23-mavzu Savollarga javob.
1. Urushdan keyingi Yaponiyaning ahvoliga umumiy ta’rif be-
ring.
Urushdan soʻng Yaponiyada tub siyosiy va ijtimoiyiqgisodiy islohotlar oʻtkazilib, qurolli kuchlar va oʻng tashkilotlar tarqatib yuborildi, dvoryan yer egaligi tugatildi, avvalgi monopolistik konsernlar qayta tashkil etildi. 1947 yilgi konstitutsiyaga binoan mamlakat xalqaro mojarolarni qurol kuchi bilan hal qilishdan va shu maqsadda qurolli kuchlar tuzishdan voz kechdi.
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar o‘z
oldilariga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi?
2. Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita
maqsadni: birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi
va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yapon-
larda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jango-
varlik ruhini sindirish ni ko‘zlagan edilar.
Yaponiya iqtisodini isloh qilishda D. Makkartur boshchiligidagi
Amerika ma’murlari qanday rol o‘ynadi?
3. Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib,
hokimiyat general Duglas Makar tur boshchiligidagi AQSH okku-
pa tsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. 1952-yilgacha Yaponiya huku mati
shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni mo der nizatsiya
qilish bo‘yicha reja va tashabbus lar ham shu shtabga tegishli edi. Shu yillari AQSHning iqtisodiy yordami ham to‘xtovsiz oshib
bordi. Yapo niyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsa-
dida 1946-yil kasa ba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilin-
di. Osiyocha tafakkur, mehnat an’a nalariga ega bo‘lgan yaponlarni
106 g‘arbcha mehnat usullariga ko‘niktirish oson kechmadi. Amerikalik-
lar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirib bordi.
1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha stan dartlari joriy qi-
lindi. Yapon mahsulotlarining sifatini oshirishga katta e’tibor qara-
tildi.
Yaponiya «iqtisodiy mo‘jizasi»ning asosiy omillari nimalardan iborat edi?
4. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘ji zasi» deb iqtisodning niho yatda jadal – yiliga 11 % dan ri vojlanish dav ri ga aytiladi. Bu davr 1956 – 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Unda ayniqsa, sano atning o‘sish sur’atlari juda yuqori bo‘lib, bu, asosan, og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish hi sobiga yuz ber di. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning haj mi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya o‘z yutuqlarini Tokioda bo‘lib o‘tgan «EKSPO–70»ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli namoyish qildi.
5. 1970-yillarda Yaponiya iqtisodi duch kelgan muammolar nima-lardan iborat edi?
5. Yapon «iqtisodiy mo‘jizasi» arzon neftga asoslangan bo‘lib, 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin o‘zgartirishga majbur qildi.
6. Yaponiyada postindustrial iqtisodiy moliyaning shakllanishiga
qan day omillar turtki bo‘ldi?
6. 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani postindustrial iqtisodiy moliyaning shakllanishiga turtki bo‘ldi.
7. Osiyoning «Yangi industrial davlatlari» atamasi qachon paydo
bo‘lgan?
7. XX asrning ikkinchi yar mida «yangi
industrial dav latlar» Osiyo qit’a sida
bar qaror ijtimoiy-iqtisodiy ta raq qiyotning
timsoliga ay landi.
8. Osiyoning «Yangi industrial davlatlari»ni qanday umumiy jihat-
lar birlashtirib turadi?
8. XX asrning 60–80-yillarida Osiyoning bir qator mamlakatlari jadal moder nizatsiyalashni amalga oshirish orqali taraqqiyot ning yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi
davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atay
boshladilar.
24-mavzu savollarga javob.
Xitoyda fuqarolar urushining boshlanishiga nima sabab bo‘ldi
va u qanday yakunlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |