Javob : Esperanto
Izoh : Yuqoridagilar sun`iy tillar
Savol : J.Uonders fikri: Orfey ham o`lishi aniq edi, sababi o`limning …. Diqqat savol: Fikrni yakunlang.
Javob : Qulog`i yo`q
Savol : Internet ma`lumotiga ko`ra, bu inson o`zining ko`rsatkich barmog`ini sug`urta qildirgan. Diqqat savol: U kim?
Javob : Andrey Arshavin
Savol : Ba`zilar uni juda yomon ko`radi, unga xafsalasizlik va e`tiborsizlik bilan munosabatda bo`lishadi. U esa buni bilgani sari sizga mahkam yopishaveradi. Bizning hayotimizni saqlab qolishga urinaveradi. Yarim asr davomida millionlab insonlar hayotini saqlab qoldi. Diqqat savol: Sitatada nazarda tutilganni toping.
Javob : Xavfsizlik kamari
Savol : Tarixchilar bu iboraning kelib chiqishi haqida aniq bir to`xtamga kelishmagan. Kimlardir bu iborani ilk bor Levitan qo`llagan desa, boshqalar feldmarshal Paulyus aytgan deyishadi. Boshqa bir manbaga ko`ra, bu ibora XVI asrdayoq qo`llangan. Diqqat savol: O`sha manbani ayting.
Javob : ,,Ivan Vasilevich o`z kasbini o`zgartiradi” filmi
Savol : Agar omadingiz kelib Karib havzasida joylashgan Aruba oroliga sayohat qilsangiz, u yerdagi bir e`lon e`tiboringizni tortishi aniq. Unda yozilishicha, Arubada U yo`q ekan. Bir qo`shiqda esa Uni yo`qotolmayotganlar haqida so`z boradi. Diqqat savol: Ular qayerda yashaydi?
Javob : Omadsizlar oroli
Izoh : X - dushanba. E`lon:
Savol : Janubiy Amerika aholisining Shimoliy Amerikaga ko`chib o`tishi keng tus olmoqda. Bu holatga izoh bergan jurnalist Amerikani teskari X deb ataydi. Diqqat savol: X ni toping.
Javob : Qum soat
Savol : Bir-biriga o`xshab ketuvchi mashhur bir rus aktyori passport stolidan passport olish chog`ida muammoga duch keladi. Uning familiyasini xato yozib qo`yishgani uchun janjal ko`taradi. Bu voqeaga izoh bergan inson ,,Uning hayotida ham baribir X bor edi” deydi. Diqqat savol: X ni toping.
Javob : ?
Izoh : Bu inson Georgiy Vitsin. Uning familiyasidagi I lardan birini ? ga almashtirib qo`yishadi. Hayotidagi ? esa ,, ? operatsiyasi.
Savol : Bu voqeaning fojiali tugashiga yangi bir sabab topildi. Aytishlaricha, Devid Bler ismli shaxs ishdan haydaladi. Alami kelgan Bler cho`ntagidagi mitti kalitchani bilmasdan o`zi bilan birga olib ketadi. Buni qarangki, 2007-yilda bu kalitcha 90 ming funtga sotiladi. Diqqat savol: Bu kalitchaning olib ketilishi tufayli nima yuz bergan?
Do'stlaringiz bilan baham: |