Davlat andozas - iste’mol qilinadigan sutga organoleptik ko‘rsatkichlari
bo‘yicha quyidagicha talablarni qo‘yadi; rangi-oq va oq sarg‘ich (yog‘siz sutlar-
315
och ko‘kish bo‘lishi mumkin), ta’mi va hidi sof bo‘lishi kerak (o‘ziga xos),
konsistensiyasi-bir xil suyuqlikda bo‘lib, cho‘kma hosil qilmasligi lozim.
Har bir pasterlangan sut turi o‘ziga xos fizik kimyoviy xususiyatlari bilan
tavsiflanadi. Ular davlat andozalari talabiga javob berishi kerak.
A guruhli, sutda, 1 ml-75 ming mikrob, ichak tayoqchasi titri 0,3 ml dona
bo‘lishi kerak. Iste’mol qilinadigan sut ishlab chiqarish quyidagi texnologik
jarayonlarni o‘z ichiga oladi: xom-ashyo sutni qabul qilish va sifatini tekshirish,
tozalash, yog‘ini me’yorlashtirish, gomogenlash, pasterlash, sovutish, idishlarga
quyish, idish og‘zini berkitish va tashish.
Xom-ashyo sut orgonoleptik baholanib, uning tarkibi aniqlanadi.
Pasterlangan iste’mol sutlarini ishlab chiqarishda, xom-ashyo sut sog‘lom
sigirlardan olingan, tabiiy bo‘lishi va unda hech qanday begona ta’m va hid
bo‘lmasligi, nordonligi esa 20
0
T dan past, hamda davlat andozasining boshqa
talablariga javob berishi lozim.
Xom-ashyo sut mexanik aralashmalaridan tozalanadi. Uni me’yorlashtirish
separator normalizatorlarida olib boriladi. Bunda sutning qaymog‘i olinadi yoki
sutga yog‘i olingan sut qo‘shiladi. Buning uchun maxsus hisob kitoblar olib
boriladi, formula yoki maxsus jadvaldan foydlaniladi. Yog‘i olingan sut, xom-
ashyo sutni pasterlashdan oldin aralashtiriladi, so‘ngra plastinkali pasterizatorda
76+2
0
S - da 20 minut pasterlanadi.
Ba’zan sutni qaymoqlanishini oldini olish uchun, ta’mini yaxshilash va
hazmlanishini oshirish maqsadida, gomogenizasiyalanadi. Pasterlangan sut
pasterizator- sovutkich qurilmalaridan 4-6
0
S haroratda chiqariladi, katta
sisternaga to‘planadi va idishlarga qo‘yish uchun jo‘natiladi. Pasterlangan sutni
idishlarga quyguncha, saqlash mumkin Yemas.
Pasterlangan sut maxsus apparatlarda shisha idishlarga (0,25, 0,5 va 1 kg)
va qog‘oz idishlarga (0,25, 0,5) solib, og‘zi germetik berkitiladi. Unda AR-1M
avtomat quygich apparati qo‘llaniladi.
AQSh da pua-pak, Shvesiyada tetra-pak avtomat quygich apparatlaridan
foydalanilmoqda.
Pasterlangan sut iste’molga flyagalarga chiqarilsa, iste’moldan oldin
qaynatilishi mumkin.
Sut zavodlarida shisha idishlarni yuvish, mahsulotni idishga quyish, og‘zini
berkitish va markalash uzluksiz tizimda amalga oshiriladi. Apparatlarni ishlab
chiqarish quvvati, agar, sut shisha idishlarga quyilsa 1 soatda 12 ming shisha
idish, qog‘oz paketlar qo‘llanilsa 0,5 kg paketlar 1 soatda 3600 dona va 0,25 kg
qog‘oz paket qo‘llanilsa, 1 soatda 4500 dona ishlab chiqiladi.
Pasterlangan sutlar 8
0
S da 20 soatga gacha saqlanishi mumkin. Har
smenada ishlab chiqarilgan sutlar texnik nazoratdan o‘tkazilib, laboratoriyada
uning sifati aniqlanib, idishlar ustiga yoziladi. Bunda sutni organoleptik
ko‘rsatkichlari, harorati, nordonligi, tarkibadagi yog‘, peroksidaza va fosforaza
namunali ko‘rsatkichlari, tarkibidagi mikroblar va ichak tayoqchasi soni
ko‘rsatiladi.
316
Bunday sutlar zavoddan maxsus izotermik avtorefrojerator yuk
mashinalarida yoki maxsus jihozlangan avtomashinalarda iste’molchilarga
yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |