Bu rivojlanish ishlab chiqarishga bo‘lgan yangi talablar endi faqat texnik omil bilan
ta’minlanmasligini ko‘rsatdi. Mazkur omil XX asr boshlari va o‘rtalarida industrial jamiyat
muammolarini hal etar edi. Endi, o‘tgan yuz yillikning oxirgi 3-qismida u iqtisodiy
jarayonlarni ratsionallashtirishdagi birinchilikni inson omiliga bo‘shatib berdi.
Chunonchi,
Yaponiyaning "Mazda" avtomobil kompaniyasi besh yil davomida (1975-1980) "ishlab
chikarishning yangi turi sari sakrash qilganida va mehnat unumdorligini 2,5 barobar oshirganida,
o‘sishniig 80% yangi texnika yoki yirik mablag‘ sarflash bilan bog‘liq bo‘lmadi".
XX asrning so‘nggi o‘n yilligini jahon xo‘jaligi taraqqiyotidagi
uchinchi davrning eng
muhim bosqichlaridan biri, deb hisoblash mumkin. Geografik makonni o‘zlashtirish, xalqaro.
qator hollarda esa global miqyosda ishlab chiqarish kuchlarini shakllantirish darajasi ko‘tarildi,
o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va bir-biriga bog‘liqlik kuchaydi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
g‘arb davlatlaridagiga yaqin bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy tuzilmalarni shakllantirish hamda barpo
etish jarayonlari avj oldi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida 96-yillar boshlaridan
beri amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar ushbu mamlakatlar iqtisodiyotini xo‘jalik
yuritishni bozor shartlariga moslashtirishga hamda jahon xo‘jaligiga yanada chuqurroq
integratsiya qilishga qaratilmoqda. Jahon iqtisodi o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga ko‘tarilishi
mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning faollashuviga, ularning iqtisodiy-siyosiy tuzilmalari
o‘rtasidagi hamjixatlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.
90-yillardagi jahon iqtisodi taraqqiyotida ro‘y bergan hamda shu o‘n yillik o‘rtalariga
kelib ro‘y-rost namoyon bo‘lgan muhim xususiyat shundan iboratki, sanoatdagi inqiroz sekin-
asta, garchi izchil bo‘lmasa ham, lekin aniq-ravshan bartaraf etila boshlandi.
Chunonchi, AQSHda iqtisodiy o‘sish sezilmoqda; Yaponiya turg‘unlikdan
ko‘tarilmokda; Buyuk Britaniyada uzoq davom etgan stagnatsiya davri tugadi.
Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy jahon iqtisodi oxirgi yetti yildan beri
bosqichli yuksalish pallasida turibdi. Chunonchi, 1995 yilga kelib, u YAIMning o‘sish sur’atlari
darajasi bo‘yicha keyingi 25 yil ichida o‘rtacha mavqega chiqib oldi, ya’ni bir yilda qariyb 3,5
foizga ko‘paydi. Biroq taxminan 1997 yilning o‘rtalaridan e’tiboran iqtisodiy yuksalish sur’ati
pasaya boshladi, bu hol 1998 yilning birinchi yarmida kuchliroq sezila boshladi. Xalqaro valuta
jamg‘armasi (XVJ) ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra YAIMning jahon xo‘jaligidagi o‘sishi
1998 yilda turg‘un narxlarda 3,1 foizdan iborat bo‘lgan.
Shunga qaramay, iqtisodiy yuksalishdagi bu oqsoqlik har holda konyukturada yuz bergan
vaqtincha parokandalik bilan bog‘liq ko‘rinadi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Janubi-Sharqiy
Osiyo mintaqasida 1997 yilda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy tanglik oqibatlari jahon ishlab
chiqarishining rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Yana shu tangliqdan eng ko‘p zarar ko‘rgan besh
mamlakat (Janubiy Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziya va Filippin) ulushiga
hozir jahon
YAIMining taxminan 2,7 foizn to‘g‘ri keladi, ammo Osiyoda ro‘y bergan bu tanglik global
darajadagi savdo va investitsiya aloqalari tizimi orqali dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarga u yoki
bu darajada ta’sir ko‘rsatdi.
Shunga qaramay, dunyo xo‘jaligida o‘zaro raqobat qiluvchi uchta asosiy markazda
keyingi paytlarda vaziyat turlicha tus oldi. Masalan, AQSHda qatorasiga olti yil davomida
barqaror iqtisodiy yuksalish ko‘zga tashlanmoqda: YAIMning o‘sish sur’atlari barqaror
narxlarda 1996 yildagi 3,8 foizdan 2003 yilda 5 foizga ko‘tarilib, keyingi 10 yil ichida eng
yuqori cho‘qqiga erishdi, sanoatdagi ishlab chiqarish hajmi esa shu yillarda 2,7 foizdan 4,7
foizga ko‘paydi. 2003 yilga kelib ishsizlik darajasi ham pasayib, 4,2 foizni tashkil etdi, bu
keyingi chorak asrdagi eng past ko‘rsatkichdir.
Yevropadagi yetakchi davlatlarning ko‘pchiligi yuksalish
pallasiga AQSHdan keyin
qadam qo‘yganligi sababli bu yuksalish alomatlari 1997 yilning ikkinchi yarmidagina namoyon
bo‘la boshladi.
Bu mintaqada iqtisodiy faollik oshgan bo‘lsada, bu narsa bandlik sohasidagi ahvolga
hozircha sezilarli ta’sir qilganicha yo‘q: mehnatga yaroqli aholining umumiy miqdorida ishsizlar
soni 2003 yilda ancha yuqori darajani tashkil etdi - bu raqam 8,3 foizdan iborat bo‘ldi.
Keyingi yillar davomida Yaponiyada iqtisodiy vaziyat ancha yomonlashganligi sezildi.
Barqaror narxlarda iqtisodiy o‘sish 1996 yildagi 5,1 foizdan 1998 yilda - 2,8 foizga tushib
qoldi. Biroq, 2001-2003 yillar ko‘rsatgichlari sezilarli o‘zgarishlarga asos bo‘lmokda.
AQSH bilan sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlarning taraqqiyot darajalari o‘rtasida
50-70-yillarda ro‘y bergan o‘zaro tenglashuv jahon xo‘jaligi rivojida muhim belgi bo‘ldi. Olti
yetakchi mamlakatning (AQSHdan so‘ng) YAIMi 1955 yilda AQSH YAIMning 74 foizini
tashkil etgan bo‘lsa, 1970 yilda 114 foizgacha ko‘tarildi. Biroq bularning birortasi ham alohida,
o‘z holicha AQSH iqtisodining taraqqiyot darajasiga yaqinlasha olmadi. Ammo ayni paytda
AQSH iqtisodining dunyodagi karvonboshlik o‘rni o‘z mohiyatini yo‘qota boshladi. Bu holat
raqobatda uchta markaz: AQSH-Yaponiya-Harbiy Yevropa shakllanganligida namoyon bo‘ldi.
Xozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning istiqboli ham ancha yaxshilangan
bo‘lsada, bu guruhdagi ba’zi mamlakatlar va mintaqalardagi vaziyat mutlaqo bir xil emas.
Iqtisodiyotdagi jonlanish 80-yillardagi turg‘unlikdan, mutaxassislar "boy berilgan o‘n yillik" deb
atagan davrdan so‘ng boshlandi.
Mutaxassislarning
fikricha, 1997 yil iqtisodi o‘tish davriga xos mamlakatlar uchun
burilish yili bo‘ldi. Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va MDHdagi 25 davlatda iqtisodiy islohotlar
amalga oshirilgan 7 yil ichida birinchi marta YAIM borasida kamayishdan ko‘payishga erishildi.
Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlarida iqtisodiy rivojlanish sur’atlari 1997 yilda bir
muncha sustlashdi, biroq MDH hududida xo‘jalik faoliyati bir muncha jonlanganligi sababli bu
sustlashuvning kuchi kamaydi. Ushbu hududda YAIM ishlab chiqarishdagi pasayish 1996 yilda
4,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1997 yilda o‘sish yana 0,8 foizga ko‘tarildi. 2003 yilga kelib
YAIM o‘sishi ko‘pgina Sharqiy Yevropa va ayrim MDH davlatlarida 2,5-6 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich oxirgi (1996-2003) yillarda muntazam 4-5
foizga
ko‘tarilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: