Javob : Internetda.
Savol : Anton Chexov u narsani doimo yonida olib yurgan, uning aksi o‘laroq Buninda unarsa umuman bo‘lmagan. U nima?
Javob : Yon daftar
Savol : XIX asrda germaniyalik Paul Shults ismli qassob ish qidirib Amerikaga borib qoladi.U har kuni kushxonadan qaytayotganida o‘zi so‘ygan mollarning ichaklarini o‘zi bilan birgauyiga olib kelib, ularning ichini har xil masalliqlar bilan to‘ldirib, iste’mol qilar edi. Shu tariqaShults uning ixtirochisiga aylanadi. U nimani ixtiro qilgan?
Javob : Sosiska.
Savol : Barchamiz turli sosiska turlarini bilamiz: mol go‘shtidan, qo‘y go‘shtidan, tovuqgo‘shtidan tayyorlangan va h. Sosiskalar ichida sutli sosiskalar xam bor. Ularga sut qo‘shiladimi,nima uchun ular shunday ataladi?
Javob : Sutli sosiskaga sut qo‘shilmaydi, albatta. Ularning bunday atalishiga sabab ular sut emib turgan cho‘chqa bolasining go‘shtidan tayyorlanadi.
Savol : Hindistonda har oyda ularga ma’lum miqdorda pul to‘lab boriladi. Bundan tashqari,ular bepul tibbiy xizmatdan foydalanishlari mumkin. Ular qarigan paytida xam davlatqaramog‘ida bo‘lishadi. Ular buning uchun davlat bilan shartnoma tuzishadi. Agar ularshartnomani buzishsa, ularni qamoq va jarima jazosi kutadi. Ular kimlar?
Javob : Hech qachon turmush qurmaslikka qaror qilgan insonlar.
Izoh : Hindistonda axoli soni keskin o‘sib borayotganligi munosabati bilan hukumat tabiiy o‘sishni shu yo‘l bilan kamaytirish maqsadida hohlovchilarga shunday shartnomani taklif qiladi.
Savol : Samyuel Jonson: «Qachonki ikkita angliyalik uchrashib qolsa, ularning birinchikalomi hamisha mana shu mavzudan boshlanadi» degan. Qaysi mavzudan?
Javob : Ob-havo xaqida.
Savol : A.S.Pushkin aytgan: «Ular ma’rifatning pochta otlaridirlar». Qaysi kasb vakillarihaqida shunday degan?
Javob : Tarjimonlar.
Savol : Rim huquqiga tartib va to‘plam beruvchi mashhur Yustinian kodeksida ularning sudjarayonidagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida farmon bor. Unda shundaydeyiladi: «Ular guvoh emaslar,ular guvohlardan ham, hatto sudyalardan ham yuqoridirlar». Ularkimlar?
Javob : Vrachlar.
Savol : Arab alximigi Jobir (Geber) tomonidan VIII asrda kashf qilingan modda Rim papapsi Aleksandr VI ning o‘g‘li, XVII asrda yashagan Teofaniya di Adomaga juda qo‘l keladi va ushbu kashfiyot yordamida «akva tafana» nomli suv tayyorlaydi. U bu suvdan g‘arazli maqsadda foydalanadi.Siz menga uning bu suvdan nima maqsadda foydalanganini emas, o‘sha moddaning nomi nima ekanligini ayting.
Javob : Margimush.
Savol : Bu so‘z ikki yunon xudolari: Germes (erkak) va Afrodita (ayol) nomlaridan kelibchiqqan bo‘lib o‘zida bu ikkovining bir xususiyatini birlashtiradi. Bu qanday so‘z?
Javob : Germafrodit (O’zida ikki jinsning belgilarini saqlovchi organizm).
Savol : Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha, undan o‘lish hollariyurak-qon tomir kasalliklari, onkologik kasalliklardan o‘lish xollaridan keyin uchinchi o‘rindaturadi. U qanday sabab?
Javob : Avtohalokatlar.
Savol : U haqida Ismoil Jurjoniy «U hamma uchun foydali, charchoqni chiqazadi, ovqat hazmqilishni yaxshilaydi» degan. Ruslarning 1770 yilda chop etilgan kitobida uni «ikkinchi ona» debtasvirlaydilar. U nima?
Javob : Hammom.
Savol : Hadisda shunday deyilgan: «Pishay desang u ishni qil. Unda besh foyda bor: ko‘ngilyozish, kuch to‘plash, ilm va adab o‘rganish, dono kishilar bilan ziyoratda, suxbatda bo‘lish».Qaysi ish haqida shuday deyilagn?
Javob : Safar qilish.
Savol : Abdulla Qodiriy unga shunday ta’rif bergan: «Bu zo‘rlikniki emas, haqliknikidir, buzolimlarniki emas, mazlumlarnikimdir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir».Qodiriy nimaga nisbatan shu ta’rifni bergan?
Do'stlaringiz bilan baham: |