Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

"Jahon iqtisodiyoti" fanining predmeti 
bozor iqtisodining obyektiv qonunlari asosida 
o‘zaro iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan milliy xo‘jaliklar yig‘indisidan iborat jahon 
iqtisodiyoti rivojining asosiy jarayonlari, uning tamoyillari va qonuniyatlarini o‘rganishdir. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, "Jahon iqtisodiyoti" fani "Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar", "Davrning global muammolari", "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti", "Jahon 
iqtisodiyoti geografiyasi" singari boshqa maxsus fanlar shug‘ullanadigan bir qancha masalalarni 
ham qamrab oluvchi o‘quv fanidir. Negaki, "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar" ixtisosligiga oid barcha mutaxassislik fanlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib, 
"Jahon iqtisodiyoti" fanidan kelib chiqqan, ma’lum darajada xalqaro iqtisodiy aloqalar va o‘zaro 
munosabatlar tizimining u yoki bu jihatini aks ettiradi.
Masalan, "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fani turli mamlakatlar milliy iqtisodning 
xilma-xil xo‘jalik aloqalari tizimini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Biroq iqtisodiy aloqalar 
mavhum bir narsa emas, ular mamlakat iqtisodining muayyan sohalarida yoxud milliy xo‘jaliklar 
yig‘indisining (ya’ni jahon iqtisodiyotining) muayyan sohalarida ishlab chiqarish yoki mahsulot 
ayirboshlash munosabatlari orqali ro‘y beradi. Demak, mamlakat iqtisodi yoki milliy xo‘jaliklar 
yig‘indisi bo‘lmish jahon iqtisodiyoti ana shu iqtisodiy munosabatlar yuzaga keluvchi asosdir. 
Shunga ko‘ra, garchi bu fanlar mustaqil hisoblanib, ayni bir paytda tadqiqotlar sohasida bir-birini 
to‘ldirib tursa-da, mazkur ikki fan shug‘ullanadigan qator masalalar o‘zaro qo‘shilib ketgan. 
Masalaning boshqa bir tomoni ham bor. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar yoki tashqi iqtisodiy aloqalarning biror amaliy jihatlari bilan shug‘ullanuvchi 
mutaxassislar xilma-xil va ayni paytda o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini to‘ldirib turadigan 
masalalarga duch kelishadiki, bu narsa har ikkala fanning bir butunligidan, mushtarak ekanidan 
dalolat beradi. Shunga ko‘ra. ularni izchil o‘rganishlik xalqaro iqtisod masalalarini puxta 
o‘zlashtirib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Talabalar va o‘qituvchilar uchun taqdim etilayotgan ushbu darslik "jahon iqtisodiyoti va 
xalqaro iqtisodiy munosabatlar" mutaxassisligi bo‘yicha Davlat ta’lim standartiga muvofiq 
tarzda jahon iqtisodining asosiy masalalarini qamrab olgan. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot 
oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilganidek, ushbu fan umumta’lim fanlari 
majmuasiga kiradi.
Ushbu nashrda ko‘zga tutilgan va taxlil etilgan masalalar O‘zbekistonda hamda chet 
ellarda olib borilgan tadqiqotlar natijasi va dalillariga suyangan. Unda jahon iqtisodining eng 
muhim nazariy va amaliy jihatlarini mantiqiy izchillik bilan yoritib berishga harakat qilingan. 
Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda darslar bayoni ham moslashtirilgan, har bir mavzu 
bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati berilgan, amaliy mashg‘ulotlarning asosiy masalalari bo‘yicha 
mavzu doiralari belgilangan. Mazkur kurs jahon iqtisodiy taraqqiyotining asosiy jarayonlari, 
tamoyil va qonuniyatlarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini anglab yetishga yordam beradiki, 


bu xalqaro iqtisodiy aloqalar va xalqaro bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi 
kunda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur darslikda jahon xo‘jaligiga bevosita aloqador bo‘lgan 19 mavzu quyidagi uchta 
asosiy guruhga bo‘linadi:
1. Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlar. 
2. Rivojlanayotgan mamlakatlar. 
3. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlar.
Darslikdan amalda yana ham samaraliroq foydalanish maqsadida, uning oxirgi qismida 
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyati, ularning O‘zbekiston bilan aloqalariga bag‘ishlangan 
ma’lumotlar ilova qilingan. Zero, "Jahon iqtisodiyoti" darsligi O‘zbekistonda iqtisodiyotning 
ushbu sohasidagi adabiyotlarning to‘ng‘ichidir. Ishonchimiz komilki, ushbu darslikni yanada 
takomillashtirish yuzasidan bildiriladigan fikr-mulohazalar uning mukammallashuviga omil 
bo‘ladi. Bildirilgan taklif va mulohazalar uchun mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiliklarini 
izhor etadilar. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish