So‘yish jarayoni. Hayvonlarga birlamchi ishlov berish jarayoni
quyidagilardan
iborat;
xushsizlantirish,
qonsizlantirish,
terini
ajratish
(cho‘chqalarda shparka va opalka junli qiltig‘ini ajratish uchun), ichki
organlarini ajratish, nimtani bo‘lish, go‘shtni sifatini baholash va tarozida
tortish.
Xushsizlantirish. Hayvonlarni so‘yishda, xushsizlantirib yoki bu jarayonni
amalga oshirmasdan ham so‘yish mumkin. Qoramol, ot, cho‘chqalarni albatta
xushsizlantirish lozim. Bu jarayonni qo‘y va echkilarda ham qo‘llash yaxshi
natija beradi. Xushsizlantirish, hayvonlarni o‘zini bilish qobilyatini,
sezuvchanligi va harakatlanish xususiyatni yo‘qotadi. Bu so‘yishning keyingi
jarayonlarini davom ettirishga qulaylik yaratadi. Xushsizlantirishni mexanik va
elektr toki usullarida amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |