Terini ajratish. Mehnatni ko‘p talab qiladigan jarayon bo‘lib, so‘yish
jarayonlarining 30-40 % vaqti sarflanadi. Bu jarayon ehtiyotkorlik bilan olib
borilishi kerak, chunki nimtaning tovar sifatida ko‘rinishini belgilaydi. Terining
butunligiga ham e’tibor berish lozim. Kesilgan teri uning past navli bo‘lishiga
olib keladi. Terini qalinligi tanani turli joyida turlicha bo‘ladi, shu sababli uni
ajratishda turlicha kuch bilan ishlashni talab qiladi.
Terining ma’lum joylarini tanadan qo‘l bilan ajratish qismiga-zabelovka
deyiladi. Bunday maydonlar qoramollarda 20-25 % ni, qo‘ylarda 40 % ni,
cho‘chqalarda esa 35-40 % ni tashkil etadi.
Terini qo‘l bilan ajratadigan qismlari tugallangandan so‘ng, terini qolgan
qismi mexanik usulda ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |