oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashning eng samarali vositasidir. "Jeneral motors", "Ford
motor", "Kraysler" singari gigant korxonalar bu vositani faol joriy etishmoqda.
Bu konsepsiyani hayotda amalga oshirish shakllaridan biri - o‘zini-o‘zi boshqaradigan
ishlab chiqarish guruxlarini tashkil etishdir, ular boshqarish, ishni va ta’tillarni rejalashtirish,
materiallarga buyurtma berish huquklariga ham ega. Bu yerda ishlab chiqarish jarayonini
ishchilarning o‘zi nazorat qilib boradi. Binobarin, nazoratchilar kerak bo‘lmaydi yoki ularning
soni ancha qisqaradi.
Mehnatni tashkil qilishning brigada usuli o‘zining samaradorligini isbotladi. Qator
hollarda u mehnat unumdorligini 30% oshirishga imkon beradi.
AQSH statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 80-yillarning oxirida 476 yirik
kompaniyalardan 70%i ushbu konsepsiyaning umumiy shakllarini joriy qilishdi - muammolarni
hal etishning "sifat guruxlari" nomi bilan mashhur bo‘lgan brigada yoki qo‘mitalarni barpo
etishdi.
2
Mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish yangi shakllarining keng yoyilishi shuni
ko‘rsatdiki, Amerika kompaniyalari yaponlardan keyin hozirgi sharoitda inson omili (faqat
texnika yoki marketing emas) muvaffaqiyat kaliti ekanligiga tobora ko‘proq ishonch hosil qila
boshladi.
Yangi davr boshlanishi bilan ishlovchilarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, ularning
mehnatga, unumdorlikdan mahsulot sifatigacha bo‘lgan elementlarini takomillashtirishga
bo‘lgan ongli (manfaatli) munosabati yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi.
Iqtisodiy munosabatlarning barcha sohalarida (ishlab chiqarish, boshqaruv va h.k.) inson
omili ahamiyatining ortishi iqtisodning intellektuallashuvini anglatadi. Hozirgi vaqtda bu masala
qator yetakchi mamlakatlar uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan, Yaponiyada mamlakat iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyotining davlat dasturida
xodimlarni intellektuallashtirish, ularning umumiy bilimini oshirish sari maxsus harakat ko‘zda
tutilgan.
Bu harakat "ilmni ko‘p talab qiladigan texnologiya bilan madaniyat qo‘lni qo‘lga berib
qadam tashlashi"ni nazarda tutadi. Shuning uchun garchi yapon ishchisi dunyodagi eng bilimli
ishchi hisoblansada, mamlakatda maktab ta’limida iste’dodlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish,
o‘quvchining individual ijodiy imkoniyatlarini o‘stirish tomon burish vazifasi qo‘yilayapti.
Shuni ta’kidlash kerakki, "inson materiali"ni takomillashtirishga intilish Yaponiya uchun
an’anaviy holdir. Ayni o‘sha muhandis yoki ishchining yuksak qobiliyati urushdan keyin
mamlakatni texnik jihatdan rivojlantirishga, uni qisqa muddat ichida iqtisodiy qudratli
mamlakatga aylantirishga ko‘p tomondan yordam berdi.
Shaxsning malakaviy sifatlarini rivojlantirish, uning umumiy madaniy saviyasini oshirish
ishlab chiqarishni zamon talablariga ko‘ra takomillashtirishga hamda talab rivojini
takomillashtirish orqali butun iqtisodni qayta qurishga rag‘batlantiradi.
Hozirgi sharoitda bozor munosabatlari orqali mamlakat aholisi madaniyati bilan uning
milliy xo‘jaligi (madaniyat - talab - ishlab chiqarish) rivoji darajasi o‘rtasida yaqin aloqa
mavjudligi, ularning bir-birlariga bog‘liqligi xususida gapirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: