Javob : Tasodif.
Savol : Erkak qoramolni biz buqa yoki ho‘kiz deymiz. Buqa bilanhxo‘kizning farqi nimada?
Javob : Buqa-bichilmagan yosh erkak qoramol. Xo‘kiz – 2 yoshdan oshib, qo‘shga yaraydigan holga kelgan bichilgan erkak qoramol.
Savol : Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, «xalqni va vatanni omon saqlovchi», «tartibo‘rnatuvchi» kabi ma’nolarni beradi. Tarixiy adabiyotlarda u qo‘llanma xamda qoida ma’nolaridaishlatilgan. Bu qanday so‘z?
Javob : Zobit.
Savol : Bu so‘z asli yunoncha so‘z bo‘lib so‘zma-so‘z tarjimasi aynan «muqaddas o‘yiq»degan ma’noni bildiradi. Bu qanday so‘z?
Javob : Ieroglif.
Savol : Bu so‘z asosan «dramatik spektakl oralig‘ida ijro etiladigan musiqali drama yokiopera» degan ma’noni beradi. Hozirgi kunda bu so‘z san’at soxasida keng ishlatiladi. Bu qandayso‘z?
Javob : Intermediya.
Savol : Inflyuentsa italyan tilidan olingan bo‘lib, «tarqalaman» degan ma’noni bildiradi. 1780-82 yillarda bir kasallik yoppasiga tarqalganida unga shunday nom berilgan edi. Hozirgi kungachabu kasallikning ikkinchi nomi bo‘lib qolgan. Bu qaysi kasallik?
Javob : Gripp.
Savol : Sigir suti tarkibida kazein deb nomlangan murakkab oqsil mavjud. Bu oqsilning nomibir sut maxsulotining lotincha nomlanishidan kelib chiqqan. Qanday maxsulotning?
Javob : Pishloq (caseus).
Savol : Bu qushni ispanlar 15 asrning oxirlarida Kanar orollaridan Yevropaga olib kelganlar.Ho‘sh, bu qushning nomi nima?
Javob : Kanareyka.
Savol : Xalqaro birliklar tizimi SI da yettita asosiy birliklardan biri – yorug‘lik kuchi birligikandella bilan belgilanadi. Bu so‘z qadimgi lotincha so‘z bo‘lib xisoblanadi. U qanday ma’nonibildiradi?
Javob : Sham (candella).
Savol : Karamel konfetlarini barchamiz sevib iste’mol qilamiz. Lekin karamel so‘zining ma’nosini xamma xam bilmasa kerak. Bu so‘z lotincha cannamella so‘zidan olingan bo‘lib biro‘simlikning nomi xisoblanadi. Qaysi o‘simlikning?
Javob : Shakarqamish.
Savol : Bu so‘z yunoncha «ko‘rpa-to‘shak» degan so‘zdan olingan. Albatta dastlab u vujudgakelganida u yerda ko‘rpa-to‘shakdan boshqa ko‘p narsa bo‘lmagan. Hozirda u o‘ta rivojlanganbo‘lsada, baribir ko‘rpa-to‘shaksiz u yerni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U qaysi joy?
Javob : Klinika (kline).
Savol : Yunonistonda uzumchilik va vinochilik xudosi Dionis sharafiga o‘tkazilgan bayramdaodatdagidan boshqacha kiyimda qatnashgan va hammaning kayfiyatini ko‘targan odamlarkeyinchalik o‘z nomlarini bir soha kishilariga berganlar. Ularning nomi nima bo‘lgan?
Javob : Komik.
Savol : Uning vatani AQSh. 1922 yilda u Frantsiyada topildi. Keyinchalik u o‘ziningYevropa bo‘ylab sayohatini davom ettirib, Sharqiy Yevropaga, Ukrainaga, Belorussiyaga yetibboradi. O’zbekistonga u Belorussiyadan 1972 yilda kelib qoladi. Ho‘sh endi aytingchi, u AQShning qaysi shtatidan kelgan?