraqqiyotda keskin o’zgarishlar. Sug’orishning kelib chiqishi. O’lkamizda sinfiy munosabatlarni, davlatchilikning shakllanishi. Baqtriya, Katta Xorazm, Qang’, Davan, Kushon davlatlari haqidagi ma’lumotlar.
"Avesto" yozuvlari, Behstun qoyatosh bitiklarining ahamiyati. Qadimgi davr xorijiy mualliflari (Geradot, Arrian, Kurtsiy Ruf, Polien, CHjan TSzyan va b.) asarlari («Tarix», «Aleksandr yurishlari», «Buyuk Iskandar tarixi» «Harbiy hiylalar», «Tarixiy yilnomalar» va b.) va ularning o’lkani o’rganilishidagi ahamiyati.
O’lkamiz o’rta asrlar va yangi davrining o’rganilishi
Mamlakatimiz hududida yer egaligi bilan bog’liq o’rta asrlar davriga doir tadqiqotlar. Ularning manbalarda aks etishi. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Osor ul-boqiya", Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig", Mahmud Qoshg’ariyning "Devoni lug’atit turk", Amir Temurning "Temur tuzukpari", Boburning «Boburnoma», Muhammad Solihning "SHayboniynoma", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma", Abulg’ozi Bahodirxonning "SHajarayi turk" va boshqa asarlar. Ularda o’lka va xalq hayotiga oid ma’lumotlarning yoritilishi.
O’lkamiz yangi davri tarixiga oid tadqiqotlar va manbalarning o’rganilishi.
Tarixiy o’lkashunoslik va turizmda etnografiyaning ahamiyati
Etnografiya - xalqning kelib chiqishi, rivojlanishi, urf-odati, an’analari bilan bog’liq xalqshunoslik fani ekanligi haqida. O’lkamiz hududida yashagan qadimgi xalqlar, qavm, qabila va elatlar haqida dastlabki ma’lumotlar. O’rta asrlarda o’zbek xalqining etnik rivojlanishi to’g’risida. O’zbeklar O’rta Osiyoning eng qadimgi xalqlaridan biri ekanligi. "O’zbek" so’zi - etnonimining kelib chiqishi va uning mohiyati. O’zbek xalqi urf - odatlari, o’zbek etnografiyasi fanining rivojlanishi. Mustaqillik davrida xalq qadriyatlariga e’tiborning oshuvi. Navro’z haqida. Tarixiy o’lkashunoslik fanini o’rganishda etnografiyaning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |