Javob : Ir
Izoh : Natijada Iran-140 bo`lgan
Savol : AQSh prezidenti Barak Obama o`z qarorgohida Stenli Kubogi sohibi ,,Pittsburg Pingvins” jamoasi vakillarini qabul qiladi. Xokkeychilar unga jamoa libosini topshirishadi. Diqqat savol: Unda qaysi raqam aks etgan?
Javob : 44
Izoh : Obama 44-prezident
Savol : Kristofer Shoulz o`z ixtirosi uchun 1868-yil 23-iyunda patent oldi. ,,EGO” jurnalining yozishicha, uning bu ixtirosi bir qancha qizlarni ish bilan ta`minlaydi, qaysiki X ni yaxshi ko`ruvchilarni. Diqqat savol: X ni toping.
Javob : Fortepiano
Izoh : Ixtiro esa yozuv mashinasi
Savol : Juda qisqa asar: Taksichi: Qayerga? U: ,,X” mehmonxonasiga Taksichi: Ketdik. Diqqat savol: Uning kimligini va mehmonxona nomini toping.
Javob : Yuriy Gagarin, ,,Kosmos” mehmonxonasi
Savol : Aytishlaricha, brom, reniy, selen va kislorodni ,,aralashtirsak” boshqa bir kimyoviy elementning ruscha nomi hosil bo`ladi. Diqqat savol: Siz menga o`zbekchasini ayting.
Javob : Kumush
Izoh : SeReBrO
Savol : U 2000-yillar boshida ,,vafot etdi”. Uning millati italyan edi. Uning yoshi 140 da edi. Rieti shahrida shahrida unga atab haykal o`rnatildi. Diqqat savol: Uni toping.
Javob : Italyan lirasi
Savol : Omadli biznesmen bilan suhbat: -Muvaffaqqiyatingizning siri nimada? -Bor-yo`g`i ikkita so`z. -Qaysi? -To`g`ri qaror. -Qanday qilib to`gri qaror qabul qildingiz? -Bor-yo`g`i bitta so`z. -Qaysi? -Tajriba. -Tajriba qanday paydo bo`ldi? -Bor-yo`g`i ikkita so`z. -Qaysi? Diqqat savol: Qaysi ikki so`z?
Javob : Noto`g`ri qaror
Savol : Aytishlaricha, Mark Tven bir safar Yangi Yilni Rossiyada kutib oladi. -Janob, an`anamizga ko`ra ichiga tanga yoki tugma yashirilgan chuchvara pishirganmiz. Kimning oldidan chiqsa, unga omad kuladi. Agar istasangiz, yana bir kishini mehmonga taklif qilishingiz mumkin. Diqqat savol: Tven kimni taklif qilaman degan?
Javob : Rentgen
Savol : Fransiyada baholash tizimi 20 ballik ekan. Hozirgacha olingan eng yuqori baho 18 ball. Diqqat savol: 19 va 20 ball sohiblarini toping.
Javob : 19 ball o`qituvchiniki, 20 ball ni esa fransuzlar fikricha, faqat Xudo olishi mumkin ekan
Savol : Mashhur fizik Rixard Gans Yerning yoshi haqida uzoq vaqt ma`ruza o`qiydi. Ma`ruza so`ngida quyidagi fikrni ilgari surdi: Yerning yoshi ayolning yoshiga o`xshab ketadi, chunki … Diqqat savol: Fikrni yakunlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |