Oqsilga boyitilgan sut tarkibida YoQSQ (SOMO) yuqori bo‘lib, u yog‘ligi
me’yorlashtirilgan sutga, quyuqlashtirilgan yoki yog‘i olingan sut qo‘shib
tayyorlanadi.
Vitaminlashtirilgan sut tabiiy yoki yog‘siz sutga vitamin S qo‘shib
tayyorlanadi.
Sutga, har xil ta’m va xushbo‘y hid beruvchi aralashmalardan ham qo‘shib,
iste’mol sutlari tayyorlanadi. Ko‘pincha kofe va kakao qo‘shiladi. Kofe
qo‘shilgan sut quyidagi tarkibga ega bo‘lishi kerak: yog‘-3,2 %dan kam
bo‘lmasligi, shakar 2 va kofe 2 % tashkil qiladi.
Kakaoli sut tarkibida yog‘ 3,2 %, shakar 12 va kakao 2,5 % ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |