Qo‘shimcha adabiyotlar
Ўзбекистоннинг янги тарихи 1-2-3 қисмлар, Т., «Шарқ», 2000
Набиев А.С., "Тарихий ўлкашунослик", Т., “Ўқитувчи”, 1996
Ўзбекистон халқлари тарихи, акад. А. Асқаров таҳририда, 1-ИИ қисмларг Т., “Фан”, 1993,1994
Дўсимов Э., Эгамов Х. Жой номларининг қисқача изоҳли луғати
Набиев А.С. ва бошқа., Ўзбекистон тарихини ўқитишда етнографик материаллардан фойдаланиш, Т., “Ўқитувчи”, 1996
Нафасов Т. Ўзбекистон топонимларининг изоҳли луғати, Т. “Ўқитувчи”, 1988
Пугаченкова Г.А. Темурнинг меъморий мероси, Т., Қомус бош таҳририяти. 1996
Жабборов И. Ўзбек халки этнографияси, Т., “Ўқитувчи”, 1994
Кабиров.Ж., Сагдуллаев.А., Ўрта Осиё Археологияси, “Ўқитувчи”, 1990
Абдумаликов Р. Холдоров Т. Туризм: Олий ўқув юрти талабалари учун қўлланма. 2-нашр.
Саидов А.Ф. Ўзбекистонда туризм: истиҳбол ва муаммолари, Т.,”Меҳнат”, 1992. 168 б.
Ҳошимов М.А., Кучерявих В.И. Табиатнинг нодир сайргоҳлари, Т. “Меҳнат”, 1991.
Ўлжаева Ш. Музейшунослик. Т., “Университет”, 2002 й.
Раҳимов Ж. Ўзбекистон тарихини ўрганишда архив манбалардан фойдаланиш Т., “Ўқитувчи”, 1995.
13. Хўжамов М., Лафасов М.,Мулладжанова Р., Тарихий ўлкашунослик ва туризм, Т., “Мумтоз сўз”, 2011
Elektron ta’lim resurslari
www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.Ziyonet.uz
www.edu.uz
www.penhistory.ru/hist.htm; wikipedia.org
TАRIХIY O’LKАSHUNOSLIK VA TURIZM
Ma’ruza -1
1-modul.
MAVZU: «Tarixiy o’lkаshunoslik va turizm» fаnigа kirish. O’lkаshunoslikturlаri vа uning rivojlаnishi
Tarixiy o’lkashunoslik va turizm fanining predmeti: O’lka va xalq o’tmishini, uning eng qadimgi davrlardan to hozirga qadar ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishining eng muhim jihatlari, ya’ni: o’lkada ilk insoniyat manzilgohlari, turmush tarzi, urug’, qabila, elat va millatning etnomadaniy rivojlanishi, qishloq, shahar, davlatlarning shakllanishi va taraqqiyoti, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjoylar, ularning nomlari bilan bog’liq o’lka toponimikasini, turizmning rivojlanish tarixi va bugungi ahvolini, respublikamiz mustaqillikka erishuvidan keyin amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini o’rganish, tadqiq va targ’ib etishdan iborat.
Tarixiy o’lkashunoslik va turizm fanining maqsadi: O’lka tarixini chuqur o’rganish, o’quvchilarda uning merosidan fahrlanish tuyg’usini uyg’otish, qadriyatlarimizga sodiqlik, uni chet ellik sayyohlarga faxr bilan ayta olish ruhini singdirish va shular orqali Vatanga va xalqqa bo’lgan muhabbatni yanada oshirishga qaratilgan. SHuningdek xilqimiz tarixini, uning rivojlanib borishi jarayonlarini, muhim ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy va madaniy hayotga doir tafsilotlarini tushuntirish orqali ularda moziyga hurmat, istiqlol g’oyalariga sadoqat, bugungi mustaqillik bergan ozodlikni, huquqni qadrlash bilan bog’liq tushuncha va tuyg’ularni shakllantirishdan iborat.
Tarxiy o’lkashunoslik va turizm fanining vazifasi: Vatanimiz tarixini, uning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha bo’lgan davrini, joylardagi ma’naviy va moddiy yodgorliklarni arxeologik, etnografik, toponimik materiallar, arxivshunoslik, muzey eksponatlari va turizm nuqtai nazari orqali tadqiq va targ’ib etishdan iborat. SHu bilan birgalikda o’quvchi-talabalarda Vatanga muhabbat, o’zi tug’ilib o’sgan yurtga izzat va hurmat boshqa xalqlar qadriyatlariga nisbatan ehtirovni shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |